Ba’zi Osiyo mamlakatlarida yetishtirilgan achchiq bodom o’simligi quruq mevasi tarkibidan aflatoksinlar miqdorini yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi metodi yordamida tahlil qilish



Yüklə 0,74 Mb.
səhifə2/3
tarix17.03.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#88432
1   2   3
Aflatoksin maqola docx

2.Material va metodlar
2.1 Xromatografik tahlil shartlari

Analizni bajarishimiz uchun bizda YSSX LC 2030 C3D Plus (Shimadzu) qurilmasi RF-20AXS detektor bilan jihozlangan. Shim-pack GIST-HP C18 150x4,6 mm 3 μm (Shimadzu) kalonkadan foydalanildi. Aflatoksin standart namunasi asosida atsetonitril va suvdan 40/60 eritmasida, 0,01 mg/ml, 0,05 mg/ml va 0,1 mg/ml konsentratsiyali tayyorlangan eritmasi asosida to’lqin uzunligi 360 – 450 nm, oqim tezligi 0,5 ml/minda xromatogramma hosil qilindi.
2.2. YSSX qurilmasida analizni bajarish.

Osiyo iqlim sharoitida 2020 yilgi yetishtirilgan hosildan olingan namunalar 0,1 smdan kichik holgacha yaxshilab blendir yordamida maydalanadi. Olingan namunalar yuqorda aytilganidek ekstraksiyaga qo’yiladi. Optimal ekstaksiya quyidagicha amalga oshirildi. Bunda suv va asetonitrildan teng nisbatda olinib 125 ml eritma tayyorlab, unga 5 g natriy xlorid tuzidan solinib yaxshilab aralashtirildi. Tuz erigandan so’ng, namunada 25 g tortilib tayyor eritmaga solinib magnit aralashtirgichda 5 min davomida aralashtirib ekstraksiya qilinadi[5]. Namunalar tarkibidagi aflatoksinlar miqdorini aniqlashda yuqori samarali suyuqlik xromatografiya usulida natijalar olinadi va tahlil qilindi.
Ular bir – biridan katta farq qilmaydi va ma’lum vaqt ekstraksiya bajarilgandan so’ng olingan namunalar 0,45  μmli filtrda filtrlab olinib, qurilmaga analiz qilishga joylashtiriladi.
3. Olingan natijalar tahlili

Turli mintaqalardan keltirilgan, hamda O’zbekistonda yetishtirilgan namunalar yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi qurilmasida tahililar amalga oshirildi. Unga ko’ra Afg’anistonda yetishtirilgan bodom namunasi tarkibida aflatoksin miqdori kamroq ekanligi yuqori samarali suyuqlik xromatografiysida bajarilgan analiz natijasida aniqlandi. Buni quyida keltirilgan (1-rasm)







1-rasm. Afg’oniston hududida yetishtirilgan bodom namuna tarkibi xromatogrammasi

O’zbekiston hududida yetishtirilgan bodom o’simligi tarkibida aflatoksinlar miqdori ko’proq ekanligi o’tkazilgan tahlil natijasida aniqlandi(2-rasm).





2-rasm. O’zbekiston hududida yetishtirilgan bodom namuna tarkibi xromatogrammasi






3-rasm. Eron Islom Respublikasi hududida yetishtirilgan bodom mevasixromatogrammasi

Olingan natijalar quyidagi jadvalda keltirilgan.







Namuna keltirilgan hududlar



Aflatoksinlarning umumiy miqdor chegarasi


ppm



AFB1

AFB2

AFG1

AFG2

Aflatoksinlarning umumiy miqdori


ppm

1.

Afg’aniston

0,04

-

-

-

0,001

0,001

2.

Eron

0,04

-

-

-

0,003

0,003

3.

O’zbekiston

0,04

-

-

-

0,004

0,004


Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin