BAYONNOMA Darsning 2-mavzusi: MS Exselda matematik amallar va funksiyalarni qo’llash. Darsda qatnashganlar: Metodist: Xalilova N. Fan o’qituvchisi :Raxmonov SH. Amaliyotchi: Eshtemirov S Opponent: Xo’janov S.
Amaliyotchi: Bugungi dars mening pedagogik amaliyotda ilk darsim edi. Darsni tashkiliy qismini olib bordim va o’tilgan mavzularni takrorladim misollar ko’rsatdim va savollar berdim. Keyin uyga vazifalarni tekshirdim.
Metodist: Amaliyotchi o’qituvchining dars boshlanishida hayajonlanganligi sezilib turardi. Darsni mazmunli o’tishga harakat qildi. O’quvchilar bilan muloqot qilishi va savol-javoblar bilan darsni qiziqarli o’tishga harakat qildi. Takrorlash darsini yaxshi o’tkazdi.
O’qituvchi:Amaliyotchi o’qituvchining dars davomida o’quvchilarga mavzularni har birini takrorlashga harakat qildi, lekin darsga vaqt taqsimlash jarayonida xatoga yo’l qo’yildi. Talabalarning savollariga aniq va to’g’ri javob berishga harakat qildi.
Opponent: Talaba darsni yaxshi olib bordi deb hisoblayman. Talaba bu darsda o’tilgan mavzularni qamrab olish bo’yicha savol javoblar o’tkazildi. O’quvchilar tushunmagan savollariga amaliyotchi talaba javob berdi.
Amaliyotchi o’qituvchi Eshtemirov Sardorga ushbu dars uchun ____ ball qo’yildi.
Metodist: Xalilova N. ______
O‘qituvchi: Raxmonov SH . ______
Opponent: Xo’janov S. ______
Amaliyotchi: Eshtemirov S. ______
Sharof Rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti intellektual tizimlar va kompyuter texnologiyalari fakulteti dasturiy injiniring kafedrasi kompyuter ilimlari va dasturlash texnologiyalari
yo‘alishi 302 -guruh talabasi Eshtemirov Sardorning 18.03.2023 kuni Ishtixon tumani XTB 56-umumta’lim maktabining 9-sinfda Informatika fanidan o‘tkazgan ochiq darsiga tuzilgan