Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat
1 2 Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti-fayllar.org
Kompilyator ishlashi natijasida har bir funksiya mashina kodi ko‘rinishida bo‘ladi. Agar programmada funksiyani chaqirish ko‘rsatmasi bo‘lsa, shu joyda funksiyani adresi bo‘yicha chaqirishning mashina kodi shakllanadi. Odatda funksiyani chaqirish protsessor tomonidan qo‘shimcha vaqt va xotira resurslarini talab qiladi. SHu sababli, agar chaqiriladigan funksiya hajmi unchalik katta bo‘lmagan hollarda, kompilyatorga funksiyani chaqirish kodi o‘rniga funksiya tanasini o‘zini joylashtirishga ko‘rsatma berish mumkin. Bu ish funksiya prototipini inline kalit so‘zi bilan e’lon qilish orqali amalga oshiriladi. Natijada hajmi oshgan, lekin nisbatan tez bajariladigan programma kodi yuzaga keladi. Funksiya kodi joylashtiriladigan programmaga misol. #include inline int Summa(int,int); int main() { int a=2,b=6,c=3; char yangi_qator=’\n’; cout< cout< cout< return 0; } int Summa(int x,int y) {
} Keltirilgan programma kodini hosil qilishda Summa() funksiyasi chaqirilgan joylarga uning tanasidagi buyruqlar joylashtiriladi. YUqorida qayd qilingandek rekursiya deb funksiya tanasida shu funksiyaning o‘zini chaqirishiga aytiladi. Rekursiya ikki xil bo‘ladi: oddiy - agar funksiya o‘z tanasida o‘zini chaqirsa; vositali - agar birinchi funksiya ikkinchi funksiyani chaqirsa, ikkinchisi esa o‘z navbatida birinchi funksiyani chaqirsa. Odatda rekursiya matematikada keng qo‘llaniladi. CHunki aksariyat matematik formulalar rekursiv aniqlanadi. Misol tariqasida faktorialni hisoblash formulasini va sonning butun darajasini hisoblashni ko‘rishimiz mumkin: Hisoblash sxemasi Rekursiv funksiyalarni to‘g‘ri amal qilishi uchun rekursiv chaqirishlarning to‘xtash sharti bo‘lishi kerak. Aks holda rekursiya to‘xtamasligi va o‘z navbatida funksiya ishi tugamasligi mumkin. Faktorial hisoblashida rekursiv tushishlarning to‘xtash sharti funksiya parametri n=0 bo‘lishidir (shart operatorining rost shoxi). Har bir rekursiv murojaat qo‘shimcha xotira talab qiladi - funksiyalarning lokal ob’ektlari (o‘zgaruvchilari) uchun har bir murojaatda stekdan yangidan joy ajratiladi. Masalan, rekursiv funksiyaga 100 marta murojaat bo‘lsa, jami 100 lokal ob’ektlarning majmuasi uchun joy ajratiladi. Ayrim hollarda, ya’ni rekursiyalar soni etarlicha katta bo‘lganda, stek o‘lchami cheklanganligi sababli (real rejimda 64Kb o‘lchamgacha) u to‘lib ketishi mumkin. Bu holatda programma o‘z ishini «Stek to‘lib ketdi» xabari bilan to‘xtadi. Quyida, rekursiya bilan samarali echiladigan «Xanoy minorasi» masalasini ko‘raylik. Masala. Uchta A, B, C qoziq va n-ta har xil o‘lchamli xalqalar mavjud. Xalqalarni o‘lchamlari o‘sish tartibida 1 dan n gacha tartib-langan. Boshda barcha xalqalar A qoziqqa 5.3a -rasmdagidek joylash-tirilgan. A qoziqdagi barcha xalqalarni B qoziqqa, yordamchi S qoziqdan foydalangan holda, quyidagi qoidalarga amal qilgan holda o‘tkazish talab etiladi: xalqalarni bittadan ko‘chirish kerak va katta o‘lchamli xalqani kichik o‘lchamli xalqa ustiga qo‘yish mumkin emas. Xanoy minorasi masalasini echish jarayoni Amallar ketma-ketligini chop etadigan («Xalqa q dan r ga o‘tkazilsin» ko‘rinishida, bunda q va r - A,V yoki S xalqalar). Berilgan n ta xalqa uchun masala echilsin. Ko‘rsatma: xalqalarni A dan B ga to‘g‘ri o‘tkazishda 5.3b –rasmlar-dagi holat yuzaga keladi, ya’ni n xalqani A dan B o‘tkazish masalasi n-1 xalqani A dan S ga o‘tkazish, hamda bitta xalqani A dan B o‘tkazish masalasiga keladi. Undan keyin S qoziqdagi n-1 xalqali A qoziq yordamida B qoziqqa o‘tkazish masalasi yuzaga keladi va hakoza. #include void Hanoy(int n,char a='A',char b='B',char c='C') { if(n) {
cout<<”Xalqa”<< a<<” dan ”< Hanoy(n-1,c,b,a); } } int main() {unsigned int Xalqalar_Soni; cout<<”Hanoy minorasi masalasi”< cout<<”Xalqalar sonini kiriting: ”; cin>>Xalqalar_Soni; Hanoy(Xalqalar_Soni); return 0; } Xalqalar soni 3 bo‘lganda (Xalqalar_Soni=3) programma ekranga xalqalarni ko‘chirish bo‘yicha amallar ketma-ketligini chop etadi: Xalqa A dan B ga o’tkazilsin Xalqa A dan C ga o’tkazilsin Xalqa B dan C ga o’tkazilsin Xalqa A dan B ga o’tkazilsin Xalqa C dan A ga o’tkazilsin Xalqa C dan B ga o’tkazilsin Xalqa A dan B ga o’tkazilsin Rekursiya chiroyli, ixcham ko‘ringani bilan xotirani tejash va hisoblash vaqtini qisqartirish nuqtai-nazaridan uni imkon qadar iterativ hisoblash bilan almashtirilgani ma’qul. Masalan, x haqi-qiy sonining n-darajasini hisoblashning quyidagi echim varianti nisbatan kam resurs talab qiladi (n- butun ishorasiz son): double Butun_Daraja(double x, int n) { double p=1; for(int i=1; i<=n; i++)p*=x; return p; } Ikkinchi tomondan, shunday masalalar borki, ularni echishda rekursiya juda samarali, hattoki yagona usuldir. Xususan, grammatik tahlil masalalarida rekursiya juda ham o‘ng‘ay hisoblandi. ch05/account.cpp 1 #include 2 3using namespace std; 4 5 /**
7a penalty if the balance is insufficient. 8@param balance the balance from which to make the withdrawal 9@param amount the amount to withdraw 10 */ 11void withdraw(double& balance, double amount) 12 {
14if (balance >= amount) 15 { 16balance = balance - amount; 17 } 18else
20balance = balance - PENALTY;
22 }
24int main() 25 {
27double sallys_account = 500; 28 withdraw(harrys_account, 100); 29// Now harrys_account is 900 30withdraw(harrys_account, 1000); // Insufficient funds 31// Now harrys_account is 890 32 withdraw(sallys_account, 150); 33 cout <<"Harry's account: "<< harrys_account << endl; 34 cout <<"Sally's account: "<< sallys_account << endl; 35 36return0; 37 } program run Harry's account: 890 Sally's account: 350 Aslini olganda, har qanday rekursiv ishlangan masalani iterativ usulda ishlash mumkin va buning aksi ham to'g'ri.Buning ustiga rekursiv yechim har doim xotiradan qo'shimcha joy talab qiladi. Shunday ekan, nima uchun unda rekursiya kerak? Albatta, buning yetarlicha sabablari bor: Rekursiya deyarli hamma joyda ishlatiladi. Ya'ni, lo'nda qilib aytganda undan qochib qutilishning iloji yo'q. Harakat qilib ko'rish esa qimmatga tushishi aniq ) Ba'zi holatlarda rekursiv yechim ancha soddaroq. Ayniqsa, ba'zi masalalarning iterativ yechimi juda ham uzun bo'lib ketishi mumkin. Rekursiya esa kodni bir necha barobar qisqartirib berishi mumkin. Aksariyat tuzilmalar va algoritmlarni rekursiyasiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Tree, Graph, Heap, QuickSort, MergeSort, … Bu ro'yhatni juda uzoq davom ettirish mumkin. Ayniqsa, murakkab tuzilmalar bo'lgan Tree va Graphlarda rekursiya har qadamda uchraydi. Dasturchilikni esa ularsiz tasavvur qilib bo'lmaydi, bu esa o'z o'rnida rekursiya qanchalik muhimligini belgilab beradi. Rekursiya funksional dasturlashning asosiy elementlaridan hisoblanadi. Hali funksional dasturlash haqida eshitmagan bo'lsangiz u haqida ma'lumot axtarib o'qib ko'rishni maslahat beraman. Bir so'z bilan aytganda, hozirda dasturlash sohasi jadallik bilan funksional dasturlash paradigmasi tomon ketmoqda (Go va Scala yorqin namunalar). Yana bir qiziq ma'lumot, shunday dasturlash tillari borki ularda umuman takrorlanish operatorlari yo'q va bu borada butunlay rekursiyaga tayanadi. Haskell va Erlang shular jumlasidan. Albatta, bularning barchasi rekursiyani takrorlash operatorlaridan butunlay ustunligini anglatmaydi. Aslida, ko'p hollarda dasturchilar rekursiya ishlatishdan qochishadi. Buning asosiy sabablari esa: Rekursiya har doim xotiradan qo'shimcha joy talab qiladi. Bu haqida Call stack mavzumizda gaplashamiz. Rekursiv yechimda xato qilib ehtimoli yuqori. Avval ham aytganimizdek, rekursiya juda