Massiv. Massiv tushunchasi Bir o’lchovli massivlar Bir o’lchovli massiv elementlarini kiritish



Yüklə 259 Kb.
səhifə3/5
tarix02.01.2022
ölçüsü259 Kb.
#36661
1   2   3   4   5
Massivlar va ularga doir misollar

Bir o’lchovli massivlar

Qavs ichidagi indeks butun son yoki butun songa olib keluvchi ifoda bo’lishi mumkin. Massivlarni bir necha xil ko’rinishda yozish mumkin:

char name [20];

int grades [125]

float income [30]

double tel [1500]

Bu erda birinchi massiv nomi 20 elementdan iboratligi va massiv elementlariga murojat name[0], name[1],….. name[19].

Ikkinchi grades massivi 125 ta butun sonlardan iboratligi va murojat grades[0], grades[1], grades[3],…, grades[124].

Uchinchi massiv 30 ta xaqiqiy sonlardan iboratligi va murojat income[0], income[2],…..income[29].

To’rtinchi massiv 1500 ta ikki martalab aniqlikda bo’lgan haqiqiy sonlardir.

Masalan: yuqorida qo’llanilgan char tipidagi m massivini e`lon qilaylik.

char m[4]; bu erdagi 4 soni massivdagi elementlar miqdorini bildiradi.

Bir necha massivni e`londa bersak ham bo’ladi.

int m1[4], m2[99], k, l=0;

Masiv elementlari dastur davomida initsializatsiya qilishimiz mumkin, yoki boshlang’ich qiymatlarni e`lon vaqtida, { } qavslar ichida ham bersak bo’ladi. { } qavslardagi qiymatlar massiv initsializatsiya ro’yxati deyiladi.

int n[5] = {3, 5, -33, 5, 90};

YUqorida birinchi elementning qiymati 3, ikkinchisiniki 5 va x.k. oxirgi beshinchi element qiymati esa 90 bo’ladi.

{ } qavslar ichida berilgan boshlang’ich qiymatlar soni massivdagi elementlar sonidan katta bo’lmasligi kerak, aks holda sintaksis hatosi vujudga keladi.

Masalan:

Char k[3]={3,65,4,-76,90} //xato!!

Usta elementdan iborat massivga 5 dona boshlang’ich qiymat berilmoqda, bu xatodir.

Boshqa bir misol

Int w[]={3, 7, 90, 78};

w nomli massiv e`lon qilindi, lekin [ ] qavslar ichida massivdagi elementlar soni berilmadi.

Bunday holda necha elementga joy ajratishni kompilyator { } qavslar ichidagi boshlang’ich qiymatlarga qarab biladi. Demak, yuqoridagi misolda massivimiz 4 dona elementdan iborat ekan.


Yüklə 259 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin