13-mavzu: moliyaviy hisobotni tuzish va taqdim etish reja


Moliyaviy hisobotning shakllari



Yüklə 36,98 Kb.
səhifə4/9
tarix20.12.2022
ölçüsü36,98 Kb.
#76681
1   2   3   4   5   6   7   8   9
13-MAVZU MOLIYAVIY HISOBOTNI TUZISH VA TAQDIM ETISH

Moliyaviy hisobotning shakllari. «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonunning 22-moddasiga muvofiq Moliyaviy hisobot buxgalteriya hisobi sub’ektining hisobot sanasidagi moliyaviy holati, hisobot davridagi faoliyatining moliyaviy natijasi va pul mablag‘larining harakati to‘g‘risidagi tizimlashtirilgan axborotdan iboratdir.
Yillik moliyaviy hisobot quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • buxgalteriya balansi;

  • moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot;

  • pul oqimlari haqidagi hisobot;

  • xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot;

  • izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlar.

Xalqaro standartlar bo‘yicha tuziladigan moliyaviy hisobotga doir talablar moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarida belgilanadi.
Buxgalteriya hisobi sub’ekti moliyaviy hisobotni tuzishda mustaqil balansga ajratilgan o‘z vakolatxonalarining, filiallarining va boshqa tarkibiy bo‘linmalarining buxgalteriya balanslarini hamda boshqa hisobot shakllarini kiritishi kerak.
Moliyaviy hisobot hisobot yili boshidan ortib boruvchi yakun bilan tuziladi.
Byudjet tashkilotlarining moliyaviy hisoboti byudjet to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq tuziladi va taqdim etiladi.
Moliyaviy hisobotning tarkibi va mazmuni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Banklar va boshqa kredit tashkilotlari moliyaviy hisobotining tarkibi hamda mazmuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadi.



  1. Moliyaviy hisobotni tuzish va taqdim etish uchun konseptual asoslar

O’zbekiston Respublikasida moliyaviy hisobotni tuzish va taqdim etish uchun konseptual asoslar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1998-yil 14-avgustda 475-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan “Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish uchun konseptual asos” nomli huquqiy hujjat orqali BHMS lar ishlab chiqiladi.
Ushbu konseptual asos O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuni asosida ishlab chiqilgan va foydalanuvchilar uchun moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish asosini tashkil etuvchi tushunchalarni belgilab beradi.
Mazkur konsepsiyaning maqsadi quyidagilarga yordam berishdan iborat:
Buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot tizimini tartibga soluvchi davlat organi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga — buxgalteriya hisobi milliy standartlarini (keyingi o‘rinlarda BHMS) rivojlantirish va ularni qayta ko‘rib chiqishda;
Moliyaviy hisobotni tayyorlovchi shaxslarga — BHMS dan foydalanishda;
Auditorlarga — moliyaviy hisobotlarni BHMS mos kelishi bo‘yicha xulosalarni tayyorlashda;
Moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarga — moliyaviy hisobotdagi ma’lumotlarni tahlil qilishda.
Konseptual asos BHMS hisoblanmaydi va uning ta’riflari biron-bir nizoli masalani baholash yoki tushuntirish uchun ishlatilmaydi. Mazkur konseptual asosdagi mavjud qoidalar buxgalteriya hisobining alohida bir standartini rad etmaydi.
3. Ayrim hollarda, agar konseptual asos va BHMS o‘rtasida ziddiyatlar mavjud bo‘lsa, BHMSning talablari konseptual asos talablaridan ustun keladi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi BHMSni ishlab chiqishda mazkur konseptual asosni qo‘llaydi va ana shu ziddiyatlarni bartaraf etish chora-tadbirlarini ko‘radi.
4. Konseptual asos buxgalteriya hisobi standartlarining amaliy faoliyatini hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Moliyaviy hisobotlar moliyaviy natijalarni va boshqa xo‘jalik operatsiyalarini moliyaviy hisobotlarning elementlari deb ataluvchi iqtisodiy tavsiflariga muvofiq alohida moddalarga guruhlab aks ettiradi. Aktivlar, xususiy kapital va majburiyatlar buxgalteriya balansida xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy natijalarini aniqlash bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan elementlar hisoblanadi. Daromadlar va xarajatlar faoliyat natijalari to‘g‘risidagi hisobotda xo‘jalik yurituvchi subyektning ko‘rsatkichlarini aniqlash bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan elementlar hisoblanadi. Pul mablag‘larining harakati to‘g‘risidagi hisobot faoliyat natijalari elementlarini va buxgalteriya balansi elementlaridagi o‘zgarishlarni aks ettiradi.
Moliyaviy holatni aniqlash bilan bevosita bog‘liq elementlar bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: aktivlar, majburiyatlar, xususiy kapital, rezervlar, daromadlar va xarajatlar.




  1. Yüklə 36,98 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin