Toshkent moliya instituti 90K-2 guruh ta’labasi usmonov qahramonning boshqaruv hisobi fanidan 2023-yil mazvu: boshqaruv hisobi mohiyati «Boshqaruv hisobi»



Yüklə 90,26 Kb.
səhifə1/2
tarix21.04.2023
ölçüsü90,26 Kb.
#101344
  1   2
BOSHQARUV HISOBI




O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

TOShKENT MOLIYa INSTITUTI


90K-2 GURUH TA’LABASI USMONOV QAHRAMONNING BOSHQARUV HISOBI fanidan


2023-YIL
Mazvu: boshqaruv hisobi mohiyati

  1. «Boshqaruv hisobi» fani, uning predmeti va metodi

  2. Boshqaruv hisobining tarixiy shakllanishi

  3. Moliyaviy va boshqaruv hisobining o‘zaro bog‘liqligi


«Boshqaruv hisobi» fani, uning predmeti va metodi
Bozor munosabatlarini rivojlantirish sharoitida xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining barcha jarayonlarida iqtisodiy axborotlarga nisbatan haqqoniylik, o‘z vaqtidalik, xolislik va aniqlik kabi talablar qo‘yiladi. Hozirgi paytda olingan iqtisodiy axborotlar ichki va tashqi foydalanuvchilar talabini to‘liq qondirishi hamda eng kam miqdorda mehnat va vaqt sarf qilgan holda shakllantirilishi iozim. Shuningdek, iqtisodiy axborotlar korxona faoliyatini budjetlashtirish, istiqbolni belgilash, xarajatlar hisobi va m ahsulot tannarxini to‘g‘ri tashkil etish bo'yicha samarali boshqaruv qarorlari qabul qilishda zaruriy asos bo‘lib xizmat qilishi kerak. Bu kabi masalalar respublikamizda «Boshqaruv hisobi» fanini yuzaga keltirish va uni rivojlantirish yohialishlarini belgilashga asos bo‘lib xizmat qiladi. «Boshqaruv hisobi» fanining predmeti xarajatlar va mahsulot tannarxi kalkulatsiyasi, javobgarlik markazlari bo‘yicha boshqaaiv hisobini tashkil etish, budjetlashtirish, istiqbolda korxona taraqqiyotini belgilovchi loyihalar tahlili, segmentlar bo‘yicha hisobot tuzish, samarali transfert baholarini shakllantirishning nazariyuslubiy hamda tashkiliy asoslarini yoritish hisoblanadi. Rivojlangan mamlakatlarda firma va kompaniyalar buxgalteriya hisobi sohasidagi ish vaqtlarining 90% ini boshqaruv hisobini tashkil etish va yuritishga sarflaydilar. Boshqaruv hisobi bilan yuqori malakaU mutaxassislar shug‘ullanishi talab etiladi. Boshqaruv hisobi — bu bozor munosabatlari zaruriyati bilan paydo bo'lgan, korxona va uning turli bo‘g‘inlaridagi tarkibiy tuzilmalarining faoliyatlari yuzasidan taktik va strategik boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun xarajatlar va daromadlar to‘g‘risidagi axborotni taqdim etuvchi;
— korxona hisob siyosatiga muvofiq yuritiladigan, tarkibiga korxona moliyaviy-xo'jalik faoliyatini budjetlashtirish, investitsiya loyihalarini tahlil qilish, xarajatlami hisobga olish va mahsulotlar tannarxini kalkulatsiya qilishning ilg‘or usullarini qo‘Ilash, javobgariik markazlari bo‘yicha segmentar hisobot tuzish, ichki xo‘ja!ik bo£linmalari o ‘rtasidagi muomalalarda foydalaniiadigan transfert baholami shakilantirish; — evolutsion yo£l bilan rivojlanib boruvchi ichki xo'jalik hisobining sintetik tizimi, bir nechta iqtisodiy fanlar majmuasida tug‘ilgan kompleks fandir. Korxonalarda boshqaruv hisobini samarali yuritish dastlabki va yig'ma hujjatlarning aylanish tezkorligi, qabul qilingan ichki hisobot shakllari, uiarning tuzish davriyligi hamda taqdim qilish muddatlari, axborotlar tizimini takomillashtirishga mosligi ta’sir qiladi. Boshqaruv hisobida hujjatlashtirish va inventarizatsiya, baholash va kalkulatsiya, schotlar va ikkiyoqlama yozuv, balansda umumlashtirish va hisobot kabi moliyaviy hisob usullarining barcha elementlaridan foydalaniladi. Bundan tashqari, unda iqtisodiy tahlil, iqtisodiy-matematik va statistik usullar ham keng qo'llaniladi. Boshqaruv hisobi atvanavjy buxgalteriya hisobi, operativ-texnikva statistika hisobi hamda iqtisodiy tahlilning ko‘pgina unsurlaridan foydalanadi. Boshqaruv hisobining tashkil etilishi va o‘z vaqtida yuritilishi oqilona boshqaruv qarorlarining o‘z vaqtida qabul qilinishi, korxona faoliyatini rejalashtirish, tahlil va nazorat qilish imkonini berib, ishlab chiqarish samaradorligini oshiradi. Odatda, korxonalarda boshqaruv hisobi quyidagi faoliyat turlari bo‘yicha yuritiladi: . ta'minot-tayyorlov faoliyati; — ishlab chiqarish faoliyati; — moliya-tijorat faoliyati; — tashkiliy faoliyat. Korxonalarda ta’minot-tayyorlov faoliyati takror ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish va uning uzluksizligini ta’minlashga xizmat qiladi. Shu sababli, mazkur sohada dastlabki boshqaruv axborotlari yig‘iladi va qayta ishlanadi.
Boshqaruv hisobi axborotlarini shakllantirishda ishlab chiqarish faoliyati muhim o‘rin tutadi. Unda ishlab cliiqarish xarajatlari tarkibi, o‘zgarishi, ularni javobgarlik markazlari bo‘yicha hisobini tashkil qilish, shuningdek, xarajatlar hisobi va tannarx kalkulatsiyasini yuritish, sarflangan xarajatlar bo‘yicha chetlanishlarni hisobga olish amalga oshiriladi. Moliya-tijorat faoliyatida esa korxona iqtisodiy bo'linmalari (segmentlari) bo‘yicha sotish, ma’muriy xarajatlar budjeti tuziladi va ularning bajarilishi nazorat qilinadi. Tashkiliy faoliyat bo‘yicha boshqaruv hisobini tashkil qilish alohida bodinmalar menejerlari zimmasiga xarajatlar hajmi, ularning samaradorligi to‘g‘risidagi axborotlarni shakllantirish vazifasini yuklaydi. Buhda ishlab chiqarish zararsizligi nuqtasining dastlabki hisob-kitoblari amalga oshiriladi, o‘zgaruvchan, doimiy xarajatlar va foyda o‘rtasidagi aloqadorlik tahlil qilinadi. Boshqaruv hisobi faqatgina xarajatlar hisobi va mahsulot tannarxi kalkulatsiyasi bilan shug‘ullanibgina qolmasdan, balki korxona rahbariga joriy va istiqbolli boshqaruv qarorlari qabul qilishda ko‘maklashishi zarur. Hozirgi paytda respublikamiz iqtisodiyotida boshqaruv hisobining nazariy-uslubiy asoslarini ishlash zarurati quyidagi omillar mavjudhgi bilan izohlanadi: — rivojlangan mamlakatlar tajribasiga muvofiq, buxgalteriya hisobining moliyaviy va boshqaruv hisobga bo‘linishi; — buxgalteriya hisobida m ahsulotlar tannarxini hisoblash, haqiqjy xarajatlardan chetlanishlarni boshqarishda «Standart-kost» hisob tizimining paydo bolishi; — xarajatlarning doimiy va o‘zgaruvchan turlarga ajratilishi, natijada korxonalarda ishlab chiqarish quvvatlaridan to‘liq foydalanish, xarajatlarni samarali taqsimlash maqsadida tannarxni kalkulatsiya qilishning «Direkt-kosting» kabi zamonaviy tizimlarini rivojlantirish zaruratining yuzaga kelishi; — korxonalar amaliyotiga «zararsizlik nuqtasi», «marjinal daromad», «ishlab chiqarish dastagi» va boshqa yangi iqtisodiy atamalaming kirib kelishi hamda ularni xo‘jalik yurituvchi subyektlarda xarajatlar, ishlab chiqarish hajmi va moliyaviy natijalar o‘rtasidagi uzviy aloqadorlikni ta’minlashga yo‘naltirish zarurati;
— korxonalar hisob tizimi oldiga moddiy, mehnat va moliyaviy resurslarni rejalashtirish, ishlab chiqarish zaxiralarini strategik boshqarish, ularga mos transfert baholarni shakllantirish, xarajatlar va daromadiar hisobining samarali modelini yaratish kabi vazifalarning qo'yilishi; — buxgalteriya hisobida yangi kom pyuter texnologiyalari, axborot dasturlarining keng joriy etilishi, shuningdek, boshqaruv hisobini avtomatlashtirish asoslarini ishlab chiqish muammosining mavjudligi va h.k. Boshqaruv hisobi korxonaning ichki vazifalarini hal qilishga m o‘ljallangan bo‘lib, bu lining «nou-xau»sidir. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda boshqaruv hisobining muhim vazifalari quyidagilardan iborat: — korxonaning ishlab chiqarish faoliyatini rivojlantirish borasida istiqbolli boshqaruv qarorlari qabul qilish uchun zarur axborotlar manbasini shakllantirish va rahbarlarni ular bilan ta’minlash; — korxona moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tezkor boshqarishda menejerlarga ishonchli, yuqori samarador axborotlarni o‘z vaqtida yetkazib berish; — mahsulot (ish, xizmat)larning ishlab chiqarish tannarxini to ‘g‘ri aniqlash, belgilangan me’yorlardan chetlanishlar va ularning yuzaga kelish sabablarini ko‘rsatib berish va h.k. Boshqaruv hisobi axborotlari korxonaning tezkor va strategik vazifalarini amalga oshirishga ко'm aid ash ad i. Tezkor vazifalarga quyidagilar kiradi: — ichki va tashqi omillarni hisobga olgan holda mahsulot ishlab chiqarish tuzilmasini aniqlash; — ishlab chiqarish zararsizlik nuqtasini topish; — mahsulot (tovar, ish, xizmat)lar turlari, ularni sotishning muvofiq hajmini rejalashtirish; — qo‘shimcha buyurtmalarni qabul qilish yoki rad etish; — baholarni shakllantirish bo‘yicha qarorlar qabul qilish. Strategik vazifalar uzoq muddatga modjallangan bo‘lib, quyidagilardan iborat: — uzoq muddatli kapital qo'yilmalarni jalb qilish; — biznes tarkibini o‘zgartirish; — mahsulotlarning yangi turlarini o‘zlashtirish.
Bozor munosabatlari sharoitida boshqaruv hisobi o‘z vazifalari orqali korxona ichki faoliyati, uning strategiyasi va taktikasi bilan boshqaruvning asosiy axborot poydevori sifatida namoyon bodadi. Boshqaruv hisobining strategiyasi istiqbolda korxona taraqqiyotini belgilovchi loyihalar tahlili, istiqbolni belgilash, budjetlashtirish, javobgarlik markazlari bo‘yicha segmentar hisobotni tuzish, oqilona transfert baholarini o‘rnatish va boshqaruv qarorlarini muvofiqlashtirish tizimini ifodalaydi. Boshqaruv hisobi taktikasi esa joriy davrda ishlab chiqarishni tashkil etish, xarajatlar va mahsulot tannarxi kalkulatsiyasi bo'yicha hisob yuritish, dalillash, qabul qilingan qarorlarni tahlil va nazorat qilish, shuningdek, ularning ijrosi uchun javobgarlik kabilardan iborat.
2
Yüklə 90,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin