2 bob Kimyo o’quv fanidan amaliy mashg’ulotlar va laboratoriya ishlarini o’tkazishning nazariy asoslari
2.1 Virtual laboratoriyalardan foydalanishning qulayliklari va afzalliklari
Tadqiqotning obyekti bu kimyo fanining labaratoriya mashg’ulotlari bo’lsa, uni bajarish imkoniyatini beruvchi turli kimyoviy dasturlar (Crocodile chemistry 605, Химия ( 8-11 класс ) Виртуальная лаборатория, Davriy_jadval, Chemsk12, Химический калькулятор, ChemDrawUltra11.0, CHEMIX12, GaussView, Chembalance Wiziard32 , Xumua42) tadqiqotning predmeti hisoblanadi.
Yuqorida sanab o’tilgan 10 dan ortiq kimyoviy dasturlar bilan ishlash bo’yicha birinchi marotaba o’qituvchi va o’quvchilar uchun o’zbek tilida o’quv uslubiy qo’llanma yaratilishidir.
Natijalarining amaliy ahamiyati ayrim bajarishi qiyin bo’lgan tajribalarni bajarishdan oldin uni virtual holatda bajarish, tajriba vaqtida yo’l qo’yishi mumkin bo’lgan texnik xatoliklarni kamaytirish imkoniyatlarini beradi. Natijasi esa jihoz va reaktivlarni tejab tergab unumli foydalanishga olib keladi. Bu esa o’z navbatida iqtisodiy jihatdan afzalliklarga ega bo’ladi.
Kimyoviy dasturlardan dars jarayonida keng foydalanish, ta’lim sifatini oshirish, o’quvchilarni nafaqat kimyo fanlariga balki, zamon talablaridan kelib chiqqan holda kompyuter texnologiyalardan foydalanish ko’nikmalarini hosil qilishdan iborat. Tadqiqotlarni yanada rivojlantirib kimyoviy dasturlarni ham o’zbek tilida yaratish keyingi rejalarimizdan biridir.
Dostları ilə paylaş: |