Chorshanbiyeva Umida Choriyevna



Yüklə 107,26 Kb.
səhifə1/5
tarix20.09.2023
ölçüsü107,26 Kb.
#145885
  1   2   3   4   5
Chorshanbiyeva Umida Choriyevna,

STEAM TA’LIM TEXNOLOGIYASINI MAKTABGACHA TA’LIMDA QO‘LLASH BO‘YICHA XORIJIY TAJRIBALAR.




Chorshanbiyeva Umida Choriyevna,
Termiz shahar 24-sonli MTT da tarbiyachi. O‘zbekiston respublikasi Surxondaryo viloyati Termiz shahri


Annotatsiya: Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ishlaydigan tarbiyachilar maktabgacha yoshdagi bolalarda bilimga qiziqish uyg‘otishi, ularni turli manbalardan idrok etishga va ma’lumotlardan foydalanishga o‘rgatish, atrofdagi voqelikka qiziqqan savollarga mustaqil ravishda javob topish, STEAM yondashuvi olingan bilimlarni haqiqiy ko‘nikmalar bilan birlashtirishga o‘rgatishi, STEAM ta’lim modeli, STEM – ta’lim va uning afzalliklari, zamonaviy muammolarni hal qilishning integratsiyalashgan yondashuvi haqida fikr keltirilgan.
Kalit so`zlar: STEAM, science, technology, engineering, art, math, tabiiy fanlar, texnologiya, muhandislik, san’at, matematika, robototexnika.

AQSh, Rossiya maktabgacha ta’limda STEAM ta’lim texnologiyasidan foydalanish. Biz texnologik inqilob davrida yashayapmiz. Kundan kunga yangi texnologiyalar, yangi kasblar paydo bo‘lmoqda. Pedagog, tarbiyachi sifatida o‘ylash kerakki, biz bolalarga mana shunday yangi texnologiyalar orqali bilim beryapmizmi, biz berayotgan bilimlar hayotda bolaga foydali bo‘ladimi, ta’lim mazmuni va texnologiyalari bugungi kundagi maktabgacha yoshdagi bolalarning ehtiyojlarini qondirish uchun qanday moslashtirilishi kerak? 3-7 yosh maktabgacha yoshdagi bola rivojlanishning muhim bosqichidir. Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ishlaydigan tarbiyachilar maktabgacha yoshdagi bolalarda bilimga qiziqish uyg‘otish, ularni turli manbalardan idrok etishga va ma’lumotlardan foydalanishga o‘rgatish, atrofdagi voqelikka qiziqqan savollarga mustaqil ravishda javob topish qanchalik muhimligini tushunadilar. Maktabgacha yoshdagi bolalarda mustaqil ravishda tengdoshlar va kattalar bilan hamkorlikda harakat qilish qobiliyatini rivojlantirish muhimdir. Shunday qilib, pedagoglar, tarbiyachilarda savol tug‘iladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish uchun qanday usullardan foydalanib, qanday texnologiyalarni qo‘llash kerak? Ta’limda STEM texnologiyasi Amerikada ishlab chiqilgan. Amerikalik tadqiqotchilar tajriba uyushtirib, ba’zi maktablar bitiruvchilarning qobiliyatlarini e’tiborga olishdi va fan, texnologiya, muhandislik va matematika kabi fanlarni birlashtirishga qaror qilishdi va STEM tizimi shu tarzda shakllandi. (Fan, texnika, muhandislik va matematika).


Keyinchalik Art abreviaturasi qo‘shildi va endi STEAM oxirigacha shakllandi. Tadqqotchilar ushbu mavzular, aniqrog‘i ushbu fanlardan bilimlar kelajakda talabalarning yuqori malakali mutaxassis bo‘lib yetishishiga yordam beradi, deb hisoblashadi. STEAM laboratoriyasida bolalar yaxshi bilim olishga intilishadi va uni

Yüklə 107,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin