MAVZU: Massiv. Massiv tushunchasi. Bir o’lchovli massivlar.
REJA:
Massiv. Massiv tushunchasi
Bir o’lchovli massivlar
Bir o’lchovli massiv elementlarini kiritish
Bir o’lchovli massiv elementlarini chiqarish
Dastur strukturasi
Massiv tushunchasi.
Ko’p hollarda jadval yoki matritsalar ko’rinishidagi ma`lumotlar bilan ish yuritish kerak bo’ladi. Jadvalda ma`lumotlar juda ko’p bo’lgani sabab, ularning har bir yacheykasidagi sonni mos ravishda bitta o’zgaruvchiga qiymat qilib berilsa ular ustida ish bajarish ancha noqulayliklarga olib keladi. Shu sabab dasturlashda bunday muammolar massivlarni ishlatish yordamida hal qilinadi.
Massiv- bu bir nom bilan belgilangan qiymatlar guruhi yoki jadvaldir. Massivning har bir elementi massiv nomidan so’ng o’rta qavs ichiga olingan raqam va arifmetik ifoda yozish bilan belgilanadi. Qavs ichidagi raqam massiv indeksini belgilaydi. Vektorni bir o’lchovli massiv, matritsani ikki o’lchovli massiv deb qarash mumkin.
Bir o’lchovli massivda uning har bir elementi o’zining joylashgan o’rin nomeri bilan aniqlanadi va nomeri qavs ichida indeks bilan yoziladi.
Dasturda ikki asosiy tur ma`lumot strukturasi mavjud. Birinchisi statik, ikkinchisi dinamik.
1.Statik deganimizda xotirada egallagan joyi o’zgarmas, dastur boshida beriladigan strukturalarga aytamiz.
2. Dinamik ma`lumot teskari dastur davomida o’z xajmini egallalgan xotirasini o’zgartiradigan strukturalarga aytamiz.
Agar struktura bir xil kattalikdagi tiplardan tuzilgan bo’lsa, uning nomini massiv deb aytamiz. Massivlar dasturlashda eng ko’p qo’llaniladigan ma`lumotlar tiplaridir. Bundan tashqari strukturalar bir necha farqli tipdagi o’zgaruvchilardan tashkil topgan bo’lishi mumkin, buni klass deymiz.
Massiv deb – bir nom bilan ataluvchi, bir turga mansub bo’lgan, tartiblashgan kattaliklar ketma-ketligiga aytiladi.
Xotirada ketma-ket (regulyar) joylashgan bir xil turdagi qiymatlarga massiv deyiladi.
Odatda massivlarga zarurat, katta xajmdagi, lekin cheklangan miqdordagi va tartiblangan qiymatlarni qayta ishlash bilan bog’liq masalalarni echishga to’g’ri keladi.
Demak, massiv- bu fiksirlangan miqdordagi massiv elementlarining tartiblangan majmuasidir.
Barcha elementlar bir xil turda bo’lishi kerak va bu tur element turi yoki massiv uchun tayanch tur deb nomlanadi.
Massivni berilishi bir necha ko’rinishda bo’ladi.
M asalan:
1. vektor ko’rinishida
Masalan: 2, 4, 6, ..., N natural sonlardan iborat chiziqli massiv berilgan bo’lsin, uning elementlarini A[1]=2, A[2]=4, A[3]=6, ..., A[K]=2*(K+1), bu erda K— element nomeri, 2, 4, 6, ..., N — qiymatlari. Indeks (elementning tartib raqami) massiv nomidan so’ng kvadrat [ ] qavs ichida yoziladi.
2. matritsa ko’rinishda
Massiv elementlarining toifasi bazaviy toifa deb yuritiladi.
Masalan:
a=(a1,a2,a3,….,an); bu erda a- massiv nomi. a1,a2,a3,….,an - massiv elementlari
1,2,3,…, n- elementlar indeksi.
Massivning har bir elementi massiv nomi, hamda kvadrat qavsga olingan indeksi ko’rsatiladi:
<
Dostları ilə paylaş: |