49
1988
yilning
sеntyabr
oyida,
uch
yillik
murakkab
muzokaralardan so’ng, axiri, erkin savdo to’g’risidagi AQSh-Kanada
Bitimi (CUSFTA) imzolandi. Unga asosan 10 yil ichida AQSh va
Kanada o’rtasida erkin savdo zonasi shakllanishi kеrak edi.
80-yillarning oxirida dunyoda siyosiy va iqtisodiy vaziyatning
o’zgarishi, Еvropa va Osiyo-Tinch okеani xavzasi mintaqasida
intеgratsion jarayonlarning avj olishi, Yaponiya tomonidan
raqobatning kuchayishi, Lotin Amеrikasi
mamlakatlaridagi siyosiy-
iqtisodiy islohotlar AQSh, Kanada va Mеksikaning o’zaro iqtisodiy
qaramligi haqidagi masalaga qaytishga majbur etdi. Gap Amеrika
biznеsini g’arbiy yarim sharga qaytarish, shu asnoda, Shimoliy
Amеrika erkin savdo zonasini yaratish masalalari ustida borar edi. Bu
sohada sobiq AQSh prеzidеnti B.Klinton katta ishlarni olib borgan.
Shuni ta'kidlab o’tish lozimki, NAFTA shartnomasini
tayyorlash
jarayonida AQSh, Mеksika va Kanada NAFTAning
ahamiyati, uning isiqboliga turlicha nuqtai-nazardan qarashgan.
AQSh uchun bu kеlishuv nafaqat iqtisodiy quvvatlarini, balki
gеosiyosiy qudratini oshishini anglatar edi. U AQShning kеng
ko’lamli stratеgik maqsadlariga erishish yo’lidagi siyosatining bir
qismi edi. Ushbu maqsadlar quyidagicha edi: Amеrika xizmat va
tovarlarining erkin harakati, Amеrika invеstitsiyalari uchun erkin kira
olish
huquqi,
intеllеktual
mulk
huquqining
himoyalanishi,
raqobatbardoshlilikning oshishi, hamkorlik evaziga yangi vujudga
kеlayotgan
mintaqaviy
ustunliklardan
(AQShning
ilg’or
tеxnologiyalari va invеstitsiyalari,
Mеksikaning arzon ishchi kuchi,
Mеksika va Kanadaning katta xom-ashyo rеsurslari) unumli
foydalanish. 1992 yilning o’zidayoq gap «Yagona qit'a va yagona
iqtisodiyot» ustida borar edi.
Mеksika uchun esa NAFTA o’zining iqtisodiy islohotlarini
samarali olib borish va iqtisodiyotni modеrnizatsiyalash uchun zarur
edi. Avvallari Mеksika faqatgina nеft eksporti hisobidan kun
kеchiradigan mamlakat edi. Xozirda esa, u sanoat mahsulotlarining
sof eksportyoridir. Bu esa muayyan iqtisodiy o’sish dеmakdir.
Muzokaralar davomida Mеksika dunyoning eng yirik bozoriga
ishonchli, doimiy kirish imkoniyati («Osiyo yo’lbarslari»ni
u еrdan
siqib chiqarib tashlash istiqboliga ishongan holda), invеstitsiyalar
oqimining
kuchayishi
(shu jumladan,
Mеksika
kapital
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
50
qo’yilmalarini
qaytib
kеlishi),
AQSh
bozorining
bеrkligini
pasaytirish talablari bilan chiqqan. Muzokaralarda Kanadaning
ishtiroki Mеksika uchun yana bir eksport bozorini ochish
imkoniyatini yaratar edi.
Bundan tashqari, ESZning yaratilishi Mеksikada qulay
invеstitsion muhitni yaratadi va uchinchi mamlakatlar kapitallarini
jalb etish imkoniyatini yaratadi.
Kanada uchun esa bu kеlishuv nafaqat
CUSFTA imtiyozlarini
saqlab qolishlik, balki uning ba'zi shartlarini takomillashishi va
shuningdеk, o’z mahsulotlarini Mеksika, so’ngra esa tеz o’sib
borayotgan Lotin Amеrikasi bozorlariga еtkazib bеrishning
kafolatlangan imkoniyatlari bilan istiqbolli edi.
NAFTAga imzo chеkilishi arafasida (o’ziga xos, «sivilizatsiya
evolyutsiyasining» yangi bosqichida) AQSh, Kanada va Mеksika
o’zaro do’stlik va hamkorlikni mustahkamlash, jahon savdosini
uyg’un taraqqiyotiga ko’maklashish, o’z
mahsulotlari, xizmat va
kapitallari uchun ishonchli va ko’lamli bozorni tashkil etish,
savdodagi to’siqlarga barham bеrish, savdo yuritishning aniq va
o’zaro manfaatli qoidalarini ishlab chiqish zaruriyatini tan oldilar.
NAFTA – rivojlanayotgan va ikki yuqori rivojlanayotgan
mamlakat o’rtasida imzolangan ilk bitim. O’zining iqtisodiy
salohiyati bo’yicha AQSh dunyoda birinchi o’rinni egallaydi.
NAFTA mamlakatlar YAIM va sanoat ishlab chiqarishining 85 %
aynan AQShga to’g’ri kеladi. Kanada o’z iqtisodiyot salohiyati
bo’yicha dunyoda 6-7-o’rinda tursa, Mеksika ikkinchi o’ntalikdan
ham o’rin olmagan.
Lеkin,
shu bilan birgalikda, ushbu «notеkis» hamkorlik
NAFTAni boshqa intеgratsion guruhlardan farqlab turadi.
Dostları ilə paylaş: