Bd-330 pnevmomexaniq yigirish mashinasi Laboratoriya ishining maqsadi



Yüklə 423,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix07.11.2022
ölçüsü423,19 Kb.
#67685
  1   2
13-lab (3)



13 -LABORATORIYA ISHI 
BD-330 pnevmomexaniq yigirish mashinasi 
Laboratoriya ishining maqsadi: Pnevmomexaniq yigirish mashinasi va uning 
asosiy mexanizmlarining tuzilishi va ishlashini o’rganish.
Laboratoriya darsi uchun kerak anjomlar va materiallar: BD-330 
pnevmomexaniq yigirish mashinasi, mexanizmlar sxemasi, animatsion modellar, 
kompyuter, proektor. 
Topshiriq 
1. Pnevmomexaniq yigirish mashinasining vazifasi, tuzilishi va ishlashini 
o’rganing. Texnologik sxemasini tasvirlang. 
2. Pnevmomexaniq yigirish mashinasi asosiy ishchi organlariga harakat uzatilishini 
o’rganing 
3. Pnevmomexaniq yigirish mashinasi asosiy mexanizmlarining vazifasi va ishini 
izohlang. 
Uyda: Laboratoriya ishi bo’yicha hisobot tayyorlang. 
 
 
 
Asosiy ma`lumotlar 
Pnevmomexaniq yigirish mashinasini o’rganishda texnologik jarayonlar 
ketma-ketligi aniqlanadi: ta`minlash, mahsulotni diskretlash - alohida tolalarga 
ajratish, diskret tolalar oqimini pishitish kamerasiga transportirovka qilish, diskret 
tolalar oqimini tsiklik qo’shish, tolali piltachaga buram berish orqali ipni pishitish-
shakllantirish, ipni chiqarish va uni g’altakka o’rash. So’ngra mashinaning asosiy 
mexanizmlari va qurilmalarining joylashganligi va vazifalari aniqlanadi: ta`minlash 
qurilmasi, diskretlash qurilmasi, pishitish qurilmasi, ipni chiqarish moslamasi, ipni 
o’rash mexanizmi, ip tozalash qurilmasining havo oqimini yo’naltirish tizimi, 
parafinlovchi qurilma, ipni nazorat qilish qurilmasi (uzilish datchigi),to’la 
bobinalarni almashtiruvchi «uchinchi qo’l» mexanizmi, harakat uzatmasi. 
Pilta va ip pakovkalarining massalariga e`tibor qaratilib, mashinaning ishchi 
holatida ularni almashtirish imkoniyatlari o’rganiladi. Tayyor bobinani bo’sh g’altak 
bilan almashtirish operatsiyasining turli usullari (qo’lda, avtomatlashtirilgan) tahlil 
etiladi. Yigirish bloklaridan birini ochib, havo yo’llari, yo’naltiruvchi blokchalar, 
yigirish kamerasi va diskretlash barabani uzatmalarining yo’naltiruvchi blokchalari, 
qo’shni sektsiya vallarining biriktirish joylari ko’rib chiqiladi. O’qituvchi virtual 
stenddan foydalangan holda talabalarni yigirish bloki detallarining (ta`minlovchi 
stolcha, zichlagich, ta`minlovchi silindr, yigirish kamerasi, separator, chiqaruvchi 


voronka, chiqaruvchi trubka, ip uzilganda ta`minlashni avtomatik to’xtatish 
qurilmasi) joylashganligi va o’zaro harakatlanishi bilan tanishtiradi.
Animatsion modelni kuzatish orqali yigirish qurilmasiga, ya`ni diskretlovchi 
barabanga piltani uzatish, diskret tolalar oqimini transportirovka qilish, yigirish 
kamerasining yig’uvchi sirtida ulardan piltacha shakllantirish vazifalari o’rganiladi. 
Diskretlash jarayoni bilan bir vaqtning o’zida iflosliklarning ajralichiga alohida 
e`tibor qaratiladi. Pishitish jarayoni – ip shakllanishi va uni yigirish blokidan 
chiqarish holati o’rganiladi. Talabalar ip uzilishini nazorat qiluvchi datchikning ishi 
bilan, parafinlovchi qurilmaning funktsiyasi bilan va krestsimon o’rashning hosil 
qilinishi bilan tanishadi.
1-ta`minlash piltasi; 
2-zichlagich; 
3-ta`minlovchi stolcha; 
4- ta`minlovchi silindr; 
5-diskretlash barabanchasi; 
6-konfuzor(transportirovka kanali); 
7- yigirish kamerasi; 
8- ip sifatini nazorat qiluvchi datchik; 
9-tortuvchi vallar; 
10-ip uzilishini nazorat qiluvchi datchik; 
11- iptahlagich; 
12- o’rovchi val; 
13-bobina 
2.75-rasm. “BD-330” 
pnevmomexaniq yigirish 
mashinasining texnologik sxemasi 
Talabalar mashinaning ishlashini kuzatib, uni to’xtatishadi va 
servodvigatellar, almashinuvchi elementlar, tasma taranglovchi bloklarning 
joylashganligini ko’zdan kechirishadi. Mashinani yurgaziсh va to’xtatish tartibi 
bilan tanishib, kompyuter boshqaruvining afzalliklarini va mashinaning ish 
parametrlarini o’zgartirish imkoniyatlarini o’rganishadi. To’xtatilgan mashinada 
alohida uzellar uzatmalari (yigirish kamerasi, ta`minlovchi silindrlar, diskretlash 
barabanchasi, parafinlovchi qurilma) o’rganiladi.


