Birinchi tug'ma katarakt belgilarining aniqlanish vaqti
(n - bemorlar soni)
n - bemorlar soni
3.2. Tug'ma kataraktani tashxislash va davolash vaqti.
Biz kasallikning boshlanishidan yoki TK tashxisi aniqlangan paytdan boshlab bemorlarni kasalxonaga yotqizish vaqti kabi jihatni o'rgandik. Bemorlarni dastlabki murojat vaqtiga qarab taqsimlanishi quyidagicha edi: 1 oydan 6 oygacha - 27 (67%), 6 oydan 1 yoshgacha - 5 (12%), 1 yoshdan ortiq - 10 (24%). TKni esktraksiya vaqti 1 oydan 6 oygacha - 2 (5%), 6 oydan 1 yoshgacha - 14 (33%), 1 yoshdan ortiq - 26 (62%).
42 boladan 96% hollarda TK belgilari birinchi bo'lib ota-onalar tomonidan, 4% da - tibbiy ko'rik paytida yashash joyidagi poliklinikaning oftalmologlari tomonidan aniqlangan. Ko’zning xiralashishi ko'proq 0 dan 6 oygacha (64%) aniqlangan, bu yoshda operatsiya 5% hollarda amalga oshirilgan. 6 oydan 1 yoshgacha TK 12% hollarda tashxis qo'yilgan, ko'rsatilgan yoshda katarakta 33% hollarda olib tashlangan. 1 yoshdan oshgan bolalar orasida gavharning xiralashishi tashxisi 24% da aniqlangan, bu yosh guruhida jarrohlik davolash 62% hollarda amalga oshirilgan (3.2.1-jadval).
3.2.1-jadval.
Dostları ilə paylaş: |