Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2022: 5.947 Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7 479
w www.oriens.uz November 2022 Bunda biz ingliz tilidagi so`zlarni to`g`ri talaffuz qilishimiz uchun transkripsiyadan
foydalanamiz va o`rganishimizni yanada osonlashtiramiz. Lekin, transkripsiya
hamma uchun birdek emas. Bu yozuv ma`lum bir ehtiyoj uchun foydalaniladi holos.
Uning imkoniyatlari boshqa yozuv turlariga qaraganada biroz kamroq. Bu
yozuvning chet tillarini o`qish va o`qitishdagi ahamiyati va roli juda ham katta.
Hattoki, hozirgi kunda bu yo`nalishda Xalqaro Fonetik Assotsatsiyasining lotin
tili
grafikasi
asosida
yaratilgan
transkripsiyasi
ham
keng
qo`llaniladi.
Transkripsiyaning yana bir tarmog`i bu –
transliteratsiya hisoblanadi.
Transliteratsiya bu bir tildagi belgi yoki harflarni ikkinchi tildagi belgi va harflar
bilan ifodalashdir. Misol uchun, ingliz tilidagi
summit so`zining transkripsiyasi
[s/\mit] yoki
card so`zi [ka:d] bo`ladi. Bu bizga talaffuzimizni yaxshilashimizga
yordam beradi.
Bugungi kundagi zamonaviy yozuvlardan biri bu ko`zlari ko`r insonlar uchun
yozuv hisoblanadi. Bu yozuv o`z ichiga Brayl alifbosini oladi. Brayl alifbosi – bu
bo`rtma harflardan iborat shriftlar. Bu alifbo L.Brayl tomonidan yaratilgan. Brayl
shrift asosida 6 nuqtani turli vaziyatlarda qo`llash yotadi. Lekin ixtirochi bu alifboga
lotin tilidagi harflar ketma ketligini asos qilib olgan. Bu alifbo bo`yicha o`zbek
yozuvchilaridan A. Qodiriy (“O`tgan kunlar”) va V. G`afurov (“Vafodor”) asarlari
nashr qilingan. Ko`zi ojizlar uchun hozirgi kunda bu yozuv tufayli juda ko`plab
kitoblar shu yozuv bo`yicha nashr qilinyapti. Nafaqat kitoblar, balki, elektron
ma`lumotlar ham ular uchun maxsus ishlab chiqilyapti. Bu ular uchun juda ham
katta imkoniyatlarni ochib beradi.
XULOSA Yuqorida keltirilgan barcha ma`lumotlardan shunday xulosaga kelishimiz
mumkinki, yozuvning hayotimizdagi ahamiyati biz tasavvur qilganimizdan ko`ra
ko`proq. Har bir rivojlanayotgan til uchun yozuvning o`rni beqiyos. Chunki til
rivojlanishi uchun ham yozuv kerak. Yozuvlarning barcha turi esa o`ziga hos
vazifani bajaradi. Biz har xil vaziyatlarda har xil yozuv turlaridan foydalanamiz.
Faqat asosiy muammo yozuvlardan to`g`ri aniq foydalanishdir. Buning uchun esa
yozuv haqida umumiy tushunchaga ega bo`lishimiz kerak.
REFERENCES 1.
Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish. Toshkent 2007.
2.
M.T. Irisqulov. “Tilshunoslikka kirish”. Toshkent. “Yangi asr avlodi” 2009
3.
Prof. Karimov S.A “Tilshunoslik nazariyasi” Samarqand 2012
4.
O`zME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil