BERDOQ NOMIDAGI QORAQALPOGʻISTON DAVLAT UNIVERSITETI San'atshunoslik fakulteti An'anaviy cholgʻu ijrochiligi yoʻnalishi 1- bosqich talabasi Kenjaboyev Asadbekning "Aruz va musiqa" fanidan tayyorlagan SLAYD ISHI Mavzu : Mafoilun rukni tarmoqlari xaqida
REJA: 1 Bo'g'inlarning son jihatidan o'zgarishi natijasida hosil bo'lgan tarmoq ruknlar 2 3 Bo'g'inlarning sifat jihatidan o'zgarishi natijasida hosil bo'lgan tarmoq ruknlar
Bo'g'inlarning ham son, ham sifat jihatidan o'zgarishi natijasida hosil bo'lgan tarmoq ruknlar
Bo'g'inlarning son jihatidan o'zgarishi natijasida hosil bo'lgan tarmoq ruknlar
Mafulun - mafoiylun ruknining «xarm» («burunni kesish») zihofiga duch kelib, birinchi qisqa bo'g'ini tushirilishidan hosil Im'ladi: mafoiylun ruknining birinchi bo'g'ini «ma» tushirilgach, qolgan foiylun qismi o'ziga teng mafulu rukni bilan almashtiriladi vn «burni kesik» ma’nosida axram deb yuritiladi.
Faulun - «hazf» («tashlash») zihofiga duch kelishdan hosil bo'ladi: mafoiylun ruknining oxirgi bo'g'ini «lun» tushiriladi v« qolgan «mafoiy» qismi o'ziga teng bo'lgan faulun rukni bilan rtlmashtiriladi va mahzufdeb yuritiladi.
Faal - «jabb» («bichish») zihofiga duch kelib, keyingi Ikki sababning tushirilishidan hosil bo'ladi: mafoyilun ruknining niylun» qismi tushirilgach, qolgan «mafo» qismi o'ziga teng faal rukni bilan almashtirllib, ajabb deb yuritiladi.
Fa - «batar» («ildizdan ag'darish») zihofiga duch kelishdan liosll bo'ladi: mafoiylun ruknining oldingi uch bo'g'ini - «mafoiy» qismi tushirilgach, qolgan «lun» qismi o'ziga teng fa’ rukni bilan rtlmashtiriladi va abtar deb yuritiladi.
Bo'g'inlarning sifat jihatidan o'zgarishi natijasida hosil bo'lgan tarmoq ruknla Mafoiylun rukni tarkibidagi bo'g'inlarning sifat jihatidan o'zgarishi, ya’ni cho'ziq bo'g'inlarning qisqa bo'g'inlarga va aksincha o’zgartirilishi natijasida quyidagi tarmoq ruknlar hosil bo'ladi:
Mafollun - «qabz» («ushlab qolish») zihofiga duch kelib, uchinchi, cho'ziq bo’g'inning qisqa bo'g'inga aylantirilishidan hosil bo'ladi va maqbuz deb yuritiladi.
Mafoiylu - «kaff» («qaytarish») zihofiga duch kelib. to'rtinchi cho'ziq bo'g'inining qisqa bo'g'inga aylantirilishidan hosil bo'ladi va makfuf deb yuritiladi.
Mafoiylon - «tasbig’» («to'ldirish») zihofiga duch kelib, oxirgi cho'ziq bo'g'inning o'ta cho'ziq bo'g'inga aylantirilishidan yuzaga keladi va musabbag' deb yuritiladi.