Virtual laboratoriyalarning quydagi afzalliklari va qulayliklari.
Har bir tajribaga individual yondashish.
Tajribalarni tez va sifatli o’zlashtirish.
Bajarilishi qiyin bo’lgan tajribalarni amalga oshirish.
Reaktiv va jihozlardan tejab tergab foydalanish.
O’quvchilarning tassavurini kengaytirish.
Ta’lim sifatini dars unumini oshirish.
Amaliy va nazariy bilimlarni teng umumlastirgan holda o’qitish
Kompyuter savodxonligini xosil qilish
Qo‘yilgan maqsadga qarab, darsda o‘tiladigan konkret material har xil bo‘lishi mumkin. Masalan, «Moddalar og‘irligining saqlanish qonuni» mavzusining o‘zida M.V.Lomonosovni nihoyatda har tomonlama tasvirlab berish mumkin, buning uchun esa har xil material kerak bo‘ladi; Lomonosovning moddalar og‘irligining saqlanishi qonuni ijodchisi sifatidigina tasvirlash mumkin, ancha keng ma’noda-butun ilmiy kimyoning asoschisi sifatida tasvirlasa ham bo‘ladi; buning uchun har xil material talab etiladi, albatta. Darsning maqsadi darsda o‘tiladigan hamma boshqa faktik materialni: tajribalar, tarixiy ma’lumotlar, amaliy hayotdan olingan misollar, diniy e’tiqod va hurofotlarga qarshi kurash uchun-o‘quvchilarni ilmiy dialektik-materialistik dunyoqarash ruhida tarbiyalash uchun zarur materialni ham belgilab beradi. Shunday qilib, darsning butun xarakteri darsning asosiy g‘oyasiga, maqsadiga bog‘liq bo‘ladi.
Tipik eng ko‘p qo‘llaniladigan dars uchta asosiy qismga: kirish qism, asosiy qism va xotima qismga bo‘linadi .
Darsning kirish qismini, ko‘pincha, o‘qituvchining o‘quvchilar bilan uchrashuvi va (sinf jurnaliga qarab) darsga qaysi o‘quvchilar kelmaganligini tekshirib ko‘rish bilan chegaralaydilar va darsning bu qismini «tashkiliy moment» degan nom darsning tashkiliy tomomnini juda cheklab qo‘yadi, faqat
«moment»gina emas, balki butun dars, asli mohiyati bilan olganda, o‘quv ishini tashkil etish formalaridan biridir dasrning hamma bosqichlarini ma’lum bir tashkiliy ishsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ikkinchidan, darsning kirish qismiga o‘quvchilar bilan tanishish va kim bor-yo‘qligini tekshirib ko‘rishgina kirib qolmay, balki ba’zi boshqa juda muhim tayyorgarlik tadbirlari, masalan, kimyo kabinetining (yoki sinf xonasining) olib boriladigan o‘quv ishiga qanchalik tayyor ekanligini, zarur asbob-uskunalar bor-yo‘qligini tekshirib ko‘rish, o‘quvchilarning ish joyida umumiy tartib o‘rnatish, o‘quvchilar e’tiborini ishning uziga jalb etish va boshqalar ham kiradi. Darsning ana shu kirish qismida, o‘quv ishini normal
suratda boshlab yuborish uchun zarur bo‘lgan barcha sharoit yaratiladi, shuning uchun darsning kirish qismini «tashkiliy moment» deb emas, balki «sinfni o‘quv ishiga tayyorlash» deb atash to‘g‘riroq bo‘ladi.
Darsning asosiy qismiga o‘quvchilardan so‘rash, yangi materialni bayon etish, umumlashtirish va puhtalash kiradi.
