Og’irlik markazidan chiqib (yiqilib) ketmaslik uchun quyidagi mashqlar tavsiya qilinadi: 1. Bir oyoqda tikka turib ikkinchi oyoqni oldinga, yon tomonga, orqaga ko’tarish.
2. Oyoqlarni juft qilib tikka turgan holda gavda bilan oldinga, chap va o’ng tomonga, orqaga egilish va tosni qimirlatmasdan gavdani aylantirish.
3. Oyoqlarni juft qilib tikka turgan holda tos bilan aylantirish (har tomonga).
4. Shu harakatni bir oyoqda turib bajarish.
5. Bir oyoqda turib gavdani aylantirish.
6. Bir oyoqda turib sakrash.
7. Yuqoriga 90, 180, 360 darajaga gavdani aylantirib sakrab og’irlik markazidan chiqib ketmaslik.
Epchillikni oshiruvchi mashqlar ham har xildir: tizza va qo’llariga tayanib turgan sherik ustidan oldinga sakrab umbaloq oshishi, xuddi shu holatda holatda turgan sherik ustidan sakrash. Yon tomonga aylanish, bosh va qo’llarga tayanib yelkalarni gilamga tekkizmasdan oldinga va orqaga umbaloq oshish.
Kuchini oshirish uchun gantel, gir, shtangadan foydalanib va bularsiz ham har xil maxsus mashqlar bajarish mumkin.
Shtangani ko’krakka qo’yib yuqoriga sekin ko’tarish, siltab va dast ko’tarish.
Yelkaga shtangani qo’yib oldinga engashish va shu holatda o’tirib-turish. Og’ir girlarni ko’tarish, sekin yugurish. Sherikni yelkaga mindirib yurish yoki yugurish.
Maxsus sport anjomlari bilan mashqlar bajarish.
Maxsus sport anjomlari ikki qo’l bilan tortib oldindan yoki yon tomondan supurma usulini bajarish.
Maxsus sport anjomlari bilan yelkadan oshirib uloqtiruvchi usullarni bajarish.
Raqib gilamda har xil holatda yotganda (uni qarshiligisiz) uni gilamdan belgacha yoki ko’krakkacha ko’tarib olish.
Raqib har xil holatda ko’tarib yurish, yelkaga mindirib o’tirib-turish yoki gavdani oldinga engashtirish.
Tezkorlikni rivojlantiruvchi mashqlar. Kurashchi o’zining bu jismoniy sifatini oshirish uchun quyidagilarni hisobga olishi kerak:
1. Vazn belgilangan normadan oshib ketmasligi, tez harakat uchun kuchli, chaqqon bo’lishi, tezkorlikni rivojlantiruvchi mashqlarni oz-oz, lekin tez-tez bajarib turish lozim.
2. Uncha og’ir bo’lmagan rezina koptokni bir-biriga oshirish va havoda ilib olish.
3. Havoda uchib kelayotgan (erga tushayotgan) yoki dumalab kelayotgan koptokni oyoq bilan to’xtatish va har xil tomonga yo’naltirish.
4. Qisqa masofaga tez chopish.
5. Yugurib kelib va to’xtagan joydan balandlikka va uzunlikka sakrash.
6. Har xil holatdan start olish.
7. Oldinga enkayib bosh va qo’lllariga tayangan holda bo’yin mushaklarini rivojlantiruvchi mashqlar bajarish, xuddi shu mashqlarni orqaga qiyshayib bosh va qo’llariga tayanib bajarish.
8. Turnikka osilib tortilish.
9. Arqonga har xil usullaa yordamida tirmashib chiqib-tushish.
10. Turnik yoki daraxtga kurash yaktagini ilib qo’yib, yoqasiga osilib tortilish, bu qo’l va barmoq mushaklarini kuchli qiladi.
11. Uzoq masofaga (3-5 km) yugurish.
12. Arqon torishish.