Поиск...
Поиск
YANGILIKLAR
RUKNLAR
O‘QITUVCHIGA YORDAM
TAHRIRIYAT
РЕДАКЦИЯ
РУБРИКИ
АРХИВ
В ПОМОЩЬ УЧИТЕЛЮ
Ma’rifat Ruknlar Xalq bilan muloqot Besh tashabbus yurt taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishga chorlamoqda
Besh tashabbus yurt taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishga chorlamoqda
Xalq bilan muloqot 6 / 04 / 2019
Besh tashabbus yurt taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishga chorlamoqda
Jamiyat taraqqiyotida, yurt, millat taqdirida o‘sib kelayotgan yosh avlodning jismoniy va ma’naviy barkamolligi, intellektual salohiyati muhim o‘rin tutadi. Zero, davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “Dunyo shiddat bilan o‘zgarib, barqarorlik va xalqlarning mustahkam rivojlanishiga raxna soladigan turli yangi tahdid va xavflar paydo bo‘layotgan bugungi kunda ma’naviyat va ma’rifatga, axloqiy tarbiya, yoshlarning bilim olish, kamolga yetishga intilishiga e’tibor qaratish har qachongidan ham muhimdir”.
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish, yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning barkamol bo‘lib voyaga yetishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish borasida bir qancha muhim hujjatlar qabul qilindi, amaliy ishlar yo‘lga qo‘yildi, muayyan natijalarga erishildi. Shunday bo‘lsa ham, bu borada bajariladigan ishlar hamisha keng ko‘lamli bo‘lib, o‘z dolzarbligini saqlab qolaveradi. Shu nuqtayi nazardan, Prezidentimiz rahbarligida 2019-yil 19-martda “Yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etishda madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari, kitob o‘qishga qiziqishini oshirish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni amalga oshirish to‘g‘risida” o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida yoshlarni rivojlantirishga qaratilgan masalalar muhokama qilindi va sohalarga taalluqli 5 ta muhim tashabbus ilgari surildi. Bular quyidagilar:
Birinchi tashabbus yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr, va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish bo‘yicha.
Ikkinchi tashabbus yoshlarni jismoniy chiniqtirish va sport sohasida o‘z qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratib berish masalalari bo‘yicha.
Uchinchi tashabbus aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish masalalari bo‘yicha.
To‘rtinchi tashabbus aholi, ayniqsa, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish masalalari bo‘yicha.
Beshinchi tashabbus xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash ishlarini tizimli tashkil etish masalalari bo‘yicha.
Mazkur tashabbuslar yosh avlodni har tomonlama mukammal tarbiyalash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli va samarali o‘tkazish ishlarini qamrab olgan bo‘lib, tegishli sohalar ishtirokida amalga oshirib boriladi. Yig‘ilishda har bir tashabbusning maqsadi aniq belgilanib, ijro etuvchi sohalarga tegishli vazifalar yuklatildi. Jumladan, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi ham to‘rtinchi tashabbus — aholi, ayniqsa, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish masalalari bo‘yicha mas’ul tashkilot sifatida jarayonda faol ishtirokchiga aylanadi. Markazda quyidagi yo‘nalishlarda amaliy ishlar olib borish yo‘lga qo‘yilmoqda:
1) tegishli tashkilotlar mas’ulligi va hamkorligida 1 oy muddatda mazmun va mohiyat nuqtayi nazaridan milliy ruhimiz, shonli tariximiz va vatanparvar ajdodlarimizga munosib bo‘lgan harbiy qasamyodning yangi matni bo‘yicha taklif tayyorlash;
2) Xalq ta’limi vazirligi mas’ulligida Yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda an’anaviy tarzda bir yilda ikki marotaba, 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni va 2-sentabr — Bilimlar kunida mamlakatimiz bo‘ylab o‘tkaziladigan “Qadrdon maktabimga kitob sovg‘a qilaman” shiori ostida aksiya tashkil qilish;
3) Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi mas’ul tashkilot sifatida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va Jurnalistlar uyushmasi bilan birgalikda, bir yilda bir marta — 9-fevral — buyuk ajdodimiz Alisher Navoiyning tavallud kunida e’lon qilinadigan “Bu yilda o‘qilishi zarur bo‘lgan 100 ta kitob” ro‘yxatini tuzib chiqish, ushbu kitoblarning yil davomida tele va radioefirlarda o‘qib borilishi, el tanigan ziyolilar orqali barcha turdagi ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda keng tashviqotini tashkil qilish;
4) Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi mas’ulligida Yozuvchilar uyushmasi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va O‘zbekiston musulmonlari idorasi bilan hamkorlikda jahon va o‘zbek adabiyoti, tariximiz va qadriyatlarimiz bilan bog‘liq sara asarlar, shuningdek, islom dini tarixi, islom dinining asl mazmun-mohiyati va yurtimizdan yetishib chiqqan buyuk allomalar haqida hikoya qiluvchi ixchamlashtirilgan matnlarni chop etish va audiokitoblar tayyorlashni ta’minlash;
5) Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi mas’ul tashkilot sifatida Yoshlar ittifoqi va Madaniyat vazirligi bilan birgalikda yoshlarni ma’naviy barkamol etib tarbiyalash, ularni yot g‘oyalar ta’siridan himoya qilish hamda kitobxonlikka keng jalb etishga qaratilgan ta’sirchan, tizimli, maqsadli va manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Bugungi kunda mazkur vazifalar ijrosi yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilib, zarur chora-tadbirlar belgilanib, taklif va tavsiyalar ishlab chiqilmoqda.
Davlatimiz rahbari tomonidan yosh avlodni tarbiyalash ishlariga bunday aniq va maqsadli yondashuv, tizimli va tartibli qat’iy munosabat barcha soha vakillarini, shuningdek, keng aholi qatlami, ayniqsa, yoshlarni yanada sergaklantirib, daxldorlik hissi va mas’ulligini oshirmoqda. Oliy hamda ezgu maqsadlar sari bir yoqadan bosh chiqarib, birgalikda harakat qilish, o‘zaro qo‘llab-quvvatlash orqali yuqori natijalarga erishish, yurt taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishga undamoqda.
Feruza AZIMOVA, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi bosh mutaxassisi
МУАССИСЛАР
Халқ таълими вазирлиги Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги Ўзбекистон таълим, фан ва маданият ходимлари касаба уюшмаси Республика кенгаши
РЕКЛАМА
Топ рейтинг www.uz
© 2015 - 2020 «Ma’rirat» — «Учитель Узбекистана» газеталари рухсатисиз сайт материалларини тарқатиш тақиқланади.Создание сайтов Life Style
Dostları ilə paylaş: |