14.Berilganlardan qaysi gapni qo’shma gapga aylantirish mumkin emas?
A.Badanning quvvati – ovqat , aqlning kaliti- hikmat
B.Baraka top , jiyan.Sendan ko’nglim to’q
C.Hunar o’rgan , hunarda ko’p sir
D.Qatorda noring bo’lsa , yoking yerda qolmaydi , deydilar.
15.Quyidagilardan bog’lovchi vazifasidagi vosita bilan bog’langan qo’shma gapni toping.
A.Yaxshi fikr uslubni talab qiladi,uslub esa fikr libosidir.
B.Goh kechalari shamol bo’riday uvillab chiqar , goh sharros yomg’ir quyib qolardi.
C. G’uncha guldan ham go’zalroq , chunki uning bag’rida ikki hayot – o’z hayoti va yana gul hayoti bor.
D. Olim qidirgan narsasini topdi va olib joyida qo’ydi.
16.Takroriy teng bog’lovchilarni yozing.
17. Grammatik jihatdan hech bir bo’lakka bog’lanmaydigan vosita
nima?
18. Quyidagi birikuvlarni o`rnini almashtiring va gap hosil qiling.
Bajarilgan topshriq. Issiq kun. Onalar va bolalar. O`qib chiqdi. Haydalgan yer . Bolalar bog’chasi .
19. Agar daraxt shoxlari yoz faslida sarg’aysa, kuz erta keladi. Sodda gap qismlarini bog’lovchi vosita qaysi?
20. Nuqtalar o’rniga mos keluvchi bog’lovchini qo’ying. Og’ziga kelganni demoq nodon ishi… oldiga kelganni yemoq hayvon ishi.
21.“Choyxonada uzun bo’yli, uzun kulohli qalandar ko’zlarini yumib, qalin, yangroq ovozini baland qo’yib, Mashrabdan g’azallar o’qiydi”.
Parcha qaysi asardan olingan?
A) “Kecha va kunduz” B) “Qutlug’ qon”
C) “Mehrobdan chayon” D) “Qiyomat qarz”
ASOS:9-sinf II-qism, 42-bet
22.”Dahshat” hikoyasi qahramoni Unsinning otasini kasbi nima edi?
A) Cho’pon B) Savdogar C) Tegirmonchi D) Dehqon
ASOS:7-sinf 319-bet
23.”Boburnoma”ning Samarqand tasvirida keltirgan Chilsutun oliy imorati qaysi bog’ o’rtasida qurilgan edi?
A)“Bog’i Maydon” B) “Bog’i Dilkusho”
C) “Bog’i Jahon” D) “Bog’i Bo’ldudur”
ASOS:9-sinf I-qism 110-bet
24.”Asar voqea-hodisalarining o’zaro shaklan joylashuvi boshqa asarlardan keskin farq qiladi. Unda go’yo bir-biri bilan bog’lanmaydigan qator hikoyalar, rivoyatlar hatto qissalar aralash tartibda kelaveradi. Ularda tasvirlangan voqea-hodisalar ham zamon, ham vaqt nuqtayi nazaridan izchil tizimga bo’ysunmaydi”
Dostları ilə paylaş: |