a)
b
)
v
)
2.81-rasm. Yigirish qurilmasi detallari
a)
yigirish kamerasi
b ) ip o’tuvchi voronka
v)
separator
O’rash mexanizmini o’rganishda tortuvchi vallar va sifat nazorati
datchigining vazifasi, ularning o’rash vali bilan o’zaro ishlashi, krestsimon
o’ralishning hosil bo’lishi, pakovkada bir hil zichlikni ta`minlash uchun ip
tarangligining rostlanishi tahlil etiladi.
Ishlatilayotgan o’ralish shakliga, parafinlovchi qurilmali o’rash
mexanizmining ishlashiga alohida etibor beriladi. Bobina parametrlarini o’rganish
orqali o’rash nuqsonlari bilan tanishib, ularning hosil bo’lish sabablari aniqlanadi.
1- tortuvchi val;
2- ustki valik;
3- tortuvchi qurilma;
4- ipni kompensatsiyalovchi qurilma;
5- ipyuritgich;
6- yigirish blokining trubkasi;
7- yigirish bloki;
8- kompensator;
9- datchik tirqishi;
10- datchik;
11- ta`minlash silindri uzatmasining tugmasi;
12- yo’naltiruvchi;
13- qo’lda shaylash qurilmasi;
14- parafinlash qurilmasi;
15- o’rash vali;
16- taxlagich;
17- bobinouchlagich;
18- bobina.
2.82-rasm. “BD-330” pnevmomexaniq yigirish mashinasining o’rash mexanizmi
Pnevmomexaniq yigirish mashinasining havo so’rish tizimini o’rganishda,
ventilyatorning ishlashiga texnologik havo va iflosliklarning chiqarilichiga,
uchinchi qo’lning vakum nasosiga, texnologik havo, iflosliklar, ip chigalliklari va
momiqlarning to’planichiga, Shuningdek changsizlantiruvchi pnevmotrubalarning
joylashganligiga e`tibor beriladi. Haroratning bir me`yorda bo’lishini ta`minlash
uchun sovutilgan havodan foydalanishga alohida e`tibor beriladi.
Dostları ilə paylaş: |