Mashina ishchi organlariga harakat uzatilishini o’rganishda, o’rash zichligini 
rostlash, tishli tasmalar tarangligini o’zgartirish, Shuningdek, gorizontal, tangentsial 
va transportirovkalovchi tasmalarning konstruktsiyasi bilan tanishiladi. 
Talabalar ta`minlash qurilmasini o’rganishda BD-330 mashinasining ikkita 
yigirish blokini ishlatishadi, ulardan birinchisi alohida detallarga, ikkinchisi esa uch 
qismga (diskretlovchi qurilma, yigirish kamerasi, diskretlovchi qurilmaning 
ta`minlashni avtomatik to’xtatish elementlari montaj qilingan korpus) ajratilgan 
bo’ladi. Ta`minlash qurilmasini to’liq o’rganish uchun diskretlovchi 
barabanchaning podshipniklarini o’rnatish, ta`minlovchi silindrni joylashtirish, 
ta`minlovchi stolcha tebranishini rostlash, ta`minlovchi stolchani yuklash usuli va 
havo kanallarining ishlatilishi ham stenddan foydalangan holda tahlil etiladi.


2.
7
6
-ra
sm
. “
BD
-3
30
” пн
евм
оме
ха
ни
к й
иг
ир
иш м
аш
ин
аси
ни
нг кинемат
ик с
хемас
и.
R

yigi
rish
ka
mer
asi

VV

diskre
tl
ash
ba
ra
ba
n
ch
as
i; 
SR

pa
stki
tahla
gich

VO

tortuvc
hi
va
ll
ar

TR
-u
chinchi
qo
’l

HR

ustki
tahla
gich

VN

o
’rovc
hi
va
l; 
RG
1

uc
hin
chi
qo
’lni
nig
rostlanuvc
hi
klapa
n

MS
1

ta
’mi
nlash
dvigate
li

PZ
1
-pa
ra
finl
ovc
hi
qurilm
a; 
S
HR

ustki
tahla
gich
quti
si

R
TR

bobinala

uc
hun
tr
anspor
tyer
tasma
si



1- ta`minlovchi silindr; 
2- zichlagich; 
3- ta`minlovchi stolcha; 
4-prujina; 
5- havfsizlik richagi; 
6-diskretlash barabanchasi; 
7- diskretlash barabanchasining 
garniturasi 
2.77-rasm. ”BD-330” pnevmomexaniq yigirish mashinasining ta`minlash 
qurilmasi
Diskretlash barabanchasini o’rganishda uning o’lchamlariga, garnituraning 
o’rash kanavkasi qadamiga va sirtidagi tishlar soniga e`tibor beriladi. Paxta, shtapel 
va sintetik tolalar uchun ishlatiladigan garnituralarning afzallik va kamchiliklari 
aniqlanadi. 
1- barabancha; 
2- podshipnik; 
3- blokcha; 
4-arra tishli garnitura 
2.78-rasm. Diskretlash barabanchasi 
O’qituvchi talabalarga diskret tolalar oqimining bosqichma-bosqich 
transportirovka qilinishini tuchuntiradi:
1. Diskret tolalarning konfuzor orqali o’tishi. 
2. Diskret tolalarning konfuzordan yigirish kamerasi yig’uvchi sirtigacha 
harakatlanishi. 
3. Diskret tolalarning yigirish kamerasi yig’uvchi sirtidan jelobgacha siljishi. 
Yigirish kamerasining yig’uvchi sirtida diskret tolalar oqimining tsiklik 
qo’shilishi natijasida tolali halqachaning hosil bo’lishi tahlil etiladi.
Yigirish kamerasining tuzilishini o’rganishda chiqaruvchi trubkali 
separatorning kameraga nisbatan joylashganligi aniqlanadi, kamera parametrlariga, 


diskret tolalar oqimining harakatlanichiga, tortib chiqarilayotgan ip balloniga 
alohida e`tibor qaratiladi.
2.79-rasm. Ipning pishitilish sxemasi 
2.80-rasm. Yigirish kamerasi qurilmasi 
1 – diskret tolalar oqimi
2 – konfuzor; 3 – tolali tutamcha; 
1- ip; 5-ballon; 6 –tortuvchi vallar; 
7 – o’rovchi val; 8 - bobina 
1-pilta; 2-ta`minlash silindri; 3-diskretlash 
barabanchasi; 4-diskret tolalar oqimi; 
5-yigirish kamerasi; 6-ustki valik; 
7-tortuvchi val; 8-so’ruvchi patrubka; 
9-bobina 
Talabalar yigirish qurilmasi detallarini o’rganib, konstruktiv jihatlari va 
ularga qo’yilgan talablarni aniqlashadi. 

Yüklə 423,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin