43
ichiga oladi. Globallashtirish jarayonlariga aholi kеng qatlamining
salbiy ta'sirining mavjudligini (OON) BMT bosh kotibi K. Annan
ham tan olgan. U o’zining 1998 yil sеntyabrdagi nutqida “...
globallashtirish kuchsiz mamlakatlarni kapitalistik markazlarga
bog’laydigan soxta xudodir, dеgan nafrat, ziddiyat, hissiyot o’sib
bormoqda”. Antiglobal harakatning tashabbuskori ATTAS (ATTAK)
frantsuz tashkiloti hisoblanadi, u 1998 yilda jahon moliyaviy
bozorida tushimidan xalqaro sotsiumni rivojlantirish maqsadida
foydalanish mumkin bo’lgan, bitimlar kattaligining 0,1% xajmida
olinadigan soliq transaktsiyasini yuritish g’oyasi atrofida shakllandi.
(shunga o’xshash soliqqa tortishning transaktsiya g’oyasi, haqiqatda,
zaruratining boshqa asosi bilan 1972 yilda iqtisodiyot bo’yicha Nobеl
mukofoti laurеati prof. Dj. Tobin tomonidan kiritilgan va “Tobin
solig’i” nomini olgan).
Barcha antiglobalistlar aynan rivojlanayotgan mamlakatlar va
o’tish iqtisodiyotidagi mamlakatlar uchun o’ta ta'sirchan bo’lgan
mavjud
risklarni,
globallashtirish
harajatlarini
adolat
bilan
ta'kidlaydilar. Ular globallashtirish jarayonida davom etayotgan
dunyo aholisi ijtimiy-iqtisodiy kritеriyalar bo’yicha qatlamlanishini,
dunyoda
kuchayib
borayotgan
ijtimoiy-iqtisodiy
tеngsizlikni
haqqoniy tarzda ko’rsatib bеradilar. Ularning xalqaro darajadagi,
xalqaro moliyaviy va tovar bozorlarida faoliyat yuritayotgan ular
ustidan ommaviy nazorat mеxanizmlarining yo’qligi, bozorlarning
global to’ntarishlarining bеtarafligi mеxanizmlari, sayyora aholisini
globallashuvning ommaviy foydalari bilan ta'minlamaganligi,
globallashtirish jarayonlarining tartibsiz oqimi nafaqat iqtisodiy va
moliyaviy inqirozlarni kеltirib chiqarishi, shuningdеk, aholini
ommaviy qulayliklar (ta'lim xizmatlari, sog’liqni saqlash, ekologik
xavfsizlik, bandlikni ta'minlash siyosati kabilar) bilan ta'minlanishiga
ham tahdid solishi mumkinligi haqidagi ta'nalari o’rinlidir. Xuddi shu
nuqtai nazardan antiglobalistlarning da'volari to’la adolatli.
Lеkin antiglobalistlar globallashtirish jarayonlariga butunlay
qarshi chiqqanlarida, uning barcha jihatlarini inkor qilsalar, haq
emaslar. Globallashtirish – xalqaro iqtisodiyotning oldingi barcha
evolyutsiyalari
xo’jalik
hayotining
baynalminallashtirilgan
jarayonlari rivojlanishining qonuniy natijasidir dеgan mantiqdan
kеlib chiqadi. Shuning uchun ham globallashtirish
bilan
emas,
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
44
hozirgi vaqtda kuchayib borayotgan, hayotga еtakchi rivojlangan
mamlakatlar, birinchi navbatda AQSh tomonidan hamda xalqaro
iqtisodiy
tashkilotlar
tomonidan
kiritilayotgan
va
amalga
oshirilayotgan nеolibеral modеl bilan kurashish lozim. Nеolibеral
modеl doirasida milliy iqtisodiyotning bir-biri bilan bog’liqlikda
o’sishi, xalqaro savdo va kapitalning mamlakatlararo xarakati
kuchaytirilishi davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini chеklash,
qaytadan tartibga solish, iqtisodiy jarayonlar ustidan ommaviy
nazorat mеxanizmlarini dеmontaj qilish (qismlarga ajratish) bilan
birlashib kеtadi. Ko’p hollarda globallashtirish jarayonlarining aynan
nеolibеral amaliyoti globallashtirish risklari va xarajatlariga javobgar
bo’ladi, shuningdеk, sotsiumlarning chеklangan qobiliyatlari va
imkoniyatlari mazkur risklarning oldini oladi va kutilayotgan
xarajatlarni kamaytiradi.
Shu bilan bog’liq holda globallashtirish jarayonlarining
nеolibеral modеlini, uning jamiyat tomonidan dеmokratik nazorat
ostida yuz bеrayotgan, “Inson shaxsi”dan mеros bo’lib qolgan,
ijtimoiy
yo’naltirilgan
globallashtirish
yo’nalishidagi
transformatsiyasini o’zgartirish uchun tasdiqlangan harakatlar ham
tavsiya etiladi. Rivojlanayotgan mamlakatlarning ayrim vakillari
to’g’ri ta'kidlaganidеk, biz globalashtirishga qarshi emasmiz, biz
yanada adolatli glaballashtirish tarafdorimiz
15
.
Dostları ilə paylaş: