O‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’lim tizimining tashkil etilishi.
O‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’lim tizimining tashkil etilishi.
O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonuniga muvofiq umumiy o‘rta ta’limning to‘qqiz yillik etib belgilanishi munosabati bilan to‘qqiz yillik maktabni tugatgan barcha o‘quvchilar ta’lim olishni o‘rta maxsus yoki kasb-hunar kollejlarida ta’lim olishni davom ettirdilar. Bu yangi ta’lim tizimiga bosqichma-bosqich o‘tildi. Oliy o‘quv yurtlari qoshida 46 ta litsey tashkil etildi, 800ga yaqin o‘quvchi chet ellarda ta’lim oldi.
2017-yilgi islohotlar.
2017-yilgi islohotlar.
2017-yil umumta’lim va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi tizimida tub islohotlar yili bo‘ldi. Xalq qabulxonalari va Prezidentning virtual qabulxonasiga tushgan taklif va mulohazalar, shuningdek, respublika maktablaridagi bitiruvchilarning ota-onalari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalaridan kelib chiqib, Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan 9+3, ya’ni 12-yillik majburiy ta’limdan 11-yillik ta’limga qaytildi.
Oliy ta’lim va undan keyingi ta’limning takomillashtirilishi
Oliy ta’lim tizimi. 1992-yil martda viloyatlardagi pedagogika institutlari negizida Andijon Davlat universiteti, Buxoro Davlat universiteti, Termiz Davlat universiteti, Urganch Davlat universiteti, Qarshi Davlat universiteti tashkil qilindi. Prezidentning 1992-yil fevraldagi farmoni bilan yana sakkizta viloyat pedagogika institutlariga universitet maqomi berildi.
1994-yil Davlat test markazi tashkil etilib, shu yildan boshlab oliy ta’lim muassasalariga test orqali qabul joriy etildi. 1996-yildan ta’lim olishda kontrakt-shartnoma to‘lovi joriy etildi. 1997-yilgi «Talim to‘g‘risida»gi qonunga muvofi q 5 yillik oliy ta’limdan 4 yillik bakalavriat va 2 yillik magistratura bosqichlaridan iborat ikki pog‘onali tizimga o‘tildi. Prezidentning 2013-yildagi «Yuridik kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq yuridik institut universitet maqomida qayta tashkil etildi, 2014-yildagi qarori asosida Toshkent davlat stomatologiya instituti ta’sis qilindi.