4. Filialda yakuniy davlat attestatsiyalarini o‘tkazish haqida I. Tojiboyev axborot berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2009 yil 22 maydagi 160-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi to‘g‘risida NIZOM” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2021 yil 10 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida 38-2021-son buyrug‘i [O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021 yil 16 noyabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 1963-3]) ga muvofiq Oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari o‘quv jarayoni jadvaliga muvofiq o‘tkaziladi. Yakuniy davlat attestatsiyasi oliy ta’lim muassasasidagi har bir ta’lim yo‘nalishi (mutaxassisligi) bo‘yicha tashkil etiladigan yakuniy davlat attestatsiya komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi.
Yakuniy davlat attestatsiyasi ta’lim yo‘nalishi (mutaxassisligi) o‘quv rejalariga muvofiq quyidagi turlardagi attestatsiya sinovlaridan iborat:
- xorijiy til bo‘yicha yakuniy davlat attestatsiya sinovi (oliy ta’lim muassasasi Kengashi qaroriga asosan o‘tkazilishi mumkin); - ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha fanlararo (majburiy fanlar) yakuniy davlat attestatsiya sinovi; - diplom loyihasi himoyasi; - bitiruv malakaviy ish (magistrlik dissertatsiyasi) himoyasi. Yakuniy davlat attestatsiyasini majburiy fanlardan (fanlararo) yakuniy davlat attestatsiya sinovi yoki diplom loyihasi himoyasi yoxud bitiruv malakaviy ishi (magistrlik dissertatsiyasi) himoyasi shaklida o‘tkazilishi bitiruvchilarning iqtidori, xohishi va ta’lim xususiyatidan kelib chiqqan holda oliy ta’lim muassasasi Kengashi qarori bilan belgilanadi. Yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyalari raisligiga nomzodlar kafedra mudiri tomonidan tasdiqlash uchun oliy ta’lim muassasasi rektoriga (filial direktoriga) taqdim etiladi.
Yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasi raislari oliy ta’lim muassasasining idoraviy mansubligidan qat’i nazar, ushbu ta’lim muassasasida faoliyat yuritmayotgan olimlar, ishlab chiqarishning tajribali mutaxassislaridan tegishli oliy ta’lim muassasasi rektorining (filial direktorining) buyrug‘i bilan bir yil (kalendar yil) muddatga tasdiqlanadi.
Bir kishi ketma-ket bir oliy ta’lim muassasasida tegishli yo‘nalish (mutaxassislik) bo‘yicha ikki martadan ortiq yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasining raisi bo‘lishi mumkin emas.
Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari yozma, test yoki og‘zaki usulda tashkil etiladi va ushbu tartib oliy ta’lim muassasasi Kengashi qarori asosida ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan belgilanadi hamda yakuniy davlat attestatsiyasi boshlanishidan uch oy oldin talabalar e’tiboriga yetkaziladi. Talabalar sinov o‘tkaziladigan fanlar dasturlari bilan ta’minlanadilar, ularga tayyorgarlik ko‘rish va maslahatlar berish uchun zarur sharoitlar yaratiladi.
2022/2023-o‘quv yilida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali 572 nafar (shundan, kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha – 382 nafar, sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha – 115 nafar, 2-oliy ta’lim mutaxassislik bo‘yicha – 10 nafar, magistratura mutaxassisligi bo‘yicha – 65 nafar) bitiruvchilar, jumladan,