Chortoq tuman xalq ta`limi bo`limiga qarashli 53-sonli davlat ixtisoslashtirilgan o`rta maktab ingliz tili fani o`qituvchisi Akkasheva Humora 6-v sinfda “Who sandwich is this?” mavzusida o`tkazilgan bir soatlik ochiq dars
B A Y O N N O M A S I
2021- yil 18-noyabr kuni Chortoq tuman Xalq ta`limi bo`limiga qarashli 53-sonli davlat ixtisoslashtirilgan o`rta maktab ingliz tili fani o’qituvchisi Akkasheva Humora o`tkazilgan bir soatlik ochiq dars tashkil qildi. Darsda maktab o`qituvchilaridan N. Usmanova, M.Sattarova, M.Ahmedova, Sh.Tolibjanova, D. Dedaxanova, Z. Ma’murovalar, G. Mamadaliyeva, M. Nishanova ishtirok etishdi.
.
M. Sattarova fikri: dars namunali tashkil qilindi, o`qituvchi o`quvchilar fikrini jamlay oldi darsda ko`rgazmalilikka e’tibor berildi, mavzu to’liq tushuntirib berildi.
Sh.Tolibjanova fikri: O`quvchilar faolligi oshirildi, o`quvchilarning umumiy tayyorgarligi, bilim olishdagi faolliklari, o`qituvchiga bo`lgan munosabati namunali tashkil etildi.
M. Ahmedova fikri: Darsda ilmiylikka e’tibor berildi, o’quvchilarga mavzu doirasida ko’p ma’lumotlar berildi.
D. Dedaxanova fikri: Darsni olib borishda foydalanilgan metodika hamda tarqatmali materiallar to’g’ri tanlangan. Mavzuga hamda o’quvchining bilim darajasiga juda mos.
Yuqoridagi fikrlarga ko`ra “Whose sandwich is this?” mavzusida o`tkazilgan bir soatlik darsi namunali deb topildi. Bunday darslarni tashkil etilishi o`quvchilar bilim samaradorligini oshirishga katta yordam beradi degan fikrlar aytildi.