“BBB” metodining kamchiliklari:
Ta’lim beruvchidan yuksak boshqarish mahoratini talab etadi;
Auditoriyada shovqin suron ko’tarilishi;
Interfaol metodlardan yana biri “Sinkveyn” metodidir. Mazkur metod axborotlarni qisqacha bayon qilish, murakkab g’oyalarni, sezgilarni, tasavvurlarni bir necha so’zlar vositasida bayon qilish imkoniyati borasidagi muhim malakadir.
Bu boy tushunchalar zahirasi asosidagi o’ylangan rafleksiyani talab qiladi. Sinkveyn bu she’r bo’lib, u biror voqea munosabati bilan yoziladigan yoki reflek-tsiya qilinadigan qisqa ifodalarda axborot va materiallarning sintezlanishini talab etadi. Mazkur metod mavzuni yakunlovchi bosqichida qo’llanilsa maqsadga muvofiq bo’ladi [38].
Sinkveyn so’zi frantsuzcha so’z bo’lib, besh degan tarjimani beradi. Demak, sinkveyn besh qatordan iborat qofiyaga tushmagan she’rdir.
Sinkveynni yozib chiqish qoidasi quyidagicha:
Birinchi qatorda bir so’z bilan mavzu yoziladi (odatda ot turkumiga oid so’z bilan);
Ikkinchi qatorda mavzu ikki so’z bilan tavsif qilinadi (sifat turkumiga oid so’z bilan);
Uchinchi qatorda ushbu mavzu bo’yicha hatti harakatlar uch so’z bilan tavsif etiladi;
To’rtinchi qatorda mavzuga aloqadorlikni ko’rsatuvchi 4 so’zdan iborat gap yoziladi;
Beshinchi qatorda birinchi so’zning sinonimi yoziladi.
Ko‘p o‘lchovli korrelyatsiya. Muhim va mohiyatli omillarni tanlash
Korrelyatsion bog‘lanishning xususiyati regressiya tenglamasida bir necha muhim va
mohiyatli omillar ishtirok etishini taqozo qiladi. Shuning uchun regressiya
tenglamasiga kiritiladigan mohiyatli omillarni tanlash katta ahamiyatga egadir.
Ko‘p omilli regressiya tenglamasida o‘zaro kuchli chiziqli korrelyatsion bog‘langan
omillar bir vaqtda ishtirok etmasligi kerak. Chunki ular regressiya tenglamasida bir-
birini
ma’lum
darajada
takrorlab,
natijada
regressiya
va
korrelyatsiya
ko‘rsatkichlarining buzilishiga sababchi bo‘ladi. Demak, tanlangan omillar ichida
o‘zaro kuchli chiziqli korrelyatsion bog‘lanishda bo‘lgan omillardan ba’zilarini
regressiya tenglamasiga kiritmaydi. Buning uchun chiziqli juft korrelyatsiya
koeffitsiyentlarining matritsasi tuziladi.
Dostları ilə paylaş: |