Iqtisodiy, ma’muriy, sanoat va madaniy markazlarni bog’lovchi respublika yoki viloyat miqyosidagi magistral yo’llar.
III – 1000-3000
IV- V
Mahalliy xo’jalik va ma’muriy ahamiyatga ega bo’lgan magistral yo’llar
IV- 200-1000
V – 200 gacha
3.1-jadval
Shahar ahamiyatidagi magistrallar va tezyurar yo’llar, shaharga kirish va chiqish qulay holatda tashqi yo’llar bilan bog’lanishi kerak.
Tashqi yo’llarning qatnov qismi ikki tomondan obochina bilan chegaralanadi. Obochina yo’lning qatnov qismi uchun tirgak vazifasini o’tab, avtomobillarni vaqtinchalik tuxtashi uchun xizmat qiladi. Yo’lning qatnov qismi va obochina yerning polotna deb ataluvchi ko’tarilgan qismida quriladi.
Tashqi yo’llar QMQ bo’yicha qurilib (SNiP P-D.5-72),quyidagi parametrlarga ega.
I kategoriyali yo’llarning qarama-qarshi yo’nalishlari kamida 5 m kenglikdagi ajratuvchi polosa quyiladi (ulkan shaharlar va sanoat markazlari atrofida yo’lni istiqbolda kengaytirishni ko’zda tutgan holda, ikkala yo’nalishda 3,75m qatnov qismi qushish uchun ajratuvchi polosalar 12,5 m kenglikda quriladi).
Avtomobil yo’llarida turli sathli kesishmalar quyidagi hollarda bajariladi: I kategoriyali yo’llarning barcha turdagi yo’llar bilan kesishmasi; II kategoriyali yo’llarningII va III kategoriyali yo’llar bilan kesishmasi; III kategoriyali yo’lning o’zaro kesishmasi (qachonki, qarama-qarshi yo’nalishdagi o’rtacha kunlik harakatning istiqboldagi jadalligi 4000 avtomobildan oshganda).
Tashqi yo’llarda turli sathli kesishmalarning eng ko’p tarqalgan turi bu «klever» sxemasidir (to’liq va to’liqsiz).
Ajralish yo’laklari imkoni boricha kamaytiriladi:I va II kategoriyali yo’llarda ajraluvchi yo’laklar kamida bir-biridan 5 km, III kategoriyali yo’llarda esa - xar 2 km da mo’ljallanadi.
Avtobus tuxtash joylarida qatnov qismi 3,75 m ga kengaytirilib, uning uzunligi bir vaqtda tuxtaydigan avtobuslar soniga qarab belgilanadi, lekin 10 m dan kam bo’lmaydi.
Yo’lovchilarga xizmat ko’rsatuvchi shaharlararo avtobuslar marshrutidagi avtovokzallar, shahar chegarasidagi umumshahar miqyosidagi magistrallar oldida yoki markaziy va yo’ldosh tumanlar chegarasida joylashtiriladi. Avtovokzal tarkibida quyidagilar ko’zda tutiladi: yo’lovchilar uchun ko’tish zali, bufet, sanuzel, mexmonxona, pochta, yukxona, yo’lovchilarni tushirish va avtobuslarga chiqarish maydonchalari, idora, boshqaruv punkti, garajlar, yuvish xonasi, avtobuslarga texnik xizmat ko’rsatish va kichik ta’mirlash xonalari, yoqilg’i quyish shoxobchasi.
I-III kategoriyali avtomobil yo’llari turarjoylarni kesib o’tmasligi va ikki tomonlama qurilmasligi lozim. Turarjoy yo’l qatnov qismi chetidan kamida 200 m masofada joylashishi lozim. Bu oraliqni kishlok xujaligi extiyoji uchun, mevali daraxtlar, butazorlar sifatida ishlatish lozim.