To’yinmagan uglevodorodlar va ularning xosilalari bilan tanishish
Mavzu: Etilennning olinishi va uning xossalari bilan tanishish Kerakli jihoz va reaktivlar: Bromli suv, KMnO4 kaliy permanganat 0,1M eritmasi, sulfat kislota, etil spirti, qizdirgich, vyurs kolbasi, ikki og’izli sklyanka, shpatel, gugurt, gaz o’tkazgichli nay, stakanlar, farfor bo’lakchalari.
Ishning borishi:
Birinchi stakanga etil spirtning eritmasidan 40 ml quying va asta sekinlik bilan aralashtirib turgan holda sulfat kislotaning konsentrlangan eritmasidan 20 ml quying.
Ikkinchi va uchunchi stakanga kaliy permanganatning 0,1 M eritmasidan va bromli suvdan 50 ml o’lchab quying.
Vyurs kolbasini qizdirgich yordamida 78 0C bo’lguncha qizdiring. Bunda idish ichidagi aralashma asta sekin qaynab, gaz ajralib chiqish sodir bo’ladi.
Ajralib chiqayotgan gazni ikkinchi va uchunchi stakandagi eritmalariga yuboring. Nima sodir bo’ladi? Nega stakandagi eritmalar rangsizlandi?
Sodir bo’lgan o’zgarishlarni izohlang va reaksiya tenglamalarni laboratoriya jurnaliga tushuring.
Mavzu: Atsitilenning olinishi va uning xossalari bilan tanishish Kerakli jihoz va reaktivlar: Kalsiy karbir CaC2 , bromli suv, KMnO4 kaliy permanganat 0,1M eritmasi, osh tuzining 1M li eritmasi, lakmus qog’oz, vyurs kolbasi, gaz o’tkazgich nay, stakanlar, tomizgich voronka, gaz gorelkasi yoki urotrapin (quruq spirt), gugurt, shpatel.