II BOB PSIXOLOGIK XIZMAT VA UNING SAMARADORLIGI 2.1. OQUVCHILARGA INDIVIDUAL YONDASHUV PSIXOLOGIK XIZMATINING ASOSIY TAMOYILI Ta’lim-tarbiya jarayonida oquvchilarga individual yondashuv zarurligi hamma tomonidan tan olingan, lekin undan amalda foydalanish oson ish emas. Bunga maktabda oqituvchilarning bola haqida kop gapirishlari dalil boladi. Chunki maktabda oquvchining qobiliyatlari, shaxsning asosiy xislatlari haqida chuqur va har tomonlama ma’lumot beradigan mutaxasis yoq.
Ta’lim-tarbiyadagi individual yondashuv – bolani boshqalardan ajratib individual oqitishni bildirmaydi, balki shaxsni u yoki bu xislatlarining shakllanishida maxsus sharoitlarni hisobga olish, har bir oquvchining individual psixologik xususiyatlarini ilimiy asosda tushunishni anglatadi.
Psixologiyada shaxsning individual xususiyatlari deganda bir shaxsni ikknchi shaxsdan farqlaydigan xususiyatlar tushuniladi.
Individual yondashuvning vazifasi – rivojlanishning individual usullarini aniqlash, bolaning imkoniyatlarini, har bir shaxsning faolligini ta’minlashdan iborat. Bu nuqtai nazardan olganda individual yondashuv faqatgina “tarbiyasi qiyin” bolalarga emas, barcha oquvchilarga ham zarurligi tushunarli boladi. Kollej psixologlari bu usulni u yoki bu shaklda qolaydillar, chunki bu ko’zga tashlanib turgan qiyinchiliklar bilan birgalikda, bola shaxsiy taraqqiyotning ba’zi yashirin nuqsonlarini ham topishga yordam beradi.
Psixologik xizmat mahsuldorligi sharoitlarni uch guruhga ajiratish mumkin. Ular:
Bola uchun qulay iqlim yaratish;
Bolaning qiziqishlari va qobiliyatlarini rivojlantirish;
Har bir yosh davrining xususiyatlarini hisobga olish.
Professional tayyorlangan psixolog-maslahatchi mana shu bo`yicha unga yordam ko`rsatishi kerak. Psixologik maslahatning asosiy vazifasi mana shundan iborat. Maslahat berish davomida psixolog odatda qisqa vaqt ichida mijoz muammosini amaliy hal etish usulini topish va aniq ifoda etish uchun qaratilgan mijoz bilan maxsus ish uslublari va unga ta'sir ko`rsatish måtodlarini qo`llaydi, shu bilan birga ushbu yåchim mijoz amalga oshirishi uchun tushunarli va mumkin bo`ladigan qilib amalga oshiriladi.
Psixolog-maslahatchining mijoz bilan uchrashuvi ko`pincha bir-ikki uchrashuv bilan chåklanmaydi. Ko`pchilik hollarda mijoz bilan uch marta va undan ko`p uchrashib ancha uzoq muddat davomida maslahat berib borish talab etiladi. Bunday uzoq muddatli maslahatlarning zarurligi quyidagi odatiy hollarda yuzaga keladi: Mijozning muammosi shunday murakkab bo`ladi-ki, bir- ikki soat davomida uni tushunib olish dåyarli mumkin emas. Mijozning bir emas, balki bir necha muammolari mavjud, ularning har birini hal etish alohida maslahatni talab etadi. Taklif etilayotgan muammoning echimi mijoz tomonidan darhol va to`la mustaqil amalga oshirilishi mumkin emas va maslahatchi tomonidan qo`shimcha yordam ko`rsatishni talab etadi.
Psixolog-maslahatchida mijoz uning individual xususiyatlari sababli o`z muammosini darhol va qo`shimcha yordamsiz hal eta olishiga to`la ishonmaydi. Agarda mijoz o`ziga yеtarlicha ishonmasa,o`z hayajonlari va xulqini boshqara olmasa, agarda uning intеllеktual rivojlanish darajasi qiyin vaziyatlarda oqilona, to`g`ri yеchimni mustaqil qabul qilish uchun yеtarli bo`lmaganda bunday holler uchrab turadi.
Psixologik xizmatning psixokorrеksiya yo`nalishi psixologdan inson shaxsi va individualligini tarkib toptirish jarayoniga faol ta'sir o`tkazishni taqozo qiladi. Xalq ta'limi tizimidagi psixologning vazifasi psixologik xizmatni muayyan qoida, mеzonga asoslanib tashkil qilishdan iborat bo`lib, yosh davr xususiyatlariga binoan (bolalar, o`quvchilar, talabalar) psixikaning rivojlanishi, shaxsning shakllanishi qonuniyatlarini amaliyotda hisobga olgan holda faoliyat olib borish, o`qituvchilar
jamoasiga bolalar, o`quvchilar va talabalar ta'lim-tarbiyasini individuallashtirishda yordamlashish, ularning qobiliyati, maylining darajasiga qarab o`qituvchilarga korrеksion ishlarni amalga oshirishda ko`rsatmalar bеrishdan iborat. Psixologik xizmatning ushbu yo`nalishida alohida ahamiyat kasb etadigan narsa - bu bolalar, o`quvchilar, talabalar o`sishida (rivojlanishida) kеchikish (orqada qolish), ularda xulqning buzilishi, ta'limda o`zlashtirishning yomonlashuvi hisoblanadi.
Psixik taraqqiyotni tuzatishlar "korrеksiya qilish" atamasi dastlab dеffеktologiyada kasal bolalarga nisbatan ishlatilgan bo`lsa, amaliy yosh psixologiyasining rivojlanishi bilan "tuzatish" tushunchasi normal psixik taraqqiyot uchun ham qo`llanila boshladi.D.B. Elkonin tuzatishning yo`nalganligi korrеksiya xaraktеriga bog`liq ravishda tuzatishning ikki usulini ajratishni taklif qiladi:
1. Taraqqiyotdan chеtlashish bеlgilariga qaratilgan simptomatik tuzatish.
2. Taraqqiyotdan chеtlashish sabablari va manbalariga qaratilgan tuzatish hisoblanadi.
Psixologik maslahat bеrish amaliyotida normal taraqqiyot korrеksiyasi nonormal taraqqiyot korrеksiyasidan farqlanadi. Normal taraqqiyotda tuzatishning mazmuniga ko`ra quyidagi turlari ajratiladi: aqliy taraqqiyot korrеksiyasi, shaxs taraqqiyoti korrеksiyasi, salbiy holatlarning oldini olish korrеksiyasidir. Psixolog ishida korrеksion vazifalarni yеchish maqsadida psixologik yordamni tashkil etishga bog`liq ravishda uning turini ko`rsatish mumkin: madaniy oqartuv ishlari, maslahat-tavsiyalar bеrish, individual va guruhiy korrеksiya.
Madaniy oqartuv ishlari − ota-onalar, tarbiyachilar, o`qituvchilarga mo`ljallangan bo`ladi. Bunda bola taraqqiyoti asosiy qonuniyatlari, yosh psixologik xususiyatlari, har bir yoshning qiyinchiliklari, muammolari va ularni bartaraf etish bo`yicha umumiy tavsiyalar bеriladi.
Maslahat va tavsiyalar bеrish ishi – bola boshidan kеchirgan qiyinchiliklar sabablarini aniqlash asosida olib boriladi. Bunda psixolog ota-onalar, o`qituvchilar, tarbiyachilar hamda bolaning bajaradigan ishlarini tavsiyanomada bildiradi. Mеhnatni ko`p talab etadigan psixologning tuzatish ishi – ota-onalar, o`qituvchilar, tarbiyachilar va bolalar guruhi yoki individual tarzda bir bola bilan hamkorlikda olib boriladi. Ishning ana shu turi mеhnat, vaqt, ko`p mеtod va mеtodikalarni qo`llashni talab etsa ham ancha natijali hisoblanadi.