13-mavzu: moliyaviy hisobotni tuzish va taqdim etish reja



Yüklə 36,98 Kb.
səhifə1/9
tarix20.12.2022
ölçüsü36,98 Kb.
#76681
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
13-MAVZU MOLIYAVIY HISOBOTNI TUZISH VA TAQDIM ETISH


13-MAVZU: MOLIYAVIY HISOBOTNI TUZISH VA TAQDIM ETISH
REJA:

  1. Moliyaviy hisobot to’g’risida tushuncha va uning tarkibi.

  2. Moliyaviy hisobotni tuzish va taqdim etish uchun konseptual asoslar.

  3. Buxgalteriya balansini tuzish.

  4. Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotni tuzish.

  5. Pul oqimlari to’g’risidagi hisobotni tuzish.

  6. Xususiy kapital to’g’risidagi hisobotni tuzish.

  7. Moliyaviy hisobotga ilovalar va tushuntirish xatlari.



Tayanch so’z va iboralar: Moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar, moliyaviy hisobot shakllari va ularni to‘ldirish qoidalari, balans, pul oqimlari, moliyaviy natijalar, xususiy kapital, moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS; IFRS; IAS), buxgalteriya hisobininig milliy standartlari (BHMS)



  1. Moliyaviy hisobot to’g’risida tushuncha va uning tarkibi.

Buxgalteriya hisobini yuritishning asosiy maqsadi ma’lum bir xo‘jalik sub’ektining barcha xo‘jalik muomalalarini rasmiy ravishda hisobda aks ettirish va ma’lum bir davrlarda foydalanuvchilarga zaruriy ma’lumotlarni berish hisoblanadi.
Moliyaviy hisobot alohida mustaqil korxona bo‘lishi yoki xo‘jalik yurituvchi korxonalarning uyushgan guruhiga kirishidan qat’iy nazar, bajaradigan va sub’ektga ta’sir ko‘rsatuvchi moliyaviy voqealarni va muomalalarni ko‘rsatish usuli hisoblanadi.
Moliyaviy hisobotlarning maqsadi korxonaning moliyaviy ahvolidan, uning faoliyatidan va uning pul mablaG‘lari harakati bo‘yicha ma’lumot berishdan iborat bo‘lib, u foydalanuvchilarning keng guruhiga iqtisodiy qarorlar qabul qilishlari uchun zarurdir.
Moliyaviy hisobot xo‘jalik muomalalari xususiyati va mohiyati jihatidan ularni guruhlarga tuzilmaviy birlashtirish natijasi hisoblanadi. Umumlashtirish va tasnif qilish jarayonining yakuniy bosqichi bu turkumlarga ajratilgan juda qisqa axborotni taqdim etishdir, chunki moliyaviy hisobotlar band sifatida va izohlarda berilgan bo‘ladi. Moliyaviy hisobotlar, shuningdek, korxona imkoniyatlarini rahbariyat tomonidan boshqarilishini amalga oshirish natijalarini ham ko‘rsatadi.
Moliyaviy hisobotda quyidagi axborot bo‘lishi kerak:

  • investitsiya qarorlari va kreditlar berish to‘g‘risida qarorlar qabul qilishda kerak bo‘ladigan axborot;

  • sub’ektning bo‘lajak pul oqimlarini baholashda foydali axborot;

  • sub’ektga berilgan resurslar, majburiyatlar va ulardagi o‘zgarishlar to‘G‘risida axborot.

YUqorida aytib o‘tilgan axborotlardan tashqari, moliyaviy hisobotda batafsilroq ma’lumotlar ham beriladi. 1-BHMAga asosan, moliyaviy hisobotlar foydalanuvchilarga pul mablag‘lari harakati oqimini taxmin qilishga yordam beradigan, korxonaning mulki va ixtig‘ridagi resurslari to‘g‘risida quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi lozim:

  • korxonaning nazorati ostida bo‘lgan aktivlar haqida;

  • korxonaning passivlari haqida;

  • korxonaning taqsimlanmagan daromadi, korxonaning bir davrdan boshqa davrga o‘tishdagi iqtisodiy imkoniyatlari va majburiyatlaridagi o‘zgarishlar haqida;

  • pul mablag‘larining harakati haqida.

Ushbu ma’lumot moliyaviy hisobotlardan foydalanuvchilar uchun korxonaning dividendlarni va foizlarni to‘lash, shuningdek, majburiyatlari bo‘yicha muddati kelgan to‘lovlarni to‘lash imkoniyatini baholashda foydali bo‘ladi.
Moliyaviy hisobotning shakllanishi qisqa vaqtda, hisobot davri muomalalari tugagandan so‘ng ro‘y beradi va korxonadan professional buxgalteriya bilimlari va ko‘nikmalaridan tashqari, qo‘shimcha ma’lumotlar tuzish (izohlar, tushuntirishlar) ketma-ketligiga rioya qilishni talab qiladi.
Moliyaviy hisobotlar tayyorlash va buxgalteriya hisobining o‘ziga xos sig‘sati asoslari to‘g‘risidagi ma’lumot moliyaviy hisobot izohlaridan oldin alohida hisob ko‘rinishida berilishi kerak. Moliyaviy hisobotga beriladigan tushuntirish yozuvida eng kamida lozim bo‘lgan zaruriy ma’lumotlar buxgalteriya hisobining har bir aniq andozasining «Ochib berish» bo‘limida keltiriladi.

Yüklə 36,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin