Massiv. Massiv tushunchasi Bir o’lchovli massivlar Bir o’lchovli massiv elementlarini kiritish


Bir o’lchovli massiv elementlarini kiritish



Yüklə 259 Kb.
səhifə4/5
tarix02.01.2022
ölçüsü259 Kb.
#36661
1   2   3   4   5
Massivlar va ularga doir misollar

Bir o’lchovli massiv elementlarini kiritish.

1. cin>> a[i];

2. int w[]={3,7,90,78};

I. O’lchami ko’rsatilgan massiv elementlarini to’liq initsializatsiyalash:

int t[5]={-10,5,15,4,3};

Bunda 5 ta elementdan iborat bo’lgan t nomli bir o’lchamli massiv e`lon qilingan va uning barcha elementlariga boshlang’ich qiymatlar berilgan. Bu e`lon quyidagi e`lon bilan ekvivalent:

int t[5];  t[0] =-10; t[l]=5; t[2]=15; t[3]=4; t[4]=3;

II. O’lchami ko’rsatilgan massiv elementlarini to’liqmas initsializatsiyalash:

int t[5] = {-10,5,15};

Bu erda faqat massivning boshidagi uchta elementiga boshlang’ich qiymatlar berilgan. SHuni aytib o’tish keraki, massivning boshidagi yoki o’rtadagi elementlariga qiymatlar bermasdan, uning oxiridagi elementlarga boshlang’ich qiymat berish mumkin emas. Agarda massiv elementlariga boshlang’ich qiymat berilmasa, unda kelishuv bo’yicha static va extern modifikatori bilan e`lon qilingan massiv uchun elementlarning qiymati 0 soniga teng deb, avtomatik massivlar elementlarining boshlang’ich qiymatlari noma`lum hisoblanadi.

III. O’lchami ko’rsatilmagan massiv elementlarini to’liq initsializatsiyalash

int t[ ] = {-10, 5, 15, 4, 3};

Ushbu misolda massivni barcha elementlariga qiymatlar berilgan hisoblanadi, massiv uzunligi kompilyator tomonidan boshlang’ich qiymatlar soniga qarab aniqlanadi. Agarda massivni uzunligi berilmasa, boshlang’ich qiymati berilishi shart.


Yüklə 259 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin