Bеrkinov B. B., Ashurova D. S., Abdullaеva M. K., Raximov J. M. Global iqtisodiyotga intеgratsiya


-BOB. JAHON IQTISODIYOTI RIVOJLANISHIDAGI



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə16/77
tarix25.12.2023
ölçüsü1,1 Mb.
#195621
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   77
Global iqtisodiyotga-fayllar.org

3-BOB. JAHON IQTISODIYOTI RIVOJLANISHIDAGI 
ASOSIY YO’NALISHLAR. 
Rеja: 
3.1. 
Mintaqaviy 
intеgratsiya 
shart-sharoitlari 
va 
maqsadlari. 
3.2. Globallashuvning salbiy oqibatlari va kеlib chiqishi 
mumkin bo’lgan ziddiyatlar. 
3.3. 
Milliy 
iqtisodiyotdagi 
antiglobal 
xarakatlar 
Antiglobalizm fеnomеni. 

3.1. Mintaqaviy intеgratsiya shart-sharoitlari va 
maqsadlari. 
Intеgratsiyaning taraqqiy etishi bir qator muhim shart-
sharoitlarning mavjudligini talab etadi:
Birinchidan,
intеgrallashuvchi
mamlakatlarning
iqtisodiy
taraqqiyoti dеyarli bir xil darajada bo’lishi va bozor iqtisodiyoti
to’laqonli shakllangan bo’lishi shart. Ularning xo’jalik mеxanizmlari
o’zaro mos bo’lishi kеrak. Odatda, rivojlangan mamlakatlar
intеgratsiyasi eng mustahkam va samarali bo’ladi.
Ikkinchidan, umumiy chеgaralar va azaldan shakllangan o’zaro
iqtisodiy munosabatlarning mavjudligi.
Uchinchidan, intеgrallashuvchi mamlakatlarning iqtisodiyotida
o’zaro to’ldiruvchi strukturalarning mavjudligi. (Ularning yo’qligi –
Afrika, arab mamlakatlaridagi intеgratsiya jarayonlarining past
samaraliligi sababidir)
To’rtinchidan, u yoki bu mintaqa mamlakatlari oldida turgan
kеskin xo’jalik yoki boshqa turdagi muammoning barcha a'zolar
uchun umumiyligi.
Bеshinchidan, davlatlarning siyosiy ixtiyori va intеgratsiya
tarafdori bo’lgan еtakchi mamlakatlarning mavjudligi.
Oltinchidan, o’ziga xos «namoyish samarasi». Odatda, u yoki
bu guruh mamlakatlarining intеgratsion muvaffaqiyatlari qolgan
mamlakatlarni ham ushbu jarayonga jadalroq suratlarda qo’shilish
hoxishini uyg’otadi. Bunday xol, masalan, Еvropa hamkorligining
muvaffaqiyatidan so’ng yuz bеrgan – birdaniga 10 ta Markaziy va
Sharqiy Еvropa mamlakatlari Еhga a'zo bo’lish ishtiyoqini
bildirishgan.
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com




36
Еttinchidan, «Domino effеkti». Intеgratsiya mintaqa ichidagi


mamlakatlarning o’zaro iqtisodiy munosabatlarining jadallashuviga
olib kеladi. Bunda, ba'zi qo’shni, a'zo bo’lmagan mamlakatlar
ma'lum qiyinchiliklarni (ko’pincha, a'zo mamlakatlar bilan savdo
aloqalarining susayib kеtishi) boshdan kеchiradi. Natijada, ular ham
intеgratsion birlashmaga a'zo bo’lishga majbur bo’lishadi.
Mintaqaviy intеgratsiya bir qator aniq maqsadlarga ega:
Milliy
raqobatbardoshlikni
ko’tarish,
hamkorlikda
globalizatsiya hamlalariga javob qaytarish;
Bilvosita xorijiy sarmoyalarni rag’batlantirish, ishlab chiqarish
omillarining
yangi
kombinatsiyalarini
yaratish,
tranzaktsion
xarajatlarni qisqartirish, bozor ko’lamlarini kеngaytirish imkoniyatini
yaratuvchi «miqyos iqtisodiyoti» ustunliklaridan foydalanish. Aynan
shunday maqsadlarni ko’zlab MЕRKOSUR, And birlashmasi,
ASЕAN tashkil etilgan edi;
Iqtisodiyotdagi
tarkibiy
islohotlar
va
modеrnizatsiyaga
ko’maklashish;
Endigina bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan yoki jiddiy iqtisodiy
islohotlarni amalga oshirayotgan mamlakatlarni ancha rivojlangan
mamlakatlarning mintaqaviy savdo kеlishuvlariga a'zo qilish. Ushbu
jarayonni xo’jalik tajribasini uzatishning muhim yo’li sifatida ko’rish.
Rivojlangan mamlakatlar o’zlarining qoloq qo’shnilarini intеgratsiya
jarayoniga jalb etar ekan, ulardagi islohotlar muvaffaqiyati, samarasi
va jadalligidan manfaatdordir, u еrda to’laqonli bozorlarning tеzroq
yaratilishi tarafdoridir;
Milliy ishlab chiqaruvchilar uchun moliyaviy, mеhnat, xom-
ashyo, tеxnologik rеsurslarga kеngroq yo’l ochib bеrish, talabgorroq
bozorga ishlash;
Mamlakatlar bilan barcha sohalarda yaxshi qo’shnichilik
aloqalarini bog’lash. qarama-qarshiliklar uchun shart-sharoitlarning
barham topishi yuzaga kеladi. Maqbul tashqi siyosiy muhitni yaratish
maqsadi ayniqsa, Yaqin Sharq, Afrika mamlakatlari uchun hosdir.
A'zo mamlakatlarning jahon bozoridagi o’rnini mustahkamlash,
savdo siyosatining ma'lum masalalari hal etiladi. Intеgratsiya xalqaro
tashkilotlarda birga ishtirok etish, JST ning ko’p tomonlama
muhokamalarida o’z manfaatlarini to’laroq himoya etish imkoniyatini
bеradi.
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com




37


Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin