10-sinf Davlat va huquq asoslari Variant 2 1. BMTni tashkil etish to’g’risidagi qaror qaysi shaharda qabul qilinadi. A) Nyu-York
B) San-Fransisko
C) Moskva
D) Tehron
2. O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga ko’ra sud tomonidan tayinlangan jarimani to’lash borasida mahkum tomonidan qancha vaqt davomida bo’yin tovlasa u ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan almashtirilishi mumkin? A) Uch oy. B) Besh oy. C) Olti oy . D) Bir yil .
3. Quyida berilgan qaysi yil BMT tomonidan Xalqaro bola yili deb nomlandi. A) 1959-yil B) 1979-yil C) 1989-yil D) 1995-yil
4. “Oltin va kumushi bo’lmagan odam kambag’al emas , balki … va … bo’lmagan kishi kambag’aldir ”.Ushbu jumlada tushirib qoldirilgan so’zlar to’g’ri berilgan javobni toping? A) odobi,kasb-hunari B) ilmi, odobi
C) es-xushi, ilmi D) es-xushi, kasb-hunari
5. O’zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi qonun hujjatlari quyidagi qaysi prinsiplarga asoslanadi? 1.qonuniylik 2.fuqarolarning qonun oldida tengligi 3. aniqliligi 4.insonparvarlik 5 . majburiyligi 6.ayb uchun javobgarlikning muqarrarligi 7. demokratizm 8. odillik
A) 1.2.3.4.5.6 B) 1.2.4.6.7.8
C) 1.2.4.5.6.7 D) 1.2.4.5.6.8
6.Quyida berilgan javoblar orasidan “Mehnat shuhrati” ordeni joriy qilingan vaqt to’g’ri ko’rsatilgan javobni aniqlang? A) 1993-yil 7-may B) 1994-yil 5-may C)1995-yil 30-avgust D) 1997-yil 29-avgust
7. Agar 16 yoshgacha bo’lgan voyaga yetmaganlarning ish vaqti faqat yuklarni qo’lda ko’tarish va tashishdan iborat bo’lsa unda ularga necha kg gacha bo’lgan o’g’irlikdagi yuklarni qo’lda ko’tarish va tashishga ruxsat beriladi? A) 1.5 kg B) 2 kg
C) 2.5 kg D) 3 kg
8. O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi va qonunchiligiga ko’ra ancha miqdoridagi zarar deganda qancha miqdordagi zarar tushuniladi? A) Eng kam oylik ish haqqining ellik barobaridan yuz barobariga qadar;
B) Eng kam oylik ish haqqining yuz barobaridan uch yuz barobariga qadar;
C) Eng kam oylik ish haqqining yuz ellik barobaridan to’rt yuz barobariga qadar;
D) Eng kam oylik ish haqqining uch yuz barobaridan besh yuz barobariga qadar.
9. O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeks va qonun hujjatlariga ko’ra maxsus avtomatlashtirilgan foto va videoni qayd etish vositalari orqali qayd etilgan jarima ustidan berilgan shikoyat yoki protest rad etilgan taqdirda jarima qancha muddatda to’lanishi shart? A) O’ttiz kun B) Uch oy C) Olti oy D) Bir yil