Rasm. 3.4.1. Tug′ma katarakta ekstraksiyasi amaliyotining bajarilish tahlili
Aniqlanishicha, 74% (62 ko'z) hollarda bolalar kasalxonaga kech, ya'ni 1 yoshdan katta bo'lgan davrda murojat qilgan. Tug‘ma katarakta tashxisi qo‘yilgandan so‘ng bolalarning kasalxonaga bunday kech yotqizilishi sabablari: kechiktirilgan tashxis 38% hollarda, tug’ma katarakta bilan birgalikta uchragan organlarga bog’liq ozgarishlar, 12% hollarda oilaviy sharoit, tug’ma katarakta bilan birgalikta uchragan ko’rish organidagi ozgarishlar 10%ni tashkil qildi. (3.4.2-rasm).
Rasm. 3.4.2.Tug'ma katarakt tashxisi qo'yilgandan keyin bolalarni kasalxonaga kech yotqizish sabablari
3.5. Tug'ma kataraktali bolalarni davolash natijalari
Tug'ma katarakta, ayniqsa yadro, polimorf, orqa subkapsulyar shakllari bo'lgan bolalarni o'z vaqtida tashxislash va davolash ko'p hollarda, afsuski, to'liq qoniqarli bo'lmagan natijaga olib keldi: 48% bolalarda og'ir darajadagi obskurativ ambliyopiya va o'rtacha darajada - 28% hollarda aniqlandi. Ko’zdagi organik o'zgarishlari (korish nervi diski (ДЗН) va makula gipoplaziyasi) bo'lgan bemorlarda ko'rish funktsiyalari 0,02 dan past edi (3.4.2-jadval).
3.4.2-jadval.
Tug'ma kataraktni olib tashlashdan keyin obskurativ ambliyopiyaning og'irligi (n - ko'zlar soni)
Ambliyopiya darajasi
|
Abs.s.
|
%
|
0,8-0,4
|
10
|
12
|
0,3-0,1
|
24
|
28
|
0,09-0,02
|
40
|
48
|
0,01 - past
|
10
|
12
|
1 yoshdan oshgan bolalarda 60 ko'z (71% hollarda) og'ir darajadagi obstruktiv ambliyopiya, 28 ko'zda (33%) o'rtacha darajadagi kech tashxis qo'yish va TKni kech jarrohlik davolashi tufayli yuzaga kelgan.
Dostları ilə paylaş: |