Tadbir mavzusi:Termiz davlat universiteti faollar zalida ‘’Balli qizlar’’ tadbiri.
Tadbirning maqsadi:Talaba qizlarni kelgusi hayotga tayyorlash va qolaversa milliy qadriyatlarimiz ruhida tarbiyalash urf-odatlarimizni onglariga singdirish.
Tadbirning o’tkazilish shakli:ko’rgazmali namoyish.
Tadbirning o’tkazish joyi:Termiz shahri.
Tadbir ishtirokchilari:Milliy hunarmandchilik va kulolchilik fakulteti professor o’qituvchilari, kata o’qituvchilari va fakultet talabalari.
Tadbir mazmuni
Tadbir fakultet faollar zalida talabalar va o’qituvchilar ishtirokida bo’lib o’tdi.Tadbirni Texnologik ta’lim kafedrasi katta o’qituvchisi Umirov A.T boshlab berdilar va tadbirni ochiq deb e’lon qildilar. Tadbirga Mehnat ta’lim yo’nalishi 2 kurs talabalari boshlovchilik qildilar. Tadbirda 8 nafar ishtirokchi o’zaro bellashdilar.Tadbir 1 sharti har doimgidek tanishtiruv,qizlar o’zlarini go’zal she’rlari bilan tanishtirdilar.
2 sharti chuchvara tugish sharti hisoblanib, 10 daqiqa ichida 30 ta chuchvara tugishlari kerak bo’ldi.Shart tugagach hakamlar hay’ati o’z ballarini e’lon qilishdi.
3 sharti erkin mavzu bo’lib,qizlar o’z ijod na’munalarini namoyish etishdi.Bunda qizlar o’z milliy an’analarimizni kuy qo’shiqlar orqali tarannum etishdi.Eng ajablanarlisi qizlar jonli ijroda kuylashdi va bu o’tirganlarga juda manzur keldi.Qizlar qadriyatlarimizni tarannum etgan holda kelin salom va alla kuylarini jonli ijroda kuyladilar va o’tirganlar olqishlariga sazovor bo’ldilar. Tadbir ko’tarinki ruhda davom etdi.Tadbir so’ngida fakultet ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha dekan o’rinbosari Qurbonov A.J. so’zga chiqdilar va tadbir haqidagi samimiy fikrlarini bildirib o’tdilar.Tadbir ballarini e’lon qilish uchun Termiz davlat universitet xotin-qizlar qo’mitasi raisasi Xamzyeva D davra markaziga chiqdilar . O’zlarining iliq fikrlarini bildirib,ballarni e’lon qildilar.1 2 3- o’rinlarga diplom taqdim etdilar va qolgan qizlarimizga sertifikat tqadim etdilar.Diplom berish marosimda estalik sovg’alari berilib,tadbir o’z nihoyasiga yetkazildi.