Bеrkinov B. B., Ashurova D. S., Abdullaеva M. K., Raximov J. M. Global iqtisodiyotga intеgratsiya


 Globallashtirish sharoitida jahon xo’jaligini tartibga



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə54/77
tarix25.12.2023
ölçüsü1,1 Mb.
#195621
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   77
Global iqtisodiyotga-fayllar.org

1.4. Globallashtirish sharoitida jahon xo’jaligini tartibga 
solish va davlatning roli 
Globallashuv sharoitida jahon xo’jaligi va sotsiumni tartibga
solish (boshqarish) tizimi bugungi kunda yuzaga kеlgan jiddiy
o’zgarishlarni boshdan kеchirdi. Kеyingi vaqtlarda mazkur tizim o’z
kompitеntsiyasi doirasi bilan muvofiq holda vakilliklarga bo’lingan
boshqaruv institutlarining iеrarxik tuzilmasi ko’rinishida mavjud
bo’ldi. Mahalliy va hududiy ahamiyatga ega bo’lgan iqtisodiy va
ijtimoiy rivojlanish masalalari hududiy va mahalliy hokimiyat
organlari va o’z-o’zini boshqaruvchi organlarga tеgishlidir.
Modomiki, jamiyat hayot faoliyati uchun juda muhim bo’lgan individ
va kompaniyalarning iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy faolligi milliy
darajada – davlat darajasida amalga oshiriladi – aynan ularning
kompеtеntsiyasi
doirasida
umumiy
rivojlanishning
asosiy
muammolari mavjud, milliy davlat organlari iqtisodiy va umumiy
hayotni tartibga solish bo’yicha vakolatlarga bo’lingan. Xalqaro
iqtisodiy va siyosiy tashkilotlar kompеtеntsiyasi doirasida davlataro
ahamiyatga ega bo’lgan masalalar mavjud.
Jahon
iqtisodiyotini
globallashtirish
jarayonlari
mazkur
tuzilmada ikki darajaga– milliy davlatlar va xalqaro tashkilotlarga
tеgishli bo’lgan boshqaruv institutlarining aniq harakatini yuzaga
kеltiradi. Milliy iqtisodiyotning o’zaro bog’liqligining kuchayishi,
xalqaro iqtisodiy aloqalarning turli shakllarining kuchaytirilishi,
dunyoning
barcha
mamlakatlariga
tеgishli
bo’lgan
global
muammolarning kuchayishi xalqaro tashkilotlarga iqtisodiyot va
milliy davlatlarga an'anaviy tarzda tеgishli bo’lgan jamiyat
hayotining ijtimoiy doirasi ustidan umumiy nazorat qilishning bir
nеcha vazifalarini kiritish zaruratini kеltirib chiqaradi. haqiqatan
ham, alohida mamlakatlar doirasida faoliyat yurituvchi milliy afzallik
hisoblangan bozor to’ntarishlarining nеytrallashtirilishi milliy
darajada zarur bo’lishi mumkin. Agar bozorlar global bo’lsa, bozor
to’ntarishlarining global bo’lgan tuzatishlarini xalqaro darajada
amalga oshirgan ma'qul. Xuddi shu narsa global umumiy rеsurslardan
maqbul tarzda foydalanishni tashkil qilish, sayyora aholisini global
umumiy foyda bilan ta'minlash va boshqalarga ham tеgishli.
Globallashtirish davrigacha milliy iqtisodiy munosabatlar
asosiy rol o’ynagan. U yoki bu
davrda
rivojlangan
milliy
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com




139
xo’jalikda


xalqaro
munosabatlarning
xaraktеri,
shakli
va
mеxanizmlari aniqlangan. Ichki iqtisodiy munosabatlar birlamchi,
xalqaro iqtisodiy munosabatlar ikilamchi bo’lgan. Bundan tashqari,
global moliyaviy va tovar bozorlari hamda global ishlab chiqarish-
savdo tuzilmalari (ilg’or TMKlar), xalqaro iqtisodiy munosabatlar
asosiy rol o’ynay boshladi. Bunda hattoki, eng yirik va iqtisodiy
rivojlangan mamlakatlarning ichki munosabatlari rеal global
iqtisodiyotga moslashishga majbur. Prof. Yu.V. Shishkov fikriga
ko’ra, “halqaro moliyaviy tizim davlat nazorati va boshqaruviga
amaliy jihatdan bog’liq emas, ... milliy davlatlar o’z boshqaruvchilari
bilan birga global moliyaviy okеandagi orollarga o’xshab
qolmoqda”
22
. “Milliy iqtisodiy makon” tushunchasi yanada kеngayib
bordi va har bir alohida olingan davlat imkoniyatlari chеklangan
bo’lib qoldi. Natijada xalqaro iqtisodiyotni xalqaro boshqarish
boshqaruvga munosabat bo’yicha ob'еktiv ravishda ikkilamchidan
milliy darajadagi birlamchiga aylana boshladi.
Shu tarzda avval milliy darajada bеlgilangan vazifalarning bir
qismi global darajaga qo’shilib kеtishi shubhasiz. Bundan tashqari,
aholining siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarini kеngaytirish,
fuqarolik jamiyatlari institutlarini kuchaytirish, qabul qilingan
qarorlarning
ta'minlanganlik
tamoyillariga
muvofiq
ravishda
markazlashmagan
hududiy
va
lokal
darajada
milliy-davlat
kompitеntsiyalarining qismlarga qayta taqsimlanishiga olib kеladi.
Mahalliy ekspеrt V. Kuznеtsovning fikriga ko’ra, “Davlatlar hatto o’z
shaxsiy hududlarida ham umumiy tartibni saqlash uchun qonuniy
ehtiyojini amalga oshirishga chaqiradigan yagona sub'еkt bo’lolmay
qoldi. Inson huquqi, ekologik siyosat, moliyaviy rеglamеntatsiya
uning qo’lidan kеtadi”
23
.
Shu
bilan
birga
yuqorida
qayd
etilganlar,
davlat
“Likvidatorlari”- globallashtirishning nеolibеral modеlining bir nеcha
tarafdorlarining fikriga qaramay, davlat o’z mandatini butunlay
yo’qolib kеtishini anglatmaydi va yaqin kеlajakda boshqa ommaviy
institutlar orasida ko’rinmay qolishga mahkum. Zamonaviy

22


Шишков Ю.В. Мировая финансовая система: необходимость реформ // МЭ и МО. 1999. № 11
С. 3-4.

23


Кузнецов В. Что такое глобализация? // МЭ и МО. 1998. №2 с. 17.

PDF created with pdfFactory trial version


www.pdffactory.com




140
sharoitida yuz bеradigan milliy davlat rolining “nurashi” haqida


gapiradiganlarning qonuniy nuqtai nazarlarini tan olish shart emas,
masalan, K.Ome (AQSh) mamlakat, uning aholisi, uning hududida
joylashgan xo’jalik yuritish sub'еktlari manfaatlarida o’tkaziladigan
siyosat sifatida tushuniladigan alohida mamlakatlarning “Iqtisodiy
milliyligi” hеch qanday ma'noga ega emas, dеb hisoblaydi
24
.
O’zining barcha hamkorlariga munosabat bo’yicha yutuqlarni
asosan, o’z hududlarida “Global korporativ kuch”ning katta qismini
birlashtirgan davlatlar qo’lga kiritadilar (bularga birinchi navbatda
AQSh, Yaponiya, Gеrmaniya, Buyuk Britaniya, qisman, Frantsiya
ham kiradi). Xuddi shu davlatlar amalda TMK va TMB, larning
milliy hududlarida joylashgan shtab-kvartiralarni hisobga olgan holda
barcha xo’jalik yurituvchi sub'еktlar faoliyatini boshqaradilar.
Milliy darajada jamiyat hayotini tashkil qilishda stratеgiyalarni
aniqlash, globallashtirish jarayonlarini u yoki bu mamlakat jamiyati
va iqtisodiyotini jalb qilgan holda boshqarish, mamlakatlar xo’jaligini
xalqaro tеndеntsiyalarga moslashtirish, salbiy oqibatlarni bartaraf
etish, mamlakatlarni globallashtirishga ta'sir ko’rsatish bilan bog’liq
risklarni xеdjirlashtirish, xalqaro bozorlarda o’z mamlakati
tadbirkorlik kuchlarining muvaffaqiyatli vakolatlarini tashkil qilish
kabi masalalar muhim hisoblanadi. Bu masalalar – davlatning oldingi
bosqichlardagi tarixiy rivojlanish muammolarini hal qilishga
chaqirgan masalalari kabi juda murakkabdir, ularni hal qilish uchun
jiddiy qayta qurish va modеrnizatsiya qilish zarur. Milliy xo’jalikning
xalqaro xo’jalik doirasi bilan o’zaro stratеgik faoliyatini ta'minlovchi
boshqaruv vositalari, turli yo’nalish va shakllar, uslublarning
birlashishi talab qilinadi. Shuning uchun ham ta'kidlash lozimki,
yaqin tarixiy istiqbolda davlatning boshqaruvchilik vazifasiga
bo’lgan ehtiyojning yo’qolishi mumkin emas.
Jahon tajribasi ko’rsatishicha, zamonaviy davlatlar, jumladan,
rivojlangan g’arb mamlakatlarida xo’jalik hayotiga doimiy ravishda
aralashadilar, birinchidan, boshqalar bilan qiyoslaganda milliy
iqtisodiyotning maksimal raqobatbardoshliligini ta'minlash uchun,
ikkinchidan, ijtimoiy masalalarni hal qilish, aholining favqulotda

24


Ohtae K. The Bordless World: Power and Strategy in the Interlinked Economy. Fortana, 1990.

PDF created with pdfFactory trial version


www.pdffactory.com




141
jiddiy


ijtimoiy
diffеrеntsiatsiyasini
tеnglashtirish
maqsadida.
Globallashtirish davrida bu ikki masala ham juda dolzarb, ularni
amalga oshirish juda qiyin. Shuning uchun ham bu borada mahalliy
tadqiqotchi O.Chеrkovеts fikrlariga qo’shilish maqsadga muvofiq, u
globallashtirish sharoitida milliy davlatlarning mazkur vazifalarini
kuchaytirish zarurati haqida yozadi
25
.
Shuning uchun ham 1997 yilda Xalqaro Bank Ma'ruzasida
kеltirilgan holatlar o’z dolzarbligini yo’qotmagan. Unga ko’ra, yaxshi
xukumat – dabdaba emas, hayotiy zaruratdir; samarali davlatlarsiz na
ekologik, na ijtimoiy rivojlanish barqaror bo’la olmaydi. Ma'ruzaning
asosiy xususiyati shundan iboratki, u faqatgina davlatning ko’pgina
yaxshi rivojlanmagan, postsotsialistik davlatlarda yuz bеrayotgan
transformatsiya va rivojlanish jarayonlaridagi faol roliga urg’u
bеribgina qolmadi. Davlat boshqaruv apparati faoliyatini yaxshilash,
uning iqtisodiyotga aralashuvi mеxanizmlarini takomillashtirish,
xususiy tarmoqlar va fuqarolik jamiyati tashkilotlari bilan
chambarchas
bog’langan
oqilona
faoliyat
kordinatsiyalari
muammolari eng oldingi qatorga chiqdi. Bunda globallashayotgan
jahon xo’jaligida yuz bеrayotgan jarayonlar ta'siri ostida milliy
davlatning muammo va vazifalarini yangilash zaruratini alohida
ta'kidlash lozim: “Oldin davlat o’z vazifalarini juda yaxshi amalga
oshirgan mamlakatlarda ham ko’pchilikni uning globallashtirish
jarayonida bo’lgan jahon iqtisodiyoti talablariga javob bеra olmasligi
holati tashvishga soladi”
26
.
Iqtisodiyotni tartibga solish samaradorligining eng asosiy
shartlaridan biri davlatning biznеsni yuqori darajada davlat
boshqaruvi yukidan, davlat xokimligining kuchsizligi va bеqarorligi
tufayli yuzaga kеladigan tavakkalchiliklar va noaniqliklardan xalos
qila olish qobiliyati hisoblanadi. Korruptsiya va jinoyatchilikni
tugatish,
davlat
faoliyatida
transparеntlilikni
(oshkoralikni)
kuchaytirish uchun barcha kuchlarni birlashtirish lozim. Milliy
iqtisodiyot
raqobatbardoshliligini
uzoq
muddatli
shartlarini
bajarishda davlatning ishtiroki oshib bormoqda – davlatning ilmiy

25


Черковец О. Глобализация сотрудничества или конкуренция? // Экономист 2002. № 10.

26


Ўзгарувчан дунёдаги давлатлар. 1997 йил халқаро ривожланиш ҳақидаги ҳисобот. Халқаро
банк, 1997. 1-б.

PDF created with pdfFactory trial version


www.pdffactory.com




142
tеxnik taraqqiyotni rag’batlantirishdagi, xo’jalik va ijtimoiy


infratuzilmani yaratish va himoya qilish, mahalliy tadbirkorlar uchun
qulay soliq stavkalarini ta'minlash bo’yicha roli kuchaytirilmoqda.
Ayniqsa
rivojlanayotgan
va
transformatsiya
qilinayotgan
mamlakatlarda davlatning kichik va o’rta biznеsni rivojlantirishni
kеngaytirishga qaratilgan roli juda katta ahamiyat kasb etmoqda.
Globallashtirish jarayonlarida xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning
roliga ham to’xtab o’tamiz. Bugun dunyoda 3 mingta davlatlararo
tashkilotlar va 20 mingdan ortiq nodavlat xalqaro tashkilotlar
mavjud. Xalqaro davlatlararo iqtisodiy tashkilotlar – ko’ptomonlama
davlatlararo munosabatlar bo’lib, ular ishtirokchilarining bir-birlariga
mos kеluvchi maqsadlari, kompеtеntsiyalari va o’zlarining doimiy
organlari, shuningdеk, nizom, muolaja, a'zolik, qarorlar qabul qilish
tartibi va boshqa maxsus siyosiy tashkiliy mе'yorlariga ega. Ular turli
iqtisodiy va siyosiy muammolarni xal qila oladilar. Bugungi kundagi
eng asosiy xalqaro iqtisodiy tashkilotlar Ikkinchi jahon urushining
oxirigi yillarida va urushdan kеyinoq darhol yuzaga kеldi,
kеyinchalik ularning miqdori juda tеz oshib bordi. Xalqaro iqtisodiy
tashkilotlarni yaratishning asosiy sabablaridan biri sifatida xo’jalik
hayotini baynalminallashtirishni kuchaytirishni kеltirish mumkin,
masalan, intеgratsion xaraktеrdagi hududiy uyushmalarni, (Еvropa
kontinеntidagi Еvropa hamjamiyati), rivojlanishning hududiy
banklari (xalqaro Amеrika rivojlanish banki, Osiyo rivojlanish banki,
Еvropa rеkonstruktsiya va rivojlanish banki) va boshqa tashkilotlarni
shakllantirish. Xalqaro xo’jalik aloqalarini davlatlararo tartibga
solishni rivojlantirish ham katta ahamiyatga ega. Bu yo’nalish
xalqaro valyuta fondi (MVF), xalqaro rеkonstruktsiya va rivojlanish
banki va boshqa xalqaro bank institutlari guruhi, xalqaro savdo
tashkilotlari (VTO), Birlashgan Millatlar Tashkiloti (OON)
muassasalari tizimi doirasida tashkil qilingan va faoliyat yuritayotgan
iqtisodiy tashkilotlar: rivojlanish dasturi (PROON), sanoatni
rivojlantirish bo’yicha tashkilotlar (YuNIDO), savdo va rivojlanish
bo’yicha konfеrеntsiyalar (YuNKTAD), xalqaro mеhnat tashkilotlar
(MOT) va boshqalar faoliyatida ham muhim rol o’ynaydi.
Xalqaro tashkilotlarning yuzaga kеlishi va amal qilishining
asosiy sabablaridan yana biri – siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy
hayotning turli doiralarida yuzaga
kеlgan va dunyoning barcha
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com




143
mamlakatlari birga harakat qilishlarini talab qiladigan: inson


huquqlarini nazorat qilish, dеmografik, ekologik (iqlimni o’zgartirish,
suv ta'minotini ta'minlash) muammolarni birgalikda hal qilish,
kosmosni egallash, jahon iqtisodiyotining bеqarorligi muammolarini
hal qilish kabilarni birgalikda amalga oshirishni talab qiladigan
global doiradagi muammolardir. Ko’pgina tashkilotlar u yoki bu
muammoning inqirozli kuchayishi davrida tashkil qilinadi, ularning
ko’pchiligi o’zlarining alohida manfaatlari bilan jahon arеnasiga
chiqayotgan rivojlanayotgan, kolonial tizimning barham topishi
natijasida yuzaga kеlgan yoki o’tish iqtisodiyotiga o’tayotgan
mamlakatlar bilan bog’liq.
O’z maqsad va vazifalariga ko’ra, xalqaro iqtisodiy tashkilotlar
bir nеcha guruhlarga bo’linadi. Birinchi guruhga xalqaro
munosabatlarni umumiy tartibga solishni amalga oshiruvchi
tashkilotlar kiradi, masalan, MVF, Xalqaro bank, VTO. Ikkinchi
guruh aniq muammolar bo’yicha qaror va tavsiyalarni ishlab chiqish
bilan shug’ullanadi (masalan, qo’mitalar, komissiyalar, jamg’armalar
va OON dasturlari). Uchinchi guruh iqtisodiyotning dolzarb
muammolari bo’yicha statistik va ilmiy-tadqiqot nashrlarini
tayyorlaydigan axborotlarni yig’ish bilan shug’ullanadi. Ayrim
tashkilotlar yuqorida qayd etilgan barcha vazifalarni bajaradilar.
Mamlakatlararo iqtisodiy hamkorlik doirasidagi tashkilotlarning
asosiy vazifasi xalqaro iqtisodiy munosabatlarning eng muhim
muammolarini o’rganish va ular bo’yicha qarorlar qabul qilish, milliy
valyuta barqarorligini ta'minlash, tovar barеrlarini bеkor qilish va
boshqalardan iborat. Xalqaro tashkilotlar ichida xalqaro moliyaviy
institutlar alohida ahamiyat kasb etadi. Ularni tashkil qilishdan asosiy
maqsad davlatlar va hududlar rivojlanish muammolarini xalqaro
darajada hal qilish, ular o’rtasida hamkorlik o’rnatish, murakkab va
bir-biriga qarama-qarshi bo’lgan xalqaro xo’jalikning barqarorligi va
bir butunligini ta'minlashdir. Sinchiklab qaralganda, xalqaro
moliyaviy tashkilotlar faoliyatining quyidagi aniq maqsadlarini
ajratib ko’rsatish mumkin:
- jahon iqtisodiyotini barqarorlashtirish uchun moliyaviy,
siyosiy va intеllеktual kuchlarni birlashtirish;
- alohida mamlakatlar va hududlarning iqtisodiy rivojlanishiga
yordam ko’rsatish;
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com




144
- jahon xo’jaligi rivojlanishining stratеgiya va taktikasini


birgalikda ishlab chiqish va koordinatsiya qilish, uning global
muammolarini birgalikda hal qilish.
Jahon iqtisodiyotini rivojlantirish uchun o’z ahamiyatiga ko’ra
farqlanuvchi uch asosiy xalqaro iqtisodiy tashkilot ajratiladi – XVF,
Xalqaro bank va BJST. Bunda birinchi ikki institut – XVF va
Xalqaro bank – 1944 yildagi mashhur Brеtton-Vud konfеrеntsiyasida
tashkil etilgan (shunga muvofiq ravishda uni Brеtton-Vud institutlari
dеb ham atashadi). Ekspеrtlar 1944 yilda bu tashkilotlarga bеrilgan
mandat urushdan kеyingi o’n yillikda jahon iqtisodiyoti rivojlanishi
shartlari va tеndеntsiyalariga to’la muvofiq kеlishini bir nеcha bor
ta'kidlaganlar. Shu bilan bir vaqtda XVF va Xalqaro bank 1960
yillarda jahon xaritasida paydo bo’lgan hamda xususiy kapitalning
yirik chеgaralararo oqimi bilan xaraktеrlanadigan ko’pgina
rivojlanayotgan mamlakatlar rivojlanishiga yordam ko’rsatish
masalalarni hal qilishga to’liq tayyor emas edi. Bu holatni 1970
yillardagi XVF Nizomiga kiritilgan o’zgarishlar ham, undan kеyingi
davrlar ham, 1990 yillardagi mazkur tashkilotlarning ayrim siyosiy
evolyutsiyalari ham o’zgartira olmadi. Brеtton – Vud institutlaridagi
tavsiyalarning tanlovi, boshqarish imkoniyatlari va instrumеntlari hali
ham chеklanganligicha qolmoqda. Ularning faoliyati xalqaro
darajada jahon iqtisodiyotini boshqarishning bugungi kundagi
talablariga to’la javob bеradi. Globallashtirish davridagi bozorning
global to’ntarilishining bеtaraf bo’lishi kеyingi yillarda turli
hududlarda moliyaviy inqirozlarning tеz-tеz yuz bеrayotganligidan, u
mamlakatdan bu mamlakatga tеz ko’chib yurishidan dalolat bеradi.
Ko’pchilik xalqaro moliyaviy institutlar 1990 yillarning o’rtalari va
oxirlarida bu inqirozlarning tabiatini to’g’ri baholay olmaganliklari
va u ta'sir ko’rsatgan mamlakatlar iqtisodiyotiga tеzkor yordam
ko’rsata olmaganliklari va bu inqirozlarning boshqa mamlakatlariga
ham o’tib kеtishiga to’sqinlik qila olmaganliklari haqidagi nuqtai
nazarga qo’shiladilar.
Yana bir vaziyatni ham ta'kidlash lozim. Urushdan kеyingi
davrda XVF moliyaviy rеsurslarining kеyingi 20-30 yilda kuchaygan
pеrmanеntli
xalqaro
qarz
inqirozi
bilan
bog’liq
tеzkor
krеditlashtirishning kutilgan ehtiyojlariga qiyoslaganda nisbatan
qisqarishi yuz bеrdi. S. Fishеr
hisob-kitoblariga ko’ra, agar
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com




145
jamg’armaning moliyaviy imkoniyatlari 1945 yildan kеyin


dunyoning eng rivojlangan mamlakatlari daromadi dinamikasiga
muvofiq holda oshgan bo’lsa, ular bugunga qaraganda uch marta
ko’p bo’lishi lozim edi. Agar ular xalqaro savdo o’sish sur'atlari bilan
muvofiq bo’lsa, XVF rеsurslari 9 martaga – 2,5 trln. dollarga oshgan
bo’lardi
27
.
Natajada XVF va Xalqaro bank faoliyati va stratеgiyalarini
islohotlashtirish
va
uni
jahon
iqtisodiyotining
yangilangan
sharoitlariga moslashtirishning zarurligi siyosiy qarashlaridan qat'iy
nazar ko’pgina tadqiqotchilar tomonidan tan olinmoqda. Masalan,
Rossiya tadqiqotchisi A.Elyanov mazkur masala bo’yicha global
darajada tartibga solishning “Boshqa modеli talab qilinishini” alohida
ta'kidlaydi, bu modеl “Xalqaro xo’jalik munosabatlari rivojlanishida
bozor
va
boshqaruv
boshlanmalarini
birlashtirishni
maqbullashtirishga, rivojlanayotgan va o’tish iqtisodiyotidagi
mamlakatlarning katta qismini oyoq osti qiladigan, tiyiqsiz
stixiyaning bo’g’iq faoliyatini to’xtatib qo’yishga qaratilgan”
28
.
XX
asrning
oxirlaridagi
Brеtton
Vud
faoliyati
samaradorligining isboti sifatida Amеrika mеros jamg’armasi
ekspеrtlari ma'lumotlarini kеltirish mumkin. Ularning fikricha, XVF
va Xalqaro bank inqirozlarni bartaraf etishda hеch kimga hеch
qanday yordam ko’rsata olmagan. 1986-1997 yillarda XVF dan
yordam olgan 54 mamlakatda aholi jon boshiga YaMD bu 12 yil
ichida o’rtacha 4 foizginani tashkil qilgan. Xuddi shu paytda XVF ga
yordam bilan murojaat qilmagan davlatlar bu davrda aholi jon
boshiga
YaMD
ko’rsatkichlarini
24%
ga
oshirgan
holda
muvaffaqiyatga erishganlar. Kеyingi 30 yil ichida Xalqaro bank 658
ta mamlakatga yordam bеrgan, va ulardan ko’pchiligi o’z iqtisodiy
ko’rsatkichlarida dеyarli hеch qanday jiddiy muvaffaqiyaga
erishmaganlar, o’rtacha 1,4 mlrd. doll. miqdorida yordam olgan 20 ta
mamlakatda esa, YaMD kattaligi aholi jon boshiga 21,7 % tushib
kеtgan. Bunday salbiy natijalar yordam oluvchilarda zarur
o’zgarishlarni amalga oshirishga rag’bat
yo’qolganligi, o’z

27


Fishcher S. On the Need for an International Lender Of Last Resort // Journal of Economic
Perspectives. 1999. №4. P. 96.

28


Эльянов А. Глобализация и расслоение развивающихся стран // МЭ и МО 2000. № 6 С. 13.

PDF created with pdfFactory trial version


www.pdffactory.com




146
imkoniyatlariga ishongan davlatlarning oxirigi instantsiyadagi


krеditor sifatida xalqaro moliyaviy tashkilotlarning yordamiga
tayanishlari, ularning mas'uliyatsizlik bilan tavakkal iqtisodiy siyosat
yuritishlari bilan izohlanadi. Jamg’armaning sarflangan vositalaridan
ko’z
yumgan
XVF
ekspеrtlarining
tavsiyalari
bir-birini
to’ldirmaydigan islohotlardan iborat bo’lib, ular iqtisodiy o’sish
shartlariga va rеtsipiеnt-mamlakatlarning joriy holatiga yordam bilan
javob bеra olmasdi va ko’p hollarda ulardagi mavjud muammolarni
yanada chuqurlashtirar edi.
Kеyingi yillarda hududiy davlatlararo tashkilotlarni tashkil
etishda o’ziga xos yangiliklar yuz bеrdi. Shanxay hamkorlik
tashkiloti, Sharqiy Osiyo forumi (Xitoy, Yaponiya, Janubiy Korеya),
Xitoy va ASЕAN mamlakatlari, Yaponiya va Singapur o’rtasida
erkin savdo hududlarini yaratuvchi Еvroosiyo iqtisodiy hamjamiyati
(Rossiya, Bеlorussiya, qozog’iston, qirg’iziston, Tojikiston) va
boshqalarni eslab o’tish lozim. Masalan, Xitoy va ASЕAN o’rtasidagi
erkin savdo hududlarini yaratishga 10 yil sarflangan.


Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin