Bazali konstruksisyani shaklini o’zgartirmay km usullari


Ko’krak vitochkasini ko’chirish qoidasi



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə2/4
tarix14.12.2023
ölçüsü2,01 Mb.
#177974
1   2   3   4
BAZALI KONSTRUKSISYANI SHAKLINI O’ZGARTIRMAY KM USULLARI

Ko’krak vitochkasini ko’chirish qoidasi. Ko’ylak fasoniga binoan ko’krak vitochkasi detalning istalgan qirqimida bo’lishi mumkin. Bu vitochkani ko’krak chizig’i bo’ylab old bo’lak o’rtasi tomon yeng o’miz qirqimi, yoqa o’qa o’mizi yon qirqimi tomon va hakozo yo’naltirish mumkin. Vitochkani ko’chirishni mumkin bo’lgan yo’nalishlari 11.1- rasmda ko’rsatilgan.
Vitockani rasmga muvofiq yangi holatga ko’chirish uchun vitochkani ko’chirilish chizig’i o’tkazilishi kerak.bu chiziq doim ko’krak vitochkani uchidan, ya’ni ko’krak markazi bilan vitochka ko’chiriladigan qirqimdagi nuqtadan o’tishi kerak.
Old bo’lak andozasining shabloni belgi chiziq bo’ylab qirqiladida, ko’krak vitochkasi yopiladigan qilib suriladi. Vitochka tomonlarini bir - biriga to’g’rilab to’g’nag’ich bilan to’g’naladi. Qirqilgan chziq bo’ylab xuddi asosiy vitochka kengligiga teng yangi vitochka xosil bo’ladi. Bu vitochka birmuncha kalta yoki uzun bo’lishi mumkin, lekin xuddi tipovoy vitochka hosil qilganidek hajm xosil qiladi.



11.1-rasm. Ko’krak vitachkani ko’chirish yo’llari
Ko’krak vitochkani yon qirqim chizig’iga ko’chirish. Yon qirqim chizig’ida D nuqta belgilab olinadi. D nuqtani ko’krak vitochka uchi bilan birlashtirib, yangi vitochkani chizig’i o’tkaziladi (12-rasm, a). Shu belgilangan chiziq bo’ylab qirqma hosil qilinadi. Ko’krak vitchkasini uning tomonlarini bir biriga to’g’ri keltirib bekitiladida, to’g’nag’ich bilan to’g’nab qo’yialadi. Yangi vitochkaning yo’qori chizig’i bo’ylab markazdan 3-5 sm o’lchab qo’yiladi. Bu yangi vitochkaning uchi bo’ladi. Xosil bo’lgan vitochka qirqimlarini tekis chiziq bilan chiziladi.
Ko’krak vitochkani bel chizig’iga ko’chirish. Agar modelga binoan ko’krak vitochka bel chizig’iga ko’chiriladigan bo’lsa, unda oldindan old bo’lakning asosiy andozasida 12-rasm, bda ko’rsatilgandek bel vitochkasiing uchini ko’krak vitochka uchi bilan birlashtirib olinadi.
Beldagi vitochkaning chap tomonidan qirqma hosil qilinadi. Ko’krak vitochkasining bekitib to’g’naladida, vitochkaning yangi holati ochiladi. Yangi vitochka kengligi ko’krak va beldagi vitochkalar kengligi yig’indisiga teng bo’laldi. Yangi vitochka qirqimlarini ham tekis chiziq bilan chiziladi. Bu vitochka uchi beldagi vitochkaning dastlabki holatiga mos bo’lishi kerak. Agar ko’krak vitochka juda keng bo’lsa (bu ko’kragi katta ayollarga xos) bunday vitochkani bel chizig’iga bitta emas, balki kkita qilib, yoki yon qirqimia ikkita qilib, yoki uning yarmini yon qirqimiga, qolgan yarmini esa bel qirqimiga ko’chiriladi.



12-rasm. Ko’krak vitochkani ko’chirish
Ko’krak vitochkani old bo’lak simmetriya chizig’iga ko’chirish.
Ko’chiriladigan vitochka chizig’i belgilanadi. (13-rasm). Birinchi chiziq ko’krak vitochka uchidan, ikkinchi beldagi vitochka uchidan o’tadi. Ikkala chiziq ham simmetriya chizig’iga perpendikulyar o’tkaziladi. Belgilangan chiziqlar bo’ylab qirqma hosil qilib, ko’krak va beldagi vitochkalarni bekitib to’g’nab, yangi vitochka ochiladi. Xosil qilingan vitochkalar odatda tikilmaydi.



13-rasm. Ko’krak vitochkani old bo’lak simmetriya chizig’iga ko’chirish


Yangi vitochkalarning kengligi simmetriya chizig’i bo’ylab burma hosil qilishga, yoki mayda-mayda taxlamalar xosil qilishga ketadi.
Vitochkani old bo’lak yoqa o’mizining chizig’iga ko’chirish. Old bo’lak yoqa o’miz chizig’ida yangi vitochka holatini bildiradigan nuqta belgilab olinadi. (14-rasm). Shu nuqta bilan ko’krak markazidan chiziq o’tkaziladi. Shu chiziq bo’ylab kesim xosil qilinadi. Ko’krak vitochkasini bekitib to’g’naladida, yangi vitochka holati ochiladi. Ko’krak vitochkani old bo’lak yoqa o’miziga ikki bo’lib ko’chirsa ham bo’ladi. Bunda vitochka ko’chiriladigan ikkita chiziq o’tkaziladi. Vitochkani uchigacha tikmay, old bo’lak yoqa o’mizi bo’ylab ochiq mayda taxlamacha xosil qilish mumkin. Drapirovkali murakkab shakldagi ko’ylaklarni modellashda xam xuddi shunday qilinadi. Drapirovka o’rni belgilab, chiziqlar chizib olinadida, shu chiziqlar bo’ylab qirqib, oralari taxminan mo’ljallangan kenglikkacha surib ochiladi. Qanchalik ko’p surib ochilsa, burma – drapirovkalar shunchalik ko;p bo’ladi.

14-rasm. Ko’krak vitochkani yoqa o’mizining chizig’iga ko’chirish.



Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin