Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. O‘zbekistonda ta’lim sohasidagi siyosati 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan «Ta’lim to‘g‘risida»gi yangi tahrirdagi qonun hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturida o‘z aksini topdi.1996–1997-o‘quv yilidan boshlab maktablarning birinchi sinfl arida o‘qish yangi alifboda olib borildi. Yangi imlo, alifboda o‘qitish uchun zarur dastur, qo‘llanma va darsliklar yaratildi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi 3 bosqichdagi islohotlar asosida amalga oshirildi. I bosqich – 1997–2001-yillarda dasturni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan huquqiy-me’yoriy, ilmiy-metodik, moliyaviy-moddiy shart-sharoitlar yaratildi. Buning uchun davlat tomonidan qo‘shimcha ravishda 65 milliard so‘m mablag‘ sarf qilindi. II bosqich – 2001–2005-yillarni o‘z ichiga olib, milliy dastur keng miqyosda joriy etildi.III bosqich – 2005-yildan bugungi kungacha. Bu bosqichda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi natijasida erishilgan natijalar, to‘plangan tajribalar umumlashtirilib, shu asosda yurtimizda ta’lim tizimi takomillashtirilib borildi. 2009-yildan boshlab, yurtimizda to‘liq 12 yillik majburiy ta’lim joriy etildi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. O‘zbekistonda ta’lim sohasidagi siyosati 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan «Ta’lim to‘g‘risida»gi yangi tahrirdagi qonun hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturida o‘z aksini topdi.1996–1997-o‘quv yilidan boshlab maktablarning birinchi sinfl arida o‘qish yangi alifboda olib borildi. Yangi imlo, alifboda o‘qitish uchun zarur dastur, qo‘llanma va darsliklar yaratildi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi 3 bosqichdagi islohotlar asosida amalga oshirildi. I bosqich – 1997–2001-yillarda dasturni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan huquqiy-me’yoriy, ilmiy-metodik, moliyaviy-moddiy shart-sharoitlar yaratildi. Buning uchun davlat tomonidan qo‘shimcha ravishda 65 milliard so‘m mablag‘ sarf qilindi. II bosqich – 2001–2005-yillarni o‘z ichiga olib, milliy dastur keng miqyosda joriy etildi. III bosqich – 2005-yildan bugungi kungacha. Bu bosqichda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi natijasida erishilgan natijalar, to‘plangan tajribalar umumlashtirilib, shu asosda yurtimizda ta’lim tizimi takomillashtirilib borildi. 2009-yildan boshlab, yurtimizda to‘liq 12 yillik majburiy ta’lim joriy etildi.