ham chalg'ituvchi. Shu sababli, uni ishlatishda osongina xato qilib qo'yish mumkin. Rekursiv yechimni xatosini topish qiyin. Bunday masalalarda xato qilib qo'yish ehtimoli yuqori bo'lishi bilan birga uni topib to'g'irlash ham qiyin bo'lishi mumkin. Buning asosiy sababi, bunday yechimlarni tasavvur qilib olish (hayolan debug qilish) juda qiyin. Rekursiv algoritmning murakkabligini hisoblash ko'pincha juda murakkab. Hattoki, ba'zan to'g'ri yechimni yozishning o'zi ham kam bo'lib qolishi mumkin. Chunki, uni iterativ yechim bilan solishtirishda uning murakkabligini hisoblash kerak bo'ladi. Rekursiv algoritmlarda bu ko'pincha juda murakkab va yaxshigina matematika talab qiladi. rekursiyali dasturlar rekursiyasiz dasturlarga nisbatan kom pyuterda bajarayotganda sekin ishlaydi va xotiradan ko‘p joy talab qiladi; rekursiyali dasturlarni rekursiyasiz dasturlarga almashtirayotganda masalaga boshqa tomondan qarashga yor dam beruvchi ajoyib fikrlar paydo bo‘lishi mumkin. Shu sababli, masalaning rekursiv yechimini topgach, yana o‘ylab ko‘ring: rekursiyasiz ishlash mumkin emasmikan? masala Kamaytiruvchi uchun ixtiyoriy sonni eng kam qadamda 0 ga olib keluvchi sonlar uchun protsedurangiz rekursiv protsedura bajarilayotgandagi Kamaytiruvchining ko‘rsatmalar ketmaketligini yozing: tuzing. Quyidagi a) 5; b) 9; d) 14. Kataklarni bo‘yab, Robot bilan ishlaganda rekursiyadan qutulish mumkin. Bunda bo‘yalgan kataklar xotira vazifasini o‘taydi. Bu holda bo‘yalgan sharti Robot bu katakdan o‘tgan yoki o‘tmaganini bilish uchun imkon beradi. masala Robot devordan yuqorida qandaydir masofa uzoqlikda turibdi Quyidagi imkoniyatlarda Robotni devorgacha olib borib joyiga qaytarib olib keluvchi protsedura tuzing: a) rekursiyani ishlatish mumkin; b) bo‘yash mumkin, rekursiyani ishlatish mumkin emas. Bu masalalardan birortasi ham sizga qiyinchilik keltirib chiqarmaydi, deb umid qilamiz. Oraliq chaqirish protsedura orqali rekursiv Ba’zan protseduralarni yozganda uning o‘zini o‘zining ichida boshqa protsedura orqali chaqirgan qulay. To‘g‘ri to‘rtburchakni bo‘yash masalasining rekursiv yechimini qaraymiz. masala Robot devorlar bilan o‘ralgan to‘g‘ri to‘rtburchakning chap quyi burchagida turibdi. To‘g‘ri to‘rtburchakning ichida devorlar yo‘q. To‘g‘ri to‘rtburchakning barcha kataklarini bo‘yash algoritmini tuzing. Yechim. Ikkita rekursiv protsedurani qo‘llaydigan bo‘yash algoritmini yozamiz: PROT to‘g‘ri to‘rtburchakni bo‘ya BOSHLANISH AGAR EMAS bo‘yalgan U HOLDA yo‘lakni bo‘ya va qayt TAMOM TAMOM va PROT yo‘lakni bo‘ya va qayt BOSHLANISH TOKI yuqori bo‘sh BAJAR bo‘ya yuqoriga TAMOM TOKI quyi bo‘sh BAJAR quyiga TAMOM AGAR o‘ng bo‘sh U HOLDA o‘ngga to‘g‘ri to‘rtburchakni bo‘ya TAMOM TAMOM Endi algoritm bitta ko‘rsatmadan iborat bo‘ladi. to‘g‘ri to‘rtburchakni bo‘ya Bizning yechimimizda to‘g‘ri to‘rtburchakni bo‘ya protsedurasi yo‘lakni bo‘ya va qayt protsedurasini chaqiradi. O‘z navbatida, yo‘lakni bo‘ya va qayt protsedurasi to‘g‘ri to‘rtburchakni bo‘ya protsedurasini chaqiradi. Shunday qilib, to‘g‘ri to‘rtburchakni bo‘ya protsedurasi o‘zinio‘zi oraliq yo‘lakni bo‘ya va qayt protsedurasi orqali, yo‘lakni bo‘ya va qayt protsedurasi o‘zini o‘zi oraliq to‘g‘ri to‘rtburchakni bo‘ya protsedurasi orqali chaqiradi. Bu holda ikkala protsedurani rekursiv deb hisoblaymiz va ular bilan oddiy protsedura kabi muomala qilamiz. C++ dasturlash tilida funksiyalar o`z – o`zini chaqirish imkoniyatiga ega. Bunday funksiyalar rekursiyali (o`z – o`zini chaqiruvchi) funksiya deyiladi. Rekursiyali funksiyalarga qo`yiladigan asosiy talab, qandaydir qiymatda rekursiya 0- yolg`on yoki 1-rost qiymat qabul qilishi kerak. Shundagina chaqirilgan funksiyalar qaytadi. Aks holda funksiya o`z – o`zini davomli ravishda chaqiradi va xatolik sodir bo’ladi. Yüklə 61,58 Kb. Dostları ilə paylaş: 1 2 |