Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti


II.3Namoyish tajribalarini tayyorlashda muammoli vaziyatlar



Yüklə 37,94 Kb.
səhifə3/3
tarix08.12.2022
ölçüsü37,94 Kb.
#73204
1   2   3
Abdullayeva Farida

II.3Namoyish tajribalarini tayyorlashda muammoli vaziyatlar
Fizikadagi namoyish tajribalarini muammoli o'qitish texnologiyasi asosida o‘rgatish.
Keyingi paytda muammoli o‘qitishga ko‘pchilik o‘qituvchnlar ko‘ngil berishmokda. By bejiz emas. Chunki, darsni muammoli o‘tilishi. o‘quvchilami turli da 1 iliar yig'indisi bilangina qurollan- tirmasdan, ularning ongini, fikrlashini, qobiliyatlarini maksimal rivoj lanishini taminlaydi.
O‘qitish jarayonida «muammo» degan so‘z - ochish yoki javob berish yo‘li o‘quvchilarga tanish bo'lmagan nazariy yoki amaliy savollarning qo‘y ilishi bilan ifodalanadi. Bunday masalalarning ochilishi ma’lum algoritmga to‘g'ri kelmaydi. 0 ‘quvchidan yechishni yangi yo'Ilarini, bu jarayondagi mustaqillikni. o‘ziga xoslikni talab qiladi. Shu sababli, muammoli o'qitish pavtida o‘quvchining faoliyati har doim ijodkorlik ruhida bo'lishi kerak.
O'quvchilaming o‘qishi. o'rganishi tabiatning va jamiyatning qonunlarini bilishning asosi bo'lib hisoblanadi. Chunki. bilish jarayonida o'quvchilaming faol fikrlay olishi asosiy ma’noga ega. Buning uchun o'qitishdagi muammolilik, fikr yuritishning manbai va bilishning vositasi sifatida xizmat qiladi. Demak, o'qitish jarayonida o'quv muammosi quyidagi shartlarnnng bajarilishi orqali tuzilishi mumkin. Ular o'qish jarayonida o'quvchilar uchun qandaydir bir hodisani:
a) bilishning murakkabligi sezilsa;
b) bilishga qiziqish paydo bo'lsa;
v) bilish jarayoni ularning boshlang'ich tajribalariga va bilim- lariga tayanib olib borilsa, muammoli o'qitish muvaffaqiyatli bo'ladi.
Fizika o‘qitishda muammolar quyidagi asosda ajratiladi:
a) muammoning hal qilinishiga o'quvchilarni jalb qilitiislu bo'yicha;
b) o‘quv muammosini o‘qitish jarayonidagi o'rni bo‘yicha;
v) o'quv muammosining mazmuni bo'yicha.
O'quv muammosini yechishga o'quvchilarning jalb qilinisbi bo'yicha, u asosan uch qismga bo'linadi: butun sinfga mo'ljallangan muammolar, yakka shaxsga va xohlovchilarga mo'ljallangan muammolar.
Butun sinfga mo'ljallangan muammolar asosan o'qituvchi yangi materialni tushuntirish paytida o'quvchilarni jamoa ijodkorlik ishiga jalb qilish vositasi qatorida qo'llaydi. Albatta, bu holda muammoni bcvosita hal qilishda o'quvchilarning ko'pchiligi emas, oz qismi qatnashadi. O'quvchilarning ko'pchiligi bu ishni bajarilishini qunt bilan kuzatib turishadi, fikr va xulosalarini tashqariga chiqarishmasa ham, ichki analitik — sintetik faoliyatni namoyon qilishadi. Shu sababli. bunday ishlar har bir o'quvchi tomonidan turli darajada bajarilgani bilan, umuman o'quvchilar uchun foydali bo'lib hisoblanadi. Sinfga tegishli umumiy muammolar, yangi materialni mustahkamlash va uy vazifasini tekshirish paytida samarali qo’llaniladi. Muammoli o'qitishning bunday turi o'quv materialini muammoli bayon qilish deb ataladi.
Fizika darsida xususiy muammolar asosan ikki holda; masala yechish va mustaqil tajriba o'tkazish paytida qo'llaniladi. Xususiy muammoli vazifalar yomon o'qiyotgan o'quvchilar uchun ham loydali. Mos ravishda tanlangan vazifalar bo'sh o'quvchilarning mustaqil ishlashiga sharoit yaratadi. Olingan xulosa o'quvchining imkoniyatiga bo'lgan ishonchini hosil qiladi, predmetga bo'lgan qi/iqishini uyg'otadi. Albatta. bunday ishlar o'quvchining imkoniyati va rivojlanganlik darajasiga mos holda o'qituvchi tomonidan muntazam olib borilishi maqsadga muvofiqdir.
Xohlovchilarga mo'ljallangan muammoli vazifalar o'quvchilarni li/.ika faniga, uning ayrim bo'limlariga bo'lgan qiziqishini orttirishda katta rol o'ynaydi. Asosan, bu vazifalar tadqiqotchilik va konstruktorlik yo'nalishida bo'lishi mumkin. Ular tizimli ravishda llzika kabinetida ilinib turishi va ishni bajarishga kerakli paytda qo'llanilishi lozim. Vazifalar asosan o'tilgan materiallarga bog'lab lu/iladi. Ayrim hollarda uning bajarilishi o'quvchilarning dasturdan tashqari bilimlarni talab qiladi. Bunday vazifalar, o‘quvchilardan texnik fikr yuritishni faollashtirib. bilish qobiliyatini o‘stiradi. Ayrim hollarda o'quvchilar, o'zlarining nazariy bilimlarini past darajada ekanligini sezishadi. bilimga mustaqil ega bo'lish usullarini izlay boshlashadi.
O'quv muammosini o'qitish jarayonida qo'llanish o'rni bo'yicha. ikki turga bo'lib qarash mumkin.
1. Muammo qachon hal qilinishi kerak:
a) darsda:
b) uyda.
2. Muammo darsning qaysi bosqichida hal qilinishi kerak:
a) material bilan yangi tanishuv paytida;
b) takrorlash paytida va boshqalar.
Fizika o'qitishda o'quv muammosi mazmuni bo'yicha uch guruhga bo'linadi: nazariy, amaliy va aralash turdagi muammolardir.
Nazariy muammolar yangi qonuniyatlarni xulosalashda, tajribaning natijasini nazariy jihatdan asoslashda va ularni oldindan aytishda, tadqiqot vurgizish bilan masala ishlashda va boshqalarda qo'llaniladi. Amaliy o'quv muammolari o'quvchilardan turli amaliy masalalarni yechishni. unga tegishli bo'lgan, hal qilishning yangi yo'Ilarini topishni taqozo qiladi. Albatta har qanday amaliy ishning bajarilishi nazariy tahlilsiz amalga oshirilishi mumkin emas. Ammo, muammo amaliy jihatdan ifodalanganda masalaning nazariy tomoni yordamchi vosita sifatida fovdalaniladi. Masalan, o'quvchilarga quyidagicha vazifa berilishi mumkin; «Ampermetr va reostat yordamida elektr lampasining quvvatini aniqlang?», Vazifaning asosiy maqsadi — lampaning quvvatini aniqlashning tajriba yo'lini topish bo'lib hisoblanadi. Albatta, bu faqat amaliy ahamiyatga ega, biroq, shunday bo'Isa ham, o'quvchilardan ma’lum nazariy bilimni va uni amalda qo'llashni bilishni talab qiladi. Jumladan, o'quvchilar zanjirning qismidagi tokning quvvat formulasini bilishlari va tokning kuchi bir xil bo'lgan holda uning quvvati qarshilikka proporsional ekanligini bilishiga tegishli.
Amaliy muammoga yangi qonuniyatlarni tajribada aniqlashga qaratilgan vazifalarni ham qo'shsa bo'ladi. Masalan, o'tkazgichlarni ketma-ket va parallel ulaganda tok kuchining o'tkazgich qarshiligiga bo'lgan bog'liqligini aniqlashga qaratilgan amaliy ish.
Amaliy muammolar yangi qurol tayyorlash yoki mavjud qurolni yaxshilash (asbob shkalasining ko'rinishini yanada yaxshilash, o'lchash chegarasini kengaytirish, sezgirlik qobi 1 iyatini oshirish va boshqalar) maqsadida ham taklif qilinadi.
Aralash turdagi muammolar, hal qilinishi ayrim nazariy va amaliy masalalar asosida kelib chiquvchi muammolar hisoblanadi. Bu turdagi muammolar fizika darsida keng qaraladi. Chunki, har bir fizik hodisaning mazmuni ma’lum darajada nazariy va amaliy masalalarni ycchilishi orqali yechiladi. Masalan, elektromagnit induksiya hodisasini tushuntirishda nazariya va amaliyotning rolini ajratib ifodalash mumkin emas. Chunki bu holda nazariy savoilarning javobi va amaliy vazifalarning bajarilishi bir-birini to'ldirib, biri ikkinchisi orqali rivojlantiriladi.
Muammoli , o‘qitishni samarali amalga oshirilishi, o'qitish jarayoniga tegishli muammoli vaziyatni tashkil qilinishi bilan bog'liq. Bu esa muammoli vaziyat har doim o'quvchining psixologik (llkrlashi, emotsionai va boshqa) holatini ifodalaydi. Ayrim fizika o'qituvchilari: «o'qituvchi tomonidan taklif qilingan murakkab savolning o‘zi muammoli vaziyatni yaratadi» - deb tushunishadi. Biroq, har doim ham bunday bo'lmaydi. O'qituvchi tomonidan qo'yilgan savol muammoli vaziyatni yaratishi uchun, uning mazmuni va yechilishi to'g'risida o'quvchilarning minimal bilimi, shu bilan birga muammoni hal qilishga bo'lgan ularning qiziqishlari. katta nhamiyatga ega.
O'qitish jarayonida muammoli vaziyatni asosan ikki yo'l bilan yaratish mumkin.
1. Muammoli vaziyat o'qituvchining maqsadli uyushtirilgan harakatisiz ham, o'quvchilarning mustaqil ishlashi asosida stixiyali tarzda paydo bo'ladi. O'quvchilar o'quv kitobining matni yoki qo'shimcha adabiyotlarni o'qishi, radiodan eshitishi yoki televizordan ko'rganlarini tahlil qilishi, masala yechish yoki mustaqil tajriba o'tkazishda, o'qituvchi tomonidan esga olinmagan turli muammolarni «ko'rishlari» mumkin. Haqiqatda, bunga o'xshagan holatlar, maktab umaliyotida ko'p uchraydi. Ular muammoning hal qilinishini o'z vaqtida o'qituvchilardan so'rashadi, shu bilan birga, ayrim hollarda o'zlari taklif qilgan javoblarni ko'rsatishadi. Bunday yutuqlarni lanlash va uni yanada rivojlantirish, o'quvchilarga bu masala bo'yicha to'g'ri maslahat berish kerak.
2. Ko'pchilik hollarda, muammoli vaziyat o'qituvchi tomonidan maqsadli yaratilib, hal qilinishi. uning bevosita rahbarligi bilan amalga oshadi. Buning uchun, o‘qituvchi o'tilayotgan mavzuning mazmuniga mos muammoli savollar tizimini ma’lum ketma-ketlikda tuzib chiqadi. Ular o‘qitishning qaysi bosqichida (yangi materialni tushuntirish, yoki takrorlash paytida), qachon va qaerda (sinfda yoki uyda) bajarishlari, o'quvchilarga qanday shaklda taklif qilinishlari aniqlanadi. Albatta, bu savollar va vazifalar o‘tilayotgan va oldin o‘tilgan materialning mazmuniga, o'quvchilaming nazariy va amaliy bilimlarining darajasiga, ularning qabul qilishi va o'zlashtirish qobiliyatlariga moslab tuzilali. Endi muammoli darsni tashkil qilish masalalariga to'xtaylik. Bunday darsning quyidagi bosqichlarini belgilash mumkin.
1. 0 ‘quvchilarni oldin o'zlashtirgan bilimlarini faollashtirish. Bu holda o'quvchilarni yangi materialni o‘zlashtirishiga kerak bo'luvchi tavanch bilimlari esga solinadi, boshqacha aytganda yangi materialni faol qabul qilishga tayyorlanadi.
2. O'quv muammoli topshiriqlarni tuzish va uni o‘quvchilarga tushuntirish. Muammoli vazivatni yaratish uchun o'qituvchi namoyishli tajriba, masalalar ilm-fan va texnikaning rivojlanishi tarixidan misollarni ilmiy-fantastik adabiyotlardan qissalar, predmetlararo bog'lanishlar va boshqalardan foydalanadi.
3. Qo‘yilgan muammoni yechish uchun o‘quvchilarning taxminlari. Bu bosqichda o‘qituvchining faolligi qanday ifodalanadi? Har bir o'quvchining javobini samimiyatlik, chidamlilik bilan eshitish. To'g'ri yoki xato ekanligi to‘g‘risida xulosa chiqarishga shoshilmaslik. Chunki, o‘quvchi qandaydir bir yo‘l bilan o‘zining taxminini to'g'riligini yoki xatoligini bilgan bo'lsa, o‘sha zahoti uning qidiruvi to‘xtaydi. Ayrim hollarda o‘qituvchi o‘quvchining noto‘g‘ri taxmini bilan mashg‘ul bo'lib, uni haqiqatga teskari ekanligini ko'rsatuvchi savollarni tanlaydi. Shu paytdagina o'quvchi qo'yilgan muammoni yechishga o'zining bilimini yetarli emas ekanligini ichki hissiyoti bilan ishonadi. Bilganlari bilan yangi muammo o'rtasida qarama-qarshilik paydo bo'ladi. Bu materialni tushunarli, ongli qabul qilishga, o'zlashtirishga turtki bo'lib hisoblanadi.
4. Muammoni mustaqil qidiruv yo'li bilan hal qilish, bilimdagi kamchilikni mustaqil to'ldirish. O'quvchining o'zi, yanglishish va qayta tanlov yo'li bilan o'zining noto'g'ri fikrini chetga chiqarib, mustaqil to'g‘ri natijaga keladi. Uning to'g'riligini isbotlaydi. Albatta. bu barcha hollarda yuz bermaydi. O'qitishni bunday uyushtirish juda ko'p vaqtni talab qiladi.
5. Muammoni to‘g‘ri hal qilinganini tekshirish, xulosa ehiqarish va umumlashtirish. Muammoli darsni biz keltirgan tuzilishi shu turdagi darslarniiig ko'pchiligiga taalluqli.
ishlarining natijalariga, shuningdek, tajribalarga. paradokslarga, qiziqarli fizikaga bag'ishlangan bo‘lishi mumkin.
Ammo, har bir bosqichning mazmuni va bajarish vaqti turlicha bo'lishi mumkin.
Muammoli darsning asosiy ko'rsatkichi bo‘lib, undagi muammolikning darajasi va u jarayondagi o‘quvchilarning faolligi hisoblanadi.
Didaktiklarning tadqiqotlarida muammolikning bir necha darajasi ko'rsatiladi. Muammolikning har bir darajasida. o‘qituvchi bilan o'quvchi faoliyatining mazmuni nimadan iborat?
Muammolikning birinchi darajasi: o'qituvchi muammoli vazivatni yuzaga keltiradi, muhokama qilinayotgan masalaning mazmunini aniqlaydi va uni o‘zi hal qilib beradi; o'quvchilaming faoliyati rcproduktiv bo'lgani bilan ularning bilishini ma’lum darajada liiollashtiradi; ularni muammoning tuzilishi, hal qilish algoritmi bilan tnnishishadi. Masalan, 8-sinfda «Spirtovka bilan isitilgan temir y.uykaning haroratini qanday o'lchash mumkin?» - degan muammoli savol qo‘yiladi. By savolgacha o‘quvchilar jismning haroratini kallorimetrik usulda o'lchashni bilishmaydi. Shuning o'zi o'quvchilar uchun muammoli savol bo'lib hisoblanadi. Albatta, bu holda masalani hal qilishni o'qituvchi o'zi tushuntirib beradi. O'quvchilaming faoliyati faollashadi. Ular aniq obyekt ustida llkr yuritishadi. lushunishadi va esda saqlab qolishadi.
Muammolikning birinchi darajasi: qachonki o'quvchilar muammoli o'qishga ko'nikma hosil qilish paytida o'quv muammosini hal qilishga kerakli taxminlarni topish usuliga ega bo'lish chog'ida i|o‘llaniladi. Muammoni tuzish, uni hal qilishni ko'rsatish bilan o'qituvchi o'quvchilarda tahlil qilish, sintezlash, abstraksiyalash va umumlashtirish kabi mantiqiy usullarni qo'llash ko'nikmalarini shakllantiradi.
Muammolikning bu darajasidan foydalanish, o'quv materialining mazmuni va xususiyatlari bilan belgilanadi, O'quvchining hayotiy lujribasida uchramagan, yuqori darajadagi abstraksiyalashni talab qiladigan fizik materiallarni tushuntirish, shu tarzda amalga oshadi. Jumladan, energiyaning saqlanish va aylanish qonuni, moddalar tuzilishining molekulyar-kinetik nazariyasi, elekiron va kvani na/ariyasi. atom yadrosining tuzilishi va boshqalar.

III. Xulosa.


Fizika va astronomiya o'qitish nazariyasi va metodikasi tarkibi hisoblangan fizika owqitish tajribasi va fizika praktikumi umumta'lim maktab, akademik litsey va kasb-hunar kolleji o'quvchilariga dars beruvchi bakalavrlarga mo'ljallangan ekan, demak, ushbu o‘quv muassasalarining bitiruvchilari oldiga qo'yilgan tajribalar talablarini bevosita hisobga olish kerak bo'ladi. Xususan, litsey va kollej o'quvchilarini fizika o'qitish jarayonida: nazariy va amaliy bilim, malaka va ko‘nikmaga c^a bo'lishi, tafakkur doirasining yetarli shakllangan boMishi talab ctiladi. Albatta, yuqorida qayd etilgan talablar asosida yaratilayotgan fizika o‘qitish metodikasi kursining tarkibi sifatida shakllangan fizika o'qitish tajribasi kursi vanada keng qamrovli va serqirra jihatlarini hisobga olish har bir oliy o‘quv yurti talabalarining shaxsiy tuyyorgarlik darajasi bilan belgilanadi. Eng muhimi, ushbu kurs o‘z muzmuni va vazifasiga ko‘ra akademik litsey va kasb-hunar o'quv muassasalarida fizikadan toMaqonli dars bera oladigan mutaxassis sifatida shakllanishiga xizmat qiladi. 0 ‘quv rejaga ko‘ra fizika o‘qitish metodikasi asosan ikkita qismdan iborat, fizika o'qitish metodikasining umumiy masalalari hamda xususiy maktab fizika tajribasi va praktikumga oid masalalarni qatnrab oladi. Demak, fizika o‘qitish metodikasining fizika o'qitish tajribasi bilan bog‘liq kursi talablarini(bo‘lajak fizika o'qituvchilarini) pedagog sifatida nafaqat nazariy bilimlar balki amaliy bilimlar bilan qurollantirishni ham nazarda tutadi. Fizika o'qitish tajribasi va praktikum ishlari to‘plamida 34 ta laboratoriya ishlari hamda fizika o'qitish tajribalarining mazmuni, bajarish tartibi va hisobot tayyorlash nazarda tutiladi.

IV. Foydalanilgan adabiyotlar


1. B.Mirzaxmedov, N.G'ofurov. F.Toshmuxamedov. «Fizika 0‘qitish metodikasidan o‘quv eksperimeni». -Т.: « 0 ‘qituvchi». 1989.
2. A.Yusupov, B.Mirzaxmedov, N.G‘ofurov, F.Toshmuxamedov. «Fizikadan praktikum».-Т.: « 0 ‘qituvchi». 1982.
3. A.Ergashev, Q.Suyarov, N.G‘ofurov, R.Choriyev. «Umum ta’lim maktablarida fi/ika fanidan laboratoriya ishlarini o‘tkazish bo‘yicha uslubiy qoMlanma». -Т.: 2005.



Yüklə 37,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin