Bazali konstruksisyani shaklini o’zgartirmay km usullari



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə3/4
tarix14.12.2023
ölçüsü2,01 Mb.
#177974
1   2   3   4
BAZALI KONSTRUKSISYANI SHAKLINI O’ZGARTIRMAY KM USULLARI

Yubkalarni konstruktiv loyihalash
Ayollar yubkasini yangi modelini ishlab chiqishda asosiy e’tibor bel vitochkasini ko’chirishga, old va ort bo’laklarni kengaytirishga (yoki toraytirishga), shu detallarning uzunligini va prporsiyasini o’zgartirishga qaratiladi.
Zamonaviy yubkalarning shakli juda turli–tuman. Ularni bir necha gruppaga ajratish mumkun. Bulardan yeng xaraktirlisi: to’g’ri yubkalar, etak tomoni kengaytirilgan yubkalar, etak tomoni toraygan yubkalar. SHu yubka turlarining xar qaysisi birmuncha fason variantlaridan iborat bo’lishi mumkin.
Zamonaviy yubkalarning shakli juda turli-tuman. Ularni bir necha gruppaga ajratish mumkin. Bulardan eng xarakterlisi: to’g’ri yubkalar, etak tomoni kengaytirilgan yubkalar, etak tomoni toraygan yubkalar. Shu yubka turlarining xar qaysisi birmuncha fason variantlaridan iborat bo’lishi mumkin.
To’g’ri yubkalarning silueti to’g’ri burchakni eslatishi bilan xarakterlanadi. Bunday yubkalar kesmali, taxlamali simmetrik va assimetrik, koketkali, burmali bo’lishi, ya’ni yubkaning xam old, xam ort bo’laklarida vertikal va gorizantal bo’ylab turli bo’laklarga bo’linishi mumkin.
Odatda yubka va uning turli variantlari gavda tuzilishi tipovoy bulgan baland bo’yli ayollarga yoki kaddi-komati kelishgan bo’ksasi tor ayollarga tavsiya etiladi.
Etak tomoni kengaytirilgan yubkalar to’g’ri vertikal bo’laklarga bo’linishi bilan xarakterlanadi. Bunday yubkalar gorizantal bo’laklarga bo’linishi xam mumkin. Etak tomoni kengaytirilgan yubkalar beli ingichka gavdada yaxshi turadi.
Etak tomoni toraytirilgan “bochkasimon” yubkaning bel chizig’i bo’ylab vitachka urniga burma kilingan bo’ladi.
Yubkaning bunday gruppalarga bo’linishi shartli bulib, ular xamma turlarni kamrab ololmaydi. Yubkaning deyarli xamma shakli taxlamalar, choklar joylanishi, quyma bo’laklar, beykalar, quyma aylana burmalar, burmalar va boshkalar qandayligiga qarab o’zgarishi mumkin.
Hamma siluetdagi yubkalarning, ularning turlari va variatlarining konstruksiyasi to’g’ri yubka konstruksiyasi asosining bazasida texnik modellash metodi bilan ishlab chiqiladi.
Yubka ko’ylakning bir qismi bo’lsa, uning konstruksiyasini ishlab chiqishda qo’yidagi shartlarni bajarish kerak: yubka bilan ko’ylak ko’krak qismining bel chizig’i bo’ylab uzunligi bir xil bo’lishi kerak, vitachkalar yubkada va ko’ylak ko’krak qismida bir xil joyda bo’lishi kerak; yubkaning yon qirqimlarini ko’ylak ko’krak qismini modellashdagi koidalarga rioya qilinadi.
Yubkani texnik modellash amallari eng xarakterli bulgan shakllar: taxlamali yubka, bo’laklardan iborat yubka, etak qismi kengaytirilgan yubka, fantaziya yubka misolida ko’rsatilgan.
Taxlamali yubka
Yon choki kesmali yubka, old yoki ort bo’laklari taxlamali yubka andazasi to’g’ri yubkaning konstruksiyasi asosida tuziladi (15- rasm).
Modelga binoan zarur bo’lsa, yon qirqimlar bo’ylab 10 sm dan kamrokq kengaytiriladi: E´2E2=E´2E2.
Bunga B´5B1 va B61 qirqimlarini davom ettirib, bo’ksa chizig’idan boshlab bir tekis kengaytirish yo’li bilan erishiladi.



15-rasm. Taxlamali yubka

Bir-biriga qaragan taxlamaning chuqurlik kuyimi old bo’lak simmetriya chizig’itomonidan koldiriladi. Bichish qulay bo’lishi uchun taxlama tagiga kengligi taxlamaning ikkita kengliiga teng bo’lgan gazlama parchasi bichib olinadi.
Bo’laklardan iborat yubka.
Bo’laklardan iborat yubka konstruksiyasining asosi yubka bo’lagidir. Bunday yubka konstruksiyasini tuzish uchun yubka qancha bo’lakdan iborat bo’lishini, bel aylanasini-BlA, bo’ksa aylanasini –BkA va yubka uzunligini bilish kerak.
Bo’laklardan iborat yubka konstruksiyasini xisoblashning ko’ylak konstruksiya asosining chizmasini tuzishdan farqi shundaki, bunda yubkada BlA va BkA o’lcham qiymattlari to'la olinadi.
Masalan, olti bo’lakdan iborat yubkani tuzishda faqat bitta bo’lagi xisoblanadi(16-rasm).
Vertikal chiziq o’tqazib, unga B nuqta qo’yiladi. YUbka uzunligi B3E o’lchab qo’yiladi. Bel chizig’ining egilgan joyi BB3 0,5 sm ga teng.

16-rasm. Bo’laklardan iborat yubka.


T nuqtadan gorizantal o’tqazib, unda bo’lakning bel chizig’i bo’ylab kengligi o’lchanadi:


T1T2=BlA:6; T1T= TT2
T1, T2, T3 nuqtalar tekis chiziq bilan birlashtiriladi.
B nuqtadan bo’ksa chizig’i o’tqaziladi:
T3B=18:20 sm
Bo’lakni bo’ksa chizig’i bo’ylab kengligi - B2B2

B1B2=1/6 (BkA+BkK);


bunda: BkK yubkaning bo’ksa bo’ylab gavdada bemalol turish qo’shimi bulib, bu yubkaning gavdaga yopishib turish darajasiga qarab olinadi:
BB2=BB2;
BkK 4sm va undan ortiq bo’lishi mumkin.
T1 va B1; T2 va B2 nuqtalardan yubka bo’lagining yon qirqimlari o’tqaziladi:
B1N1 = B3 N = T2N2.
N1, N, N2 nuqtalar tekis chiziq bilan birlashtiriladi. Yubka bo’lagining shakli uning uzunligiga va eniga bog’liq bo’ladi.
Bichishda gazlamaning asos ipi yubka bo’lagining o’rta chizig’i bo’ylab yo’naltiriladi. Yubka bo’lagining yo’qori va past tomondagi kengligi 1:2, 1:2,5; 1:3 nisbatda bo’lishi mumkin. Masalan, yubka bo’lagining yo’qori tomondagi kengligi 16 sm bo’lsa, pastdagi kengligi N1N2 - 32 sm, 40 sm 48 sm bo’lishi mumkin.
Etak tomoni kengaytirilgan yubka.
Yubkaning etak tomoni beldagi vitachkalarni etak chizig’iga ko’chirish, taxlamalar xosil qilish, gode singari juda ko’p usullar bilan kengaytiriladi. Vitachkani beldan etak chizig’iga ko’chirish yo’li bilan yubkaning etak tomonini kengaytirish eng ko’p tarkalgan usullardan xisoblanadi (17-rasm).
To’g’ri yubkaning konstruksiya asosining chizmasiga old va ort bo’laklariga vitachkalarning oxirgi uchidan yubka etagigacha qirqiladigan chiziq o’tqaziladi, keyin shu chiziq bo’ylab qirqib, beldagi vitachka berkitiladi-da, tugnagich bilan tugnaladi, shu bilan bir vaktda yubkaning etak chizig’i bo’ylab surib kengaytiriladi. Beldan bo’ksagacha bo’lgan T5T1 va T6T1 yon qirqim chiziqlarini etak chizig’i bilan kesishguncha kadar davom ettiriladi.
Bunday konstruksiyadagi yubka bo’ksa qismida gavdaga yopishib, chiroyli drapirovkalanadi. Bichishda yubkaning old va ort bo’lak simmetriya chiziqlarini gazlama asos ipi bo’ylab yoki asos ipiga 45° burchak ostida joylashtiriladi.
Etak tomoni kengaytirilgan yubkaning shunday yo’l bilan olingan konstruksiyasi klyosh yubka, «yoysimon» yubka, beli burma yubka va etak tomoni bo’ylab kengaytirilgan yubkalar konstruksiyasini tuzishga asos bo’ladi.
Bu yubkalarning konstruksiyasini xosil qilish uchun, yo’qorida aytib utilgan konstruksiya asosiga qo’shimcha qirqish chiziqlari o’tqaziladi. Shu belgi chiziq bo’ylab qirqib, xar qaysi bo’lakni uning yon qirqimi simmetriya chizig’igi nisbatan to’g’ri burchak ostida bo'lib qolguncha soat mili yo’nalishida suriladi. Bel bo’ylab qo’shimcha burma xosil qilish uchun bel chizig’ining shaklini saklab turib, konstruksiyada belgilangan bo’laklarni istagan moqdorida suriladi.
Yubkaning etak tomonini kengaytirilishining gode usulida xam texnik modellash yo’li bilan erishiladi.
To’g’ri yubkaning konsruksiya asosiga yubka bo’laklarini qismlarga ajratadigan chok chiziqlari o’tqaziladi. Chok shakli va joylanishi modelga bog’liq bo’ladi. Odatda bo’ksa chizig’i bo’ylab yubka bo’laklari bir xil kenglikda bo’ladi, lekin yubka fasoniga qarab ularning kengligi o’zgarishi mumkin.

17-rasm. Etak tomoni kengaytirilgan yubka.
Beldagi vitachkalar chok chizig’iga ko’chirilishi kerak.
Kurilayotgan misolda vitachka fasoniga binoan kirkmaga ko’chirilgan. YUbka bo’laklarining yon qirqimlarida bo’laklarning kengayishi boshlanadigan nuqtalar 1 va 2 belgilanadi. Bunday nuqtalarning baland yoki past joylanishi yubka siluetiga bog’liq. Yubkada gode boshlanadigan nuqtaning joylanishi mumkin bo’lgan variantlari:

A) B41=1-3=3N3 B) B21=1-3=3N2


V) B42=2N2 G) B42=2N3.


Keltirilgan misolga nuqta 2 gode bo’lagi kengaya boshlaydigan joy deb kabul kilingan.
Kengaytirish moqdori xar qaysi bo’lakning etak chizig’idan boshlab o’lchab qo’yiladi. Buning uchun belgilangan nuqta 2 dan markaz sifatida foydalanib, kiyim etak chizig’igacha bulgan oraliqda teng bulgan 2N2 = 2N3 radiusli yoy o’tqaziladi. Yubka bo’lagining etak qismida yoy bo’ylab minimal kengayishi - N3N3¹=N2N2¹ 6 sm ga teng. 2N3; 2N2 radiusli B4N3; B2 chok chizig’iga perpendikulyar bulganda maksimal kengayishiga erishiladi.
Yubka ikki xil rangli gazlamadan tikiladigan gode yubkada katta samaraga erishish uchun, bo’laklarni (T3¹ 2N3'; N2' 2N2') aloxida detal qilib qirqib olinadi(18-rasm).

«Fantazi» yubka.
«Fantazi» yubkalarda turli simmetrik, asimmetik drapirovkalar, kirkmalar, burmalar bo’ladi; shuningdek ular ko’p qavatli va boshqacha xam bo’lishi mumkin. Bunday yubkalarning konstruksiyasi tegishli siluetli yubka konstruksiyasi asosida ishlab chiqiladi.
«Fantazi» yubkaning ko’pgina variantlaridan birining texnik modellash tartibi 11.3- rasmda ko’rsatilgan.
Asos chizmada murakkab shakldagi qirqmalar chiziqlari, ya’ni fason chiziqlarining joylanishi belgilab olinadi. Keyin burma-drapirovkalar urnini belgi chiziqlari o’tqaziladi.
Beldagi vitachkalarni bekitib, ularni qirqma yoki drapirovka chizig’iga ko’chiriladi. Belgilangan drapirovka chiziqlari bo’ylab qirqiladi-da, yon qirqim chizig’ining uzunligini saqlab qolib, surib drapirovka ochiladi. Xosil bo’lgan detallarni qog’ozga tugnagich bilan tug’nab bo'rlanadi, drapirovka urni belgilanadi, yangi andaza qirqib olinadi. Drapirovka, taxlamalarning yo’nalishi xamda chuqurligi va boshkalar ixtiyoriy aniqlanadi.
Tayyor modeldagi drapirovka tashki kurinishi va uning eskizining bir-birga mosligi konstruksiyani tayyorlagan ishchining tajribasiga bog’liq. Shuning uchun olingan andazani oldin maket gazlamada tekshirib ko'rib, keyin modelni asosiy gazlamadan bichishga o'tgan ma’qul.




Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin