Chorshanbiyeva Umida Choriyevna



Yüklə 107,26 Kb.
səhifə4/5
tarix20.09.2023
ölçüsü107,26 Kb.
#145885
1   2   3   4   5
Chorshanbiyeva Umida Choriyevna,

3


  1. Robototexnika – STEAM ta’lim moduli sifatida

  2. “Multistudiya” STEAM ta’lim moduli sifatida STEAM dasturi tamoyillari STEM - maktabgacha va maktab yoshdagi bolalarni tarbiyalash dasturi. Dasturda bolalarning bilimlarini qat’iy tartibga solish va o‘qitishda bolalarni har tomonlama qolipga solinmagan. Faqatgina mustaqil, erkin tajribalarga asoslanib, o‘zi bajarib ko‘rib, his etib, fikrlab, idrok etib bajarish kerak bo‘ladigan tamoyillarga tayanadi.

Dastur L. S. Vygotskiyning “to‘g‘ri tashkil etilgan ta’lim – bolani rivojlanish sari yetaklaydi” ilmiy rivojlanish tamoyillariga asoslangan. STEAM dasturida maktabgacha ta’lim tashkilotlaida maxsus laboratoriyalar tashkil etib, faoliyat davomida bolaning intellektual qobiliyatlarni rivojlantirish muhim ahamiyatga ega.
Dastur doirasida mualliflar bir qator taniqli rus va xorijiy psixologlar va o‘qituvchilar tomonidan shakllantirilgan printsiplarga tayangan. Ushbu yondashuv o‘z ahamiyatini saqlab qoldi, chunki zamonaviy sharoitda aqlni rivojlantirish uchun maktabgacha yoshdagi ta’lim muassasasidan ko‘tarilishi kerak bo‘lgan faol pozitsiyani talab qiladi. STEAM dasturida asosiy g‘oya - “hech qanday so‘z yoki vizual tasvirlar aqlning rivojlanishi uchun asos bo‘la olmaydi. Bola barchasini laboratoriyada bajarib ko‘rishi kerak”. STEAM dasturi orqali tashkil etiladigan faoliyatlarda bola faol bo‘ladi. Chunki faoliyatda manipulyatsiyalash va integratsiyalashgan haqiqiy zamonaviy muhit va uning axborot-kommunikatsiya qismi, jumladan, programlanadigan robot qurilmalari bilan tajriba o‘tkazish bolani jalb etadi. STEAM dasturida bolalar bilan tajribalar tashkil etish elementar faoliyatlar orqali tashkil etilib, oddiydan murakkabga qarab boradi. Shu tamoyilga amal qilinsa, bola qiyin tajribalarni tashkil etishda, labaratoriyada mustaqil ishlay olishga qiynalmaydi. Tarbiyalanuvchilarda STEAM ko‘nikmalari shakllangach, bolaning borliq, bizni o‘rab turgan dunyo bilan intellektual xarakterga ega bo‘lgan bilimlar jamlanmasi tobora rivojlanib boradi. Bundan tashqari, dastur A. Dastur zamonaviy strategik prinsipga, Rossiya ta’lim tizimi-maktabgacha va maktab bosqichlarida asoslanib ikki ijtimoiy institutlarning,ya’ni oila va ta’lim tashkilotining hamkorligi tamoyiliga tayanadi.
STEAM dasturida 3 yoshdan 11-yoshgacha bo‘lgan bolalarning bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish, maktabda texnik va tabiiy fanlar bo‘yicha ta‘limni davom ettirish uchun shart-sharoitlarni laboratoriyalarda amaliy yaratish tamoyiliga ham tayanadi. Ushbu tamoyillar Rossiya davlat maktabgacha ta’lim standartida asosida tuzilgan:

  1. bolalikning xilma-xilligini qo‘llab-quvvatlash; -bolalikning o‘zga xosligini inobatga olish; -o‘ziga xoslik - insonning umumiy rivojlanishida muhim xususiyat sifatida qarash; -bolalikni muhim bo‘lgan hayot davri sifatida tushunish; -bolalik davri keyingi davrga tayyorgarlik davri;

  2. kattalar ya’ni ota-onalar, qonuniy vakillar, tashkilotning pedagog va boshqa hodimlarning bolalarga ta’siri orqali bolalarda insonparvarlikni tarbiyalash;

  3. bola shaxsiga hurmat;


Yüklə 107,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin