Berdoq nomidagi

Bo'g'inlarning ham son, ham sifat jihatidan o'zgarishi

Yüklə 8,66 Kb.
səhifə2/2
tarix16.12.2023
ölçüsü8,66 Kb.
#181337
1   2
07.Mafoilun rukni tarmoqlari xaqida

Bo'g'inlarning ham son, ham sifat jihatidan o'zgarishi
natijasida hosil bo'lgan tarmoq ruknlar
Mafoiylun rukni tarkibidagi bo'g'inlarning ham son, ham sifat jihatidan o'zgarishi, ya’ni bo'g'inlaming tushirilishi, aynl vaqtda, cho'ziq bo'g'inlaming qisqa bo'g'inga yoki o'ta cho'ziq bo'g'inga aytantirilishi natijasida quyidagi tarmoq ruknlar hosil bo'ladi.
  • Foilun - «shatar» («aybli qilish») zihofiga duch kelishi tufayli birinchi bo'g’ini tushirilib, ayni vaqtda, uchinchi bo'g'lni qisqa bo'g'inga aylantirilgach, qolgan «foilun» qismi ashtar deb yuritiladi.
  • Faul- «xatm» («tishni sindirish») zihofiga duch kelib, keyingi ikki bo'g'inining tushirilishidan, ayni vaqtda, ikkinchi, cho'ziq bo'g'inning o'ta cho'ziq bo'g'inga aylantirilishidan hosil bo'ladi va axtam deb yuritiladi.
  • Mafolyl- «qasr» («qisqartirish») zihofiga duch kelib, oxirgi bo'g'inning tushirilishi va uchinchi, cho'ziq bo'g'inning o'ta cho'ziq bo'g'inga aytantirilishidan hosil bo'ladi va maqsur deb yuritiladi.
  • Maf’ulu - «xarb» («vayron qilish») zihofiga duch kelib, birinchi bo'g'inining tushirilishi, ayni vaqtda, to'rtinchi bo'g'inning qisqa bo'g'inga aylantirilishidan hosil bo'ladi. Bunday o'zgarlshdan so'ng qolgan «foiylu» qismi o'ziga teng maf’ulu rukni bilan almashtiriladi va axrab deb yuritiladi.
  • Fo’ - mafoiylun ruknining «zalal» («sonning go'shtsiz bo'lib qolishi») zihofiga duch kelib, birinchi, uchinchi va to'rtinchi bo'g'inlarining tushirilishi, ayni vaqtda, qolgan ikkinchi bo'g'inning o'ta cho'ziq bo'g'inga aylantirilishidan yuzaga keladi va azall deb yuritiladi.

Demak, mafoiylun ruknining turli zihoflarga duch kelishi natijasida uning quyidagi tarmoqlari (furu’lari) hosil bo'ladi:
  • Mafoiylon (V - - ~) - musabbag'
  • Mafoilun (V - V -) - maqbuz
  • Mafoiylu (V - - V) - makfuf
  • Mafoiyl (V - ~) - maqsur
  • Mafulun (- - -) - axram
  • Mafulu (- - V) - axrab
  • Faulun (V - - ) - mahzuf
  • Foilun (- V -) - ashtar
  • Faal (V -) - ajabb
  • Faul (V ~) - axtam
  • Fa’ (-) - abtar
  • Fo’(~) - azall

Mafoiylun ruknining tarmoqlari shu ruknning takrori asosiga qurllgan hazaj bahri vaznlarida, shuningdek, mafoiylun rukni ishtiroklda tuziladigan muzore’ bahrlarining vaznlarida qo'llaniladi.
Bahr - aruz she’riy o'lchov sistemasining asosiy turlaridan biri. Har qaysi bahr esa ko'plab vaznlarni - shu bahrning tarmoqlarini o'z ichiga oladi.
Vaznlarni aniqlash uchun she’riy asar baytlari, aksariyat, birinchi bayti - matlayi vaznga muvofiq o'qiladi. So'ng har qaysi misra bo'laklarga -ruknlarga ajratilib, ularning biz ko'rib o'tgan qaysi asl yoki tarmoq ruknlarga teng ekanligi og'zaki yoki yozma tarzda - sxemasini chizish yo'li bilan aniqlanadi. Tarmoq rukn qaysi asldan hosil qilingani belgilangach, bahr ma’lum bo'ladi.
Shundan keyin bir baytda shu rukn necha marta takrorlanganiga ko'ra vaznning 4, 6 yoki 6 ruknliligini yoxud murabba’, musaddas yoki musamman ekanligini bilib olamiz. Har qaysi ruknning nomini belgilab, shu bayt misralarida qaysi ruknlar Ishtirok etganini hisobga olib vaznni topamiz.

Foydalanilgan adabiyotlar
  • Aruz vazni va qoidalari va mumtoz peotika shıǵarmaları.

  • Dilnavoz Yusupova. Tashkent-2019
    Elektron ta'lim resurslari
  • www.tdpu.uz
  • www.pedagog.uz
  • www. Zıyanet.uz

Etiboringiz uchun
rahmat !!!
Yüklə 8,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə

yükləyin