O‘quvchilardan so‘rash. So‘rashga uyga berilgan topshiriqlarni, shundan oldingi dars materialini va ilgari o‘tilgan darslarning materiallarini tekshirib ko‘rish kiradi. Ko‘pgina hollarda, uyga berilgan topshiriqlarni (mashqlar, masalalarni jadvallar va sxemalar tuzishni, kuzatishlar, mustaqil tajribalar va shu kabirlarni) frontal suratda, butun sinfni bir vaqtda tekshirib chiqish kerak bo‘ladi. Bunday hollarda, o‘qituvchi o‘quvchilarga tegishli yozuvlar yozilgan daftarlarni ochishni taklif etadi va o‘quvchilarni birin-ketin bittadan doskaga chiqaradi, boshqa o‘quvchilarni ham (qo‘shimcha savollar berish, qo‘l ko‘tartirish, daftarlarni tez ko‘rib chiqish va boshqa usullar bilan) hamma vaqt e’tibordan chetda qoldirmaydi. Ba’zan, aniq sa murakkab uy topshiriqlarini o‘qituvchi vaqtni tejash va yaxshilab ko‘rib chiqish maqsadida o‘quvchilardan yig‘ib oladi va ularni darsdan keyin tekshiradi, keyingi darsda esa o‘z mulohazalari va qo‘ygan baholarini o‘quvchilarga aytib beradi. Boshqa barcha hollarda, uyga berilgan topshiriqlarning qanday bajarilganligini tekshirish o‘quvchilardan kundalik so‘rash vaqtida qilinadi.
O‘qituvchilar o‘quvchilardan so‘rash vaqtida o‘tgan dars materiallari bilangina kifoyalanib qolmaydilar o‘qituvchilar shunga erishuvi kerakki, o‘quvchilar ilgari o‘tilgan hamma materialni e’tiborga olib tursinlar; bu hol o‘quvchilarning o‘tilgan barcha materialni sekin-asta, o‘zlari sezmagan holda tobora tushunib olishlariga, chuqurlashtirishlari va puxtalashlariga sabab bo‘ladi, o‘quvchilar bilimining sifatini ancha oshiradi.
Yangi materialni bayon etish. Darsning bu qismi juda xilma-xil bo‘ladi, uning xarakteri konkret materialga va bu materialga to‘g‘ri keladigan o‘qitish metodlari va vositalariga bog‘liq bo‘ladi. Bayon etish jarayonida darsning asosiy ta’lim-tarbiyaviy vazifasi hal qilinadi. To‘g‘ri, darsning bu qismi hamma vaqt ham
o‘qituvchining tayyor bilimlarni bayon etishidagina iborat bo‘lib qolmaydi. Ko‘pincha, darsning bu qismida o‘qituvchining bevosita rahbarligi ostida o‘quvchilarning o‘zlariga ish (tajriba, kuzatish, darslik bilan ishlash va shu kabi ishlar) qildiriladi.
Materialni umulashtirish va puxtalash. Ba’zan darsning maqsadiga qarab, materialni umulashtirish va puxtalash ishi o‘quv materialini bayon etish jarayonining o‘zida olib boriladi. Bu narsa 7-8 sinflarda, shuningdek o‘quvchilarda amaliy o‘quv hamda malakalar hosil qilishga qaratilgan materialni o‘rganish vaqtida, masalan, kimyoviy belgilar, formula va tenglamalarni, valentlikni, asosiy kimyoviy qonunlar va boshqalarni o‘rganish jarayonida, shuningdek, o‘quvchilarning laboratoriya ishlarini bajarish jarayonida ayniqcha ko‘p o‘tkaziladi. Ammo, ko‘pincha, materialni puxtalash darsning alohida qismini tashkil etadi, bu esa o‘qituvchining o‘quvchilar diqqatini bo‘lib yubormay, yangi materialgagina jalb qilishi, eng muhim narsani ajratib ko‘rsatishga va bu muhim narsani, qolgan vaqtga qarab, maxsus tarzda puxtalashiga imkon beradi; bu hol yangi material bayon etishning vaqtning uy topshiriqlari tarzida muvaffaqiyat bilan bajarilishi mumkin bo‘lgan mashqlarga sarf qilib qo‘yish orqasida yetishmay qolganligidan to‘xtatib qo‘ymay, balki oxiriga yetkazish uchun ham imkon beradi. Uyga topshiriq berish. Darsning xotima qismi uyga topshiriq berishdan iborat bo‘ladi. Ba’zi o‘qituvchilar darsning bu qismiga yetarlicha e’tibor bermaydilar: Uyga beriladigan topshiriqlarning mazmunini yaxshi o‘ylab olmaydilar, shuningdek o‘quvchilarga bu topshiriqlarni palapartish beradilar, ularning mazmunini va bajarilishi metodlarini tushuntirib bermaydilar. Kimyo o‘qitish amaliyotida mana bunday, mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan kamchilik bor: ba’zi o‘qituvchilar yangi materialni darsda yumaloq-yassi qilib o‘tadilar va shu materialning o‘zini o‘quvchilarga uy topshirig‘i qilib beradilar. To‘g‘ri tashkil etilgan uy topshiriqlari-o‘quvchilarda mustaqil ishlash malakalari hosil qilishning eng muhim vositalaridan biridir.
Shunday qilib, eng ko‘p qo‘llaniladigan, kimyodan olib boriladigan o‘quv ishini tashkil etishning asosiy formasi bo‘lgan tipik dars quyidagi sxemada tuziladi:
Sinfni o‘quv ishiga tayyorlash.
So‘rash.
Yangi materialni bayon etish.
Materialni umumlashtirish va puxtalash.
Uyga topshiriq berish.
Darsning yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan sxemasi birdan-bir sxema emas. Faktik materialning g‘oyasiga, xarakteriga, o‘quvchilarning tayyorgarlik darajasiga, kimyoviy asbob-uskunalar bor-yo‘qligiga o‘qituvchining individdual xususiyatlariga va bir qator boshqa faktorlarga qarab, darslarning tuzilishi o‘zgartirib turiladi.
Har xil dars-o‘quvchilarda bilishga bo‘lgan havas hosil qilishning va bu havasni rivojlantirishning eng muhim shartlaridan birdir.
Dars hamma vaqt ham o‘quvchilardan o‘tilgan materialni so‘rash bilan boshlanavermaydi. Ko‘pgina hollarda (kimyoviy reaksiyalarni, eng muhim kislotalar, asoslar va tuzlarni, davriy sistema mavzusni va boshqa masalalarni o‘rganishda) dars mavzusi ilgarigi dasrlarda o‘tilgan materiallar bilan shu qadar chambarchas bog‘liq bo‘ladiki, o‘quvchilardan o‘tilgan materialni so‘rash uchun ayrim vaqt ajratmay, balki uni yangi material bayon etish bilan bog‘lab o‘tish ma’qulroq bo‘ladi. Bunday qilinganda o‘quv ishining sifati oshadi, xolos. Ba’zan ayniqsa chorak boshida o‘tkaziladigan dastlabki, o‘quvchilardan o‘tilgan materialni so‘rashga uncha zarurat bo‘lmaydi. Ikkinchi tomondan, ba’zan, ayniqsa chorak oxirida, butun darsni o‘quvchilarning bilimini hisobga olishga-og‘zaki so‘rashga yoki yozma kontrol mashqlarga bag‘ishlash juda zarur bo‘lib qoladi. Dars boshida yozma kontrol mashqlar bajarilgandan keyin o‘qituvchilar ko‘pincha, o‘quvchilarning yozma ishlaridagi xatolarni analiz qiladi. Demak, o‘quvchilardan so‘rash hamma vaqt ham darsning mustaqil qismi bo‘lavermaydi.
Darsning asosiy qismi-bayon to‘g‘risidagi ham xuddi yuqoridagidek fikrni aytish mumkin. Ko‘pgina hollarda darsning asosiy qismini o‘qituvchini tayyor bilimlarni bayon etishi emas, balki o‘quvchilarning mustaqil ishlari: laboratoriya ishlari, amaliy mashg‘ulotlari, kitob bilan ishlashi va boshqalari tashkil etadi.
Bayon etilgan o‘quv materialini umumlashtirish va puxtalash ham darsning alohida qismi bo‘lishi shart emas. Masalan, kimyoviy simvolikani (kimyoviy belgilar, formulalar va tenglamalarni), valentlikni, oksidlar, asoslar, kislotalar va tuzlarni anorganik birikmalarning asosiy sinflari orasidagi bog‘lanishi, moddalarning kimyoviy tuzilish nazariyasini va shu kabilarni o‘rganish vaqtida o‘quv materialini dars oxirida emas, balki birin-ketin, yangi materialni tushuntirish jarayonida umulashtirish va puxtalash ma’qulroqdir.
Darsning xotima qismi ham doimiy bo‘lib qola olmaydi. Darsning oxirgi qismini maxsus mashqlar o‘tkazish va kimyoviy masalalar yechish uchun qoldirish maqsadida, ko‘pincha, uy topshiriqlari o‘tilgan materialni umumlashtirish va puxtalashdan keyin emas, balki yangi material bayon etilgandan keyinroq berilishi lozim.Shunday qilib, darsning hamma hollari uchun yarayveradigan yagona strukturasi yo‘q va bo‘lishi mumkin emas. Ta’lim-tarbiya jarayoni juda xilma- xildir; ko‘zlangan maqsadga va materialning mazmuniga qarab, ta’lim-tarbiya jarayoni bir qolipga solingan tashkiliy formalarni emas, balki jonli, hilma-hil tashkiliy formalarni talab etadi: darslar hilma-hil bo‘lishi kerak.
Yuqorida keltirilgan dars bir qator vazifalarni hal qilishga qaratilgan o‘qituvchi bu dasrda yangi materialni tushuntirib beradi, o‘tilgan materialni chuqurlashtiradi, yangi bilimlarni tekshirib ko‘radi va puxtalaydi, o‘quvchilarning umumiy o‘zlashtirishini tekshirib boradi va hokazo. Kombinatsiyalangan yoki, boshqacha qilib aytganda, aralash dars deb ataladigan bu dars eng ko‘p qo‘llaniladi.
Kimyo o‘qituvchilari aralash dars bilan bir qatorda, o‘quv ishining maqsadi va asli mazmuniga qarab, ko‘pincha, quyidagi maxsus darslarni ham o‘tkazadilar:
Yangi materialni o‘rganish darslari (kirish darsi, o‘rganiladigan fanning mavzu bahsi bilan tanishtirish darsi, laboratoriya darsi, ekskursiya darsi, kino darsi va boshqalar).
Amaliy o‘quvlar hosil qilish darslari (amaliy mashg‘ulot darsi, eksperimental masalalar yechish darsi).
Bilimlarning sekin-asta chuqurlashtirish darslari (umulashtirish darsi, obzor tarzida takrorlash darsi).
Olingan bilim va malakalarni tadbiq etish darslari (mashqlar darsi, kimyoviy masalalar yechish darsi, asboblar loyixalash darsi).
Kontrol darslar (so‘rash darsi, kontrol ish o‘tkazish darsi).
A.M.Butlerov yaratgan kimyoviy tuzilishi nazariyasi hozirga zamon kimyosining eng katta yutuqlaridan biridir. Ilgari foydalanilgan darsliklarda (V.V.Levchenko va boshqalar) bu nazariyaga taaluqli material turdi joyda berilgan bo‘lib, birato‘la o‘rganib chiqilmaydi, balki o‘quvchilarni konkret organik moddalar bilan tanishtirish jarayonida birin-ketin o‘rganiladi.
Kimyoviy tuzilish nazariyasi xaqidagi dastlabki tasavvur esa darsliklarda (V.V.Levchenko va boshqalar) organik moddalarni o‘rganishga oid muqaddimadan keyinroq bayon qilingan, bunda ko‘zda tutilgan maqsad moddalarni ta’riflashda kimyoviy tuzilish nazariyasining asosiy qoidalaridan foydalanishdir.
Organik moddalarga qanday qaralganligi to‘g‘risida qisqacha tarixiy ma’lumot berilgandan keyin o‘quvchilar dastlabki organik modda (mochevina) anorganik moddadan ammoniy sianatdan bu moddaning atomlarini qayta gruppalash yo‘li bilan olinganligini, ammoniy sianatning molekulalari ham, undan oligan mochevinaning molekulalari ham ayni bir hil atomlardan tuzilganligini-(gap faqat atomlarning turlicha joylanishda ekanligida) bilib oladilar.
O‘quvchilar sianat va qaldiroq kislota misolida moddalrning xossalari faqat atomlarning xossalariga emas, balki bu atomlar molekulada qanday joylashganligiga, ular orasida qanday o‘zaro bog‘lanish borligiga bog‘liq ekanligini ham o‘rganadilar. Ular shu ma’lumotlardan foydalanib, «izomeriya» tushunchasini ta’riflashga o‘tadilar.
Bundan keyin o‘qituvchi molekulyar tarkibni aniqlashning o‘quvchilarga shu vaqtgacha ma’lum bo‘lgan usullari organik moddalarni o‘rganish uchun yetarli emasligini uqtiradi; hatto molekulyar formulalar asosida ham, organik moddalarning xossalari to‘g‘risida mulohaza yuritib bo‘lmaydi; ko‘pgina organik moddalar turlicha xossalarga ega bo‘lsa ham , ularning molekulyar formulalari bir hil bo‘ladi. Bu hodisa organik birikmalarning Butlerov kashf etgan va ishlab chiqqan kimyoviy tuzilish nazariyasi-moddalar molekulalaridagi atomlarning joylanishi, o‘zaro bog‘lanish va atomlar bog‘lanishining moddalar xossalariga ta’siri haqidagi nazariya organik kimyoda qanchalik katta ahamiyatga ega ekanligi to’g‘risida o‘quvchilarda tasavvur hosil qiladi.
O‘qitish amaliyotida kimyoviy tuzilishi nazariyasining mohiyatini tushuntirish uchun qo‘llaniladigan ya’na boshqa metodik yo‘l ham bor: bunda kimyoviy tuzilish nazariyasi, V.V.Levchenko darsligidagi kabi, izomeriya hodisasidan keyin emas, balki «valentlik» tushunchasidan keyin o‘rganiladi. Bu metodik yo‘lning mohiyati quyidagilardan iborat.
Kimyoviy tuzilish nazariyasi bilan o‘quvchilar «To‘yingan uglevodorodlar» mavzusida tanishadilar. Metan o‘rganiladi, «Metanning gamologik qatori» tushunchasi izoxlanadi. Gomologlarning nomi va molekulyar formulalari yoziladi. Gomologlarning formulalari odatdagi valentlik qoidasiga muvofiq kelmasligiga o‘quvchilar e’tibori jalb etiladi. Masalan, etan formulasi (C2H6) da velentlik qoidasiga ko‘ra, uglerod uch valentli bo‘lib qoladi. Lekin bu ziddiyat faqat sirtdan qaralganda shunday bo‘lib tuyuladi. Butlerov yaratgan kimyoviy tuzilish nazariyasi bu ziddiyatni tamomila izohlab beradi.
Butlerov nazariyasining asosiy qoidalari keltiriladi. Har bir qoida faqat ta’riflanib qolmasdan, balki konkret misollarda tushuntirib beriladi. Metanning gomologik qatoridagi moddalarning (metan, etan, propan va butan) formulalaridagi elementlarning valentliklari chiziqchalar yordami bilan ifodalanadi. «Molekulalarda atomlarning birikish tartibini tasvirlaydigan kimyoviy formulalar struktura formulalar deb atalishi» to‘g‘risida tushuncha beriladi. Molekulyar va struktura formulalar bir-biriga solishtiriladi. Molekulyar formulalar faqat sifat va miqdoriy tarkibni, struktura formulalar esa molekulada atomlarning ma’lum tartib bilan birikishini ifoda qilishi alohida uqtiriladi. Kimyoviy tuzilishi nazariyasiga asoslanibgina Butlerov to‘yingan uglevodorodlar molekulalarida atomlarning turli tartibda birikishi mavjudligi haqidagi xulosaga kelinganligi-izobutanni ochganligi, ilgaridan ma’lum bo‘lgan izomeriya holatlarini izoxlanganligi, organik moddaning olinishi mumkin bo’lgan izomerlari sonini oldinidan aytib bera olganligidan va oldin aytilgan fikrlarni tegishli tajribalar va ishlab chiqarish amaliyotsi bilan tasdiqlanganligiga o‘quvchilar e’tibori jalb etiladi.
Organik kimyoning to‘yingan uglevodorodlardan keyingi materialini o‘rganib chiqish jarayonida organik birikmalar asosiy sinflarning funksional gruppalari va eng muhim vakillari bilan tanishib chiqish davrida kimyoviy tuzilish nazariyasining asosiy qoidalari aniqlanadi va puxtalanadi. O‘quvchilar organik moddalarning xarakteristikasi bilan tanishganlarida moddalarning xossalari haqiqatan ham ularning molekulalari tuzilishiga bo’liq ekanligiga, Butlerov nazariyasi hozirgi zamon organik kimyosining ilmiy asosi ekanligiga ishonch hosil qiladilar. Tubandagilarga o‘xshash mahsus mashqlar kimyoviy tuzilish nazariyasini tushunib olish va puxtalashga yordam beradi:
C2H4; C3H8; C10H22; C6H6; C12H24 moddalar berilgan. Bu moddalardan qaysilari metanning gomologlari bo‘ladi.
C6H14 formulaga ega bo‘lgan moddalarning mumkin bo‘lgan barcha izomerlarining struktura formulalarini tuzing.
"Organik birikmalarning elektron tabiati" mavzusi o‘quvchilarga kimyoviy bog‘ misil qilishning yangi turlari bo‘lgan /sigma/ va /pi/ bog‘lar haqida, ularning misil bo‘lish mexanizmiga doir dastlabki tushunchalarni beradi.
"Organik birikmalarning kimyoviy tuzilish nazariyasi" asosida A.M.Butlerov nazariyasining asosiy qoidalari o‘rganiladi. Nazariyani asosini molekuladagi atomlararo bog‘lanish tabiatini belgilovchi "kimyoviy tuzilish" tushunchasi tashkil etadi. Kimyoviy tuzilish doimiy ravishda modda tuzilishi va xossalarini o‘rganish uchun tayanch nukta xisoblanadi. Kimyoviy tuzilishga oid bilimlar nazariyaning qolgan qoida va tushunchalariga mantiqiy yondashishga imkon beradi. Shunday qilib, kimyoviy tuzilish birikmalarning kimyoviy xossalarini belgilab beradi, nazariyaning mazmunidagi g‘oya ham shundan iboratdir. So’ng organik birikmalarning elektron tuzilishi va stereokimyosi yoritilib beriladi. Shu yerning o‘zida izomeriya to‘g‘risida tushuncha shakllantirila boshlanadi. Kimyoviy tuzilish nazariyasining asosiy qoidalari va undan kelib chiqadigan nazariy tushunchalarni o‘rganish organik kimyo kursining oxirigacha shakllantirib boriladi.
"To’yingan uglevodorodlar" mavzusi bir muncha oddiy tuzilishga ega bo’lgan organik birikmalar bilan tanishtiradi va ular misolida organik moddalarga oid, keyinchalik rivojlantirib boriluvchi, gibridlanish, elektron va fazoviy tuzilish, kimyoviy reaksiyalarning mexanizmlari, gomologik qator kabi muhim tushunchalar shakllantirib boriladi. O‘quvchilar organik kimyoda katta ahamiyatga ega bo‘lgan xalqaro nomenklatura bilan tanishadilar. Shu yerda sikloparafinlar o‘rganiladi.
"To‘yinmagan uglevodorodlar" mavzusida kovalent bog‘lanish haqidagi tushunchalar yanada aniqlashtiriladi va bog‘larning farqlari ko‘rsatib beriladi. Gibridlanish, gomologiya, izomeriya va nomenklatura kabi tushunchalar rivojlantiriladi va genetik bog‘lanish orqali mustamkamlanadi.
"Aromatik uglevodorodlar" mavzusida, maktab kimyo kursida xalqali tuzilishga ega bo’lgan moddalar uchun aloxida bo’lim ajratilmaganligi sababli, aromatik uglevodorodlarning tuzilishi, xossalari, o‘ziga xos xususiyatlari benzol misolida o‘rganiladi. Bu mavzuda tuzilish, xossa va izomeriya tushunchalari yana bir pog‘ona yuqoriga ko‘tariladi. Kovalent bog‘lanish tabiatining modda xossasiga tasiri ochib beriladi.
"Uglevodorodlarning tabiiy manbalari va ularni qayta ishlash" mavzusida anorganik kimyo kursi asoslarida berilgan kimyoviy ishlab chiqarish to‘g‘risidagi tushunchalar rivojlantiriladi. O‘rganish o’bekti tabiiy va neft yo‘ldosh gazlari, neft, toshko‘mir, shuningdek ulardan olinadigan maxsulotlar va ularning xalq xo‘jaligida ishlatilishi xisoblanadi. Qayta ishlash usullari va bundan olinadigan maxsulotlarning ahamiyati ko‘rsatib beriladi. Uglevodorodlarning tabiiy manbalarini o‘rganish organik kimyo kursining keyingi mavzularini o‘rganish uchun manba hisoblanadi. Shu sababli ularni ongli ravishda, mustaqil o‘rganishga o‘quvchilar e’tiborini qaratish lozim.
Tarkibida kislorod tutuvchi organik birikmalarni o‘rganish uchun to‘rt mavzu berilgan: "Spirtlar va fenollar", "Alpdegidlar va karbon kislotalar", "Murakkab efirlar. Yog‘lar", "Uglevodlar". Organik kim kursining "Aminlar. Aminokislotalar. Azotli geterotsiklik birikmalar", "Oksillar. Nuklein kislotalar", "Yuqori molekulyar sintetik birikmalar va ular asosida olinadigan polimer materiallar" mavzulari bo‘yicha davom ettiriladi. Shunday qilib, organik kimyo kursining cho‘qqisi murakkab tuzilishli bioorganik birikmalar xisoblanadi. Agar moddalar tuzilishini murakkablik darajasini, ularning xossalari ta’siri haqidagi nazariyaga taqqoslaydigan bo‘lsak, to‘yingan uglevodorodlar va sikloparafinlar orasida yangi struktura bugungi xalqa paydo bo‘ladi. Etilen qatori va dien uglevodorodlar tuzilishida yangi element qo‘sh bog‘, atsetilen qatori uglevodorodlarida esa uchlamchi bog‘, aromatik uglevodorodlarida umumlashgan aromatik bog‘ kuzatiladi. Kislorod tutuvchi birikmalarda funksional guruhni doimiy ravishda murakkablashib borish: gidroksil guruh aldegid guruh, karboksil guruh, murakkab efir guruh, aralash guruh kuzatiladi. Tarkibida azot tutuvchi birikmalarda modda tuzilishi yanada murakkablashib borishi: aminlar, aminokislotalar geterotsiklik birikmalar, nuklein kislotalar kuzatiladi. Geterotsiklik birikmalarda bir paytning o‘zida ham asos, ham aromatik xossaning namoyon bo‘lishi, aminlar va aromatik tuzilish, hamda xossa bilan tanish bo‘lishlikni talab etadi. Nuklein kislotalar mavzusi bevosita uglevodlar va geterotsiklik birikmalar bilan bog‘langan. Oksil molekulasining polifunksional guruhligi; gidroksil, karbonil, karboksil, murakkab efir va aminoguruh bilan tavsiflidir. Oqsil molekulasining fazoviy tuzilishi, funksional
guruhlarining kuchli reaksiyaga kirisha olish qobiliyati ichki molekulyar va molekulalararo bog‘lanishning turli formalari, bog‘lanish bo‘ylab elektron zichlikning siljishi bularning barchasi turli organik birikmalarning tuzilishi va xossalari to‘g‘risidagi tushunchalarni maolum darajada umumlashtiradi. Yuqori molekulyar birikmalar haqidagi dastlabki tushunchalar etilen qatori uglevodorodlarida beriladi, keyinchalik tabiiy polimerlar misolida yoritib beriladi, va nihoyat yuqori molekulyar sintetik birikmalar va ular asosida olinadigan polimer materiallar mavzusida bu tushunchalarni rivojlantirish va umumlashtirish, polimerlarning xossalarini ifodalovchi yangi tushunchalarni shakllantirish imkoniyati vujudga keladi. Organik yuqori molekulyar birikmalarni o‘quvchilar yaxshi tushunishlari uchun, ularga u yoki bu darajada yaxshi tanish bo‘lgan anorganik polimerlar olmos, grafit, kvars, silikat kislota haqidagi bilimlar esga olinsa yaxshi natijaga erishiladi. Bu bilimlar asosida polimerlarning fizik-kimyoviy, mexanik xossalari, fazoviy o‘lchamdagi tuzilishi o‘rganiladi, o‘quvchilarga monomer, struktura bog‘ini, polimerlanish darajasi, kristall, amorf tuzilish, modda xossasining molekulyar va kimyoviy tuzilishiga bog‘liqligi, polimerlanish mexanizmi, termoplastiklik va termoaktivlik, stereoregulyarlik kabi tushunchalar shakllantiriladi, e’tibor polimer materiallarning turlari, ularning klassifikatsiyasi va ahamiyatiga beriladi. Bilimlarni umumlashtirish va chuqurlashtirish bo‘yicha yakunlovchi, umumiy kimyo bo‘limida anorganik va organik kimyoning o‘rganilgan nazariyalari, qonuniyatlariga umumiy tavsif beriladi, moddaning xossalari uning tarkibini tashkil etuvchi atomlarning elektron tuzilishiga bog‘liq ekanligi tushuntirib beriladi, moddalar, kimyoviy jarayonlar va ishlab chiqarish to‘g‘risidagi ma’lumotlar umumlashtiriladi, tushunchalar sistemaga solinadi. Umumiy kimyoni o‘rganish tabiat haqidagi fanlar orasida kimyoning tutgan o‘rnini, xalq xo‘jaligidagi roli, uni rivojlantirishdagi, hamda insoning turli extiyojlarini taominlash bo‘yicha ahamiyatini ko‘rsatish va ochib berish bilan yakunlanadi. Kimyo fanining asosiy uslubiy hujjati dastur hisoblanib, unda maktabda ta’lim berish mazmuni va strukturasi belgilangan bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |