11-sinf Davlat va huquq asoslari Variant 1 1. O’zbekiston Respublikasi BMTga a’zo bo’lganidan so’ng qancha xalqaro hujjat va asosiy bitimning ittifoqchisi hisoblanadi. A) 100 ga yaqin xalqaro hujjat va 10 ta asosiy bitim
B) 90 dan ortiq xalqaro hujjat va 9 ta asosiy bitim
C) 80 dan ortiq xalqaro hujjat va 7 ta asosiy bitim
D) 70 dan ortiq xalqaro hujjat va 6 ta asosiy bitim
2. “Xijolat va tortinchoqlik qayg’u va yomonlik tufayli tinchlikning buzilishidir.Bundan inson o’zining o’tmishi, hozirgi payti va kelajagidagi mavqeyi qanday bo’lishidan qar’iy nazar ,o’zini koyiydi”. Ushbu jumla kimga tegishli? A) Abu Ali ibn Sino .
B) Forobiy .
C) Beruniy.
D) Amir Temur.
3. Huquqiy pretsedent quydagi qaysi mamlakatlarda huquq manbayi hisoblanadi? 1.Hindiston 2.Kanada 3.Buyuk Britaniya 4.Misr 5. AQSH 6.Avstriya
A). 1,2,3 B). 1,3,6 C). 2,3,5 D). 2,4,5
4. “Oltin va kumushi bo’lmagan odam kambag’al emas , balki … va … bo’lmagan kishi kambag’aldir ”.Ushbu jumlada tushirib qoldirilgan so’zlar to’g’ri berilgan javobni toping? A) es-xushi, kasb-hunari B) ilmi, odobi C) es-xushi, ilmi D) odobi,kasb-hunari
5. O’zbekiston Respublikasi jinoiy javobgarlik to’g’risidagi qonun hujjatlari quyidagi qaysi prinsiplarga asoslanadi? 1.qonuniylik 2.fuqarolarning qonun oldida tengligi 3. aniqliligi 4.insonparvarlik 5 . majburiyligi 6.ayb uchun javobgarlikning muqarrarligi 7. demokratizm 8. odillik 9.Javobgarlikning muqarrarligi
A) 1.2.3.4.5.6.9 B) 1.2.4.6.7.8.9
C) 1.2.4.5.6.7.9 D) 1.2.4.5.6.8.9
6.Quyida berilgan javoblar orasidan “Shuhrat” medali joriy qilingan vaqt to’g’ri ko’rsatilgan javobni aniqlang? A) 1993-yil 7-may B) 1994-yil 5-may C)1995-yil 30-avgust D) 1997-yil 29-avgust
7. Agar 16 yoshgacha bo’lgan voyaga yetmaganlarning ish vaqtining uchdan bir qismi yuklarni qo’lda ko’tarish va tashishdan iborat bo’lsa o’g’il va qiz bolalar uchun necha kg yukgacha ruxsat berilgan? A) o’g’il-7 kg, qiz-4 kg B) o’g’il-6.5kg, qiz-3.5 kg
C) o’g’il-6 kg, qiz-3 kg D) o’g’il-5.5 kg, qiz-2.5 kg