Sikloalkanlarning olinishi
Olinishi.
Sikloalkanlar laboratoriyada to‘yingan uglevodorodlarning digalogenli
hosilalariga metallar ta’sir ettirib olinadi.
2. Benzol va uning gomologlarini gidrogenlab siklogeksan va uning gomologlari
olinadi.
Fizik xossalari. Sikloalkanlar amalda suvda erimaydi. Ularning xossalari
alkanlar xossasiga o‘xshash bo‘lib, dastlabki ikki vakili gaz, qolganlari suyuqlik
va yuqori molekulyar birikmalari qattiq moddalardir. Molekulyar massasining
ortishi bilan qaynash harorati va zichligi oshib boradi.
Kimyoviy xossalari.
Sikloparafinlar kimyoviy xossalari jihatidan to‘yingan parafin uglevodorodlarga o‘xshash bo‘lishi kerak, chunki siklanlar ham to‘yingan bog‘ga ega bo‘lib, parafin uglevodorodlardan tarkibi faqat 2 ta vodorod atomi kamligi bilan farq qiladi.
Darhaqiqat, siklopentandan tortib to yuqori gomologlargacha bo‘lgan sikloparafinlarning kimyoviy xossasi to‘yingan parafinlarning kimyoviy xossasiga o‘xshaydi. Shuni ham aytish kerakki, bunday o‘xshashlik siklopropan va siklobutanlarga tegishli emas. Bu ikki boshlang‘ich gomolog o‘z kimyoviy xossalari jihatidan to‘yinmagan uglevodorodlarni eslatadi.
Sikloalkanlarda ham xuddi alkanlarga o‘xshab, hamma bog‘lari to‘yingan, lekin ular birikish reaksiyasiga kirishish xususiyati bilan alkanlardan farq qiladi. Bu halqadagi uglerod atomlari o‘rtasidagi bog‘ning uzilishi bilan tushuntiriladi.
Bog‘ning uzilishi natijasida uglerod atomlarida bo‘sh valentliklar paydo bo‘ladi va vodorodni va galogenlarni biriktirib oladi birikish reaksiyalariga kirishadi. Kichik halqali (siklopropan va siklobutan) birikmalar, ularning katta halqali gomologlariga(siklopentan va siklogeksan) nisbatan birikish reaksiyasiga oson kirishadi. Sababi kichik xalqalarni katta xalqalarga nisbatan beqarorligidadir.
Galogenlar ta’siri. Siklopentan va undan yuqori sikllarga galogen ta’sir ettirilsa, sikl ochilmasdan, balki sikldagi vodorod atomi galoidga almashinadi:
Katta siklli birikmalar uchun o‘rin olish reaksiyasi xarakterli. Bu jihatdan ular parafinlarga o‘xshaydi. Masalan, siklogeksan xlor bilan quyidagicha reaksiyaga kirishadi:
Sikloalkanlarda ham xuddi to‘yingan uglevodorodlarda bo‘lganidek, hamma bog‘lar to‘yingan, lekin ular birikish reaksiyasiga kirishish xususiyati bilan to‘yingan uglevodorodlardan farq qiladi. Bu halqadagi uglerod atomlari o‘rtasidagi bog‘ning uzilishi bilan tushuntiriladi. Natijada vodorod atomi va boshqa elementlarni biriktirishi mumkin bo‘lgan bog‘lar hosil bo‘ladi. Kichik siklli birikmalar, ularning katta siklli analoglariga nisbatan birikish reaksiyasiga oson kirishadi. Masalan, gidrogenlash (vodorod biriktirish) reaksiyasi turli sikloalkanlarda turlicha temperaturada boradi:
Katta halqali birikmalar uchun asosan o‘rin olish reaksiyasi xarakterli hisoblanadi. Bu jihati bilan ular alkanlarga o‘xshash. Masalan, siklogeksanga xlor ta’sir ettirilsa, quyidagicha reaksiya boradi:
N.D.Zelinskiy siklogeksanni degidrogenlab undan benzol olgan.
Dostları ilə paylaş: |