11.Gaplar tuzilishiga ko’ra necha xil bo’ladi?
A)sodda gap B) murakkab gap C) qo’shma gap D)soda va qo’shma gap
12. It hurar—karvon o’tar. Bu gapda fe’l kesim nima bilan ifodalangan.
A) sifatdosh B)ravishdosh C)son D)ega
13.Faqat mazmunan , ohang yordamida bog’langan qo’shma gaplar –
A.Bog’lovchisiz qo’shma gaplar
B. ergashgan qo’shma gaplar
C.Bog’langan qo’shma gaplar
D. Ko’chirma gapli qo’shma gaplar deyiladi
14.Berilganlardan qaysi gapni qo’shma gapga aylantirish mumkin emas?
A.Badanning quvvati – ovqat , aqlning kaliti- hikmat
B.Baraka top , jiyan.Sendan ko’nglim to’q
C.Hunar o’rgan , hunarda ko’p sir
D.Qatorda noring bo’lsa , yoking yerda qolmaydi , deydilar.
15.Quyidagilardan bog’lovchi vazifasidagi vosita bilan bog’langan qo’shma gapni toping.
A.Yaxshi fikr uslubni talab qiladi,uslub esa fikr libosidir.
B.Goh kechalari shamol bo’riday uvillab chiqar , goh sharros yomg’ir quyib qolardi.
C. G’uncha guldan ham go’zalroq , chunki uning bag’rida ikki hayot – o’z hayoti va yana gul hayoti bor.
D. Olim qidirgan narsasini topdi va olib joyida qo’ydi.
16.Takroriy teng bog’lovchilarni yozing.
17. Grammatik jihatdan hech bir bo’lakka bog’lanmaydigan vosita
nima?
18. Quyidagi birikuvlarni o`rnini almashtiring va gap hosil qiling.
Bajarilgan topshriq. Issiq kun. Onalar va bolalar. O`qib chiqdi. Haydalgan yer . Bolalar bog’chasi .
19. Agar daraxt shoxlari yoz faslida sarg’aysa, kuz erta keladi. Sodda gap qismlarini bog’lovchi vosita qaysi?
20. Nuqtalar o’rniga mos keluvchi bog’lovchini qo’ying. Og’ziga kelganni demoq nodon ishi… oldiga kelganni yemoq hayvon ishi.
21.“Choyxonada uzun bo’yli, uzun kulohli qalandar ko’zlarini yumib, qalin, yangroq ovozini baland qo’yib, Mashrabdan g’azallar o’qiydi”.
Dostları ilə paylaş: |