D.Q.UsmanovaBuxgalteriya hisobi. O‘quv qo‘llanma. – Samarqand,SamDU,2020.-388bet. Taqrizchilar: iqtisod fanlari doktori, professor Q.Mirzayev iqtisod fanlari nomzodi, dotsent T.Raxmonov
Mazkur o‘quv qo‘llanma «Buxgalteriya hisobi» fanining o‘quv dasturi asosida tayyorlangan. Unda Buxgalteriya hisobi va hisobotining konseptual asoslari, aktivlar, majburiyatlar va xususiy kapitalning hisob va hisobotda aks ettirilish xalqaro hamda milliy standartlarga asoslangan holda ochib berilgan.
Oliy o‘quv yurtlarida 5230100 – «Iqtisodiyot», 5111000 – “Kasb ta’limi iqtisodiyot” 5231700 - “Kadrlar menejmenti” mutaxassisliklari bo‘yicha bakalavriat talabalari uchun mo‘ljallangan.
Samarqand Davlat universiteti ilmiy kengashining 2020 yil
Iqtisodiyotni erkinlashtirish va chuqurlashtirish sharoitida turli mulkchilikka asoslangan tashkiliy-iqtisodiy jihatdan bir-biridan farq qiluvchi ko‘plab xo‘jalik yurituvchi subektlarning paydo bo‘lishiga zamin yaratildi. SHu munosabat bilan xo‘jalik yurituvchi subektlarda buxgalteriya hisobning to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishi va uning ustidan nazoratning samarali mexanizmini ishlab chiqish hozirgi kunning dolzarb vazifalaridan biridir.
Xususan, buxgalteriya hisobining ahamiyati sifatida xo‘jalik yurituvchi subektlarda hisob tizimining naqadar to‘g‘ri yuritilishi, xo‘jalikning iqtisodiy- moliyaviy faoliyatini o‘rganish va uning holatiga xolisona baho berish, shuningdek iqtisodiy ko‘rsatkichlarning samaradorligini aniqlash hamda nazoratini o‘rganish bugungi kunda talaba yoshlarga muhim dastur vazifasini o‘taydi.
Iqtisodiyotni chuqurlashtirish jarayonida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning iqtisodiy faoliyatini makro va mikro darajada tahlil qilib, kelgusida ishlab chiqarish (ish va xizmat) ning hajmini bashoratlash, shuningdek, samaradorlikka erishish uchun muhim bo‘lgan qarorlar qabul qilish “Buxgalteriya hisobi” fanining metodikasini yanada takomillashtirib borishni taqozo etadi. Tahlil natijasida olingan muhim qarorlar bevosita xo‘jalikning boshqaruv tizimini yaxshilash bo‘lsa, ikkinchidan ushbu ma’lumotlar tashqi foydalanuvchilarning xo‘jalik faoliyatiga bo‘lgan qiziqishiga hamda qo‘shimcha investitsiyaning kirib kelishiga zamin yaratadi.
SHu jihatdan “Buxgalteriya hisobi” fanini o‘zlashtirish jarayonida talabalar bozor iqtisodiyotining o‘ziga xos xususiyatlari hamda qonuniyatlarini hisobga olgan holda bu fanning mohiyati va ahamiyatini har tomonlama mukammal o‘rganish zaruriyatini belgilab berdi.
“Buxgalteriya hisobi” fanining maqsadi - talabalarga buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit bo‘yicha ilmiy-nazariy bilimlarni chuqurlashtirish, shuningdek ushbu bilimlarni amaliyotga tatbiq etish asosida foydalanuvchilar uchun zaruriy ma’lumotlarni shakllantirish, boshqaruv tizimi uchun zarur bo‘lgan qarorlarni qabul qilish, korxonaning iqtisodiy-moliyaviy holatini tahlil etish,
amalga oshirilayotgan iqtisodiy jarayonlarning nazoratini yuritish borasidagi ko‘nikmalarni shakllantirishdan iboratdir.
Jahon talablariga javob beradigan, xalqaro tamoyillar va qoidalarga mos keladigan, O‘zbekistonda buxgalteriya hisobini rivojlanishini huquqiy asoslarini ta’minlovchi qonun zarur edi. 1 Qonun buxgalteriya hisobini tashkil etish, buxgalteriya hujjatlari va registrlari, aktiv va majburiyatlarni inventarizatsiya qilish va baholashning asosiy prinsiplari va qoidalari, o‘z va qarzga olingan kapitalning hisobi, moliyaviy hisobotlar oldiga qo‘yilgan vazifalar, maqsad va talablarni belgilab berishini talab etadi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida amal qilayotgan qonuniy va me’yoriy hujjatlar barcha xo‘jalik yurituvchi subektlar uchun hisob siyosati me’yorlarini huquqiy ta’minlovchi asosiy hujjat bo‘lib hisoblanadi.2 SHu boisdan, ushbu hujjatlar va bozor munosabatlari talablaridan kelib chiqib, buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit ixtisosligi bo‘yicha malakali kadrlar tayyorlash hamda ularni o‘qitishni talab qiladi. SHu jihatdan,
«Buxgalteriya hisobi» fanining ushbu nashri iqtisodiy sohada ta’lim olayotgan talabalar, buxgalterlarning kasb malakasi va bilim darajasini oshirish muammolarini yechishga qaratilganligidir.
Mazkur o‘quv qo‘llanmani tayyorlash jarayonida “Buxgalteriya hisobi»,
«Moliyaviy hisob», «Boshqaruv hisobi» fani bo‘yicha tayyorlangan o‘quv adabiyotlari tahlil qilindi. Bular jumlasiga, «Moliyaviy hisob» (O.Bobojonov va K.Jumaniyozov. Darslik, 2002y), «Buxgalterskiy upravlencheskiy uchet» (M.A.Vaxrushina. Uchebnik, 2000g), «Buxgalteriya hisobi» (Karimov A, F.Islomov. A.Avloqulov. Darslik, 2004y), «Zamonaviy buxgalteriya hisobi» (A.Sotivoldiev. Darslik, 3-tom, 2004y), Buxgalterskiy uchet (N.G.Kondrakov.
1O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi qonuni(yangi tahriri) 2016 yil 13 aprel. 2O‘zR VMning «Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom». 1999y 5-fevraldagi 54-sonli qarori; (2017-yildagi yangi tahriri) O‘zbekiston Respublikasining 0-23-sonli «Buxgalteriya hisobining milliy andazalari». 1998-2005 yillar.
Uchebnik, 2004g), Boshqa tarmoqlarda buxgalteriya hisobining xususiyatlari (S.Voxidov. O‘quv qo‘llanma, 2004y), Moliyaviy hisob (I.Ochilov. O‘quv qo‘llanma, 2004y), Moliyaviy buxgalteriya hisobi (K.O‘rozov. O‘quv qo‘llanma, 2013y.), Boshqaruv hisobi, (Pardaev Pardaeva. Darslik. 2014y.) kabi o‘quv adabiyotlari yaratilgan. Ushbu adabiyotlarning xorijda chop etilganlari bizda amal qilinayotgan buxgalteriya hisobi schyotlar rejasiga ko‘ra va ular namunaviy o‘quv dasturimizdan ham farq qiladi. Respublikamizda chop etilganlari esa, dastur asosida yozilgan bo‘lib, «Buxgalteriya hisobi va audit» yo‘nalishlariga mo‘ljallanganligidir. Biroq, namunaviy o‘quv rejasiga binoan, boshqa iqtisodiyot yo‘nalishlarida ta’lim olayotgan talabalarga «Buxgalteriya hisobi» fani sifatida o‘qitilishi, ushbu fan bo‘yicha o‘quv qo‘llanma tayyorlashni taqozo qilmoqda. SHu boisdan, yuqorida keltirilgan adabiyotlar mazkur fan bo‘yicha tuzilgan namunaviy o‘quv rejasiga mos kelmasligidir.
Albatta yuqorida sanab o‘tilgan darslik va o‘quv qo‘llanmalar yuqori saviyada yozilgan o‘quv adabiyotlari hisoblanadi hamda ular nazariy-amaliy ahamiyatga egadir. Biroq, 2004 yildan boshlab xo‘jalik yurituvchi subektlar faoliyatiga 21- sonli BHMSni tadbiq etilishi, ushbu adabiyotlarni ham qayta ishlashni taqozo qilmoqda. Bu standartga muvofiq, barcha subektlarda xo‘jalik jarayonlarini yangi schyotlar rejasiga binoan, hisobga olishning o‘ziga xos xususiyatlari yaratildi. SHu bilan birga Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti olimlari tomonidan o‘quv rejasiga ko‘ra 2017-yilda yangi na’munaviy dastur ishlab chiqildi. SHu boisdan “Buxgalteriya hisobi” fanidan o‘quv qo‘llanma yaratish ehtiyoj sezilganligi uchun mualliflar tomonidan mazkur o‘quv qo‘llanma tayyorlandi.
SHunday qilib, mazkur o‘quv qo‘llanma o‘quv rejasiga ko‘ra, iqtisodiyot, kasbiy ta’lim va kadrlar menejmenti yo‘nalishlarida ta’lim olayotgan bakalavriat talabalarga mo‘ljallangan bo‘lib, “Buxgalteriya hisobi nazariyasi”, “Moliyaviy hisob” va “Boshqaruv hisobi”, “Boshqaruv tahlili” va “Moliyaviy tahlil”, “Moliya va kredit”, “Soliqlar va soliqqa tortish”, “Menejment”, “Marketing”, “Statistika” kabi fanlar bilan uzviy bog‘liqlikda o‘rganiladi.