1-amaliyot mavzusi: Avtomobil yo’llarida dam olish majmualarini tashkil etish, haydovchi va yo’lovchilarga hizmat ko’rsatish maydonchalari. Reja



Yüklə 16,76 Kb.
tarix25.12.2023
ölçüsü16,76 Kb.
#194930
Амалий№1 (1)111112


1-AMALIYOT MAVZUSI:
Avtomobil yo’llarida dam olish majmualarini tashkil etish, haydovchi va yo’lovchilarga hizmat ko’rsatish maydonchalari.


Reja:

  1. Avtomobil yo’llarida dam olish majmualarini tashkil etish.

  2. Avtomobil yo’llaridahizmat ko’rsatish maydonchalari.



1.Odatda marshrut bo’ylab uchraydigan dam olish yoki bo’lmasa to’xtash joylari marshrutning jadalligiga bog’liq holda uskunulangan (jihozlangan) yoki jihozlanmagan bo’lishi mumkin. Jihozlangan avtoto’xtash joylari yoki maydonchalari dam olish uchun ham mo’ljallangan bo’ladi. Lekin avtoto’xtash joylarini loyihalashda quyidagi omillarga asosiy e’tiborni qaratish lozim:

  • Harakat havfsizligini ta’minlash;

  • Atrof muhiti ekologiyasini asrash.

Barcha m’yoriy adabiyotlarda dam olish maydonchalarni loyihalash tartibi quyidagi omillarga asoslangan holda amalga oshirish zarurligi ta’kidlangan:
A) yo’lning kategoriyasiga qarab;
B) harakat jadalligiga qarab;
V) mo’ljallanayotgan joyning relyefiga qarab;
G) mo’ljallanayotgan joyning landshaftiga qarab;
D) trassaning murakkabligiga qarab.

Yana shuni qayd qilish lozimki, har bir o’rganilayotgan trassaning xarakteriga va yo’lning konkret sharoitiga bog’liq bo’lgan omillar hisobga olinib, yo’l muhiti to’liq ko’zdan kechirilishi lozim. M’yoriy hujjatlarga asoslanib dam olish maskanlarining eng maksimal oralig’ini 25 km deb olish qabul qilingan.


Har bir loyiha iloji boricha bir butunlikdan iborat bo’lmog’i lozim, ya’ni yagona tizim va avtotransportga xizmat ko’rsatuvchi shaxobchalar va obodonlashtirish shaxobchasi o’zaro bevosita mujassamlikdan tashkil topishi shart. Yagona tizimning tartibi bir necha etaplardan iborat bo’lishi ham mujassamlilikning asosi sifatida qaraladi.
M: avtotransportga xizmat ko’rsatadigan shaxobchalar, ovqatlanish va tungi dam olish punktlari kabi obyektlar tizimning eng yuqori darajasini belgilasa, haydovchi va yo’lovchilarning bir soatdan ortiq vaqtga mo’ljallangan hardig’i – o’rtacha darajasini, yo’l chetida bir soatdan kam muddatga mo’ljallangan hordig’i – quyi darajasini belgilashi yuqorida qaralayotgan tizimning loyihaviy rejasini tashkil etadi.
Odatda dam olish maskanini tanlashda shartli ravishda ikkita uslubdan foydalanishadilar:

  • Texnologik omillar bo’yicha;

  • Muhitining tabiiy omillari bo’yicha.

Texnologik omillarga eng avvalo trassa xarakteri, yo’ldagi chorrahalar, kesishuv va yo’l o’tkazgichlar, yo’l belgilarining soni, transport oqimining jadalligi kabilar kirsa, muhiti omillariga o’z navbatida – aholi punktlarining yo’ldan uzoqligi, tabiiy muhitining ko’rkamliligi, muhitining madaniy hordiqqa mosligi va dam olish maskaniga yaqin joylashgan magazin, ovqatlanish shaxobchasi va hakozo...


Ko’p hollarda dam olish maskanlarini suv hovzalari, ko’llar yoki buloqlar bor joyga yaqinroq joy tanlab loyhalash ayni muddaodir. rasmda yo’l bo’yidagi cho’ntak ko’rinishidagi dam olish maydoni tasvirlangan.
Har bir dam olish maskanini jihozlashning turli xil variantlari mavjud. Ya’ni yo’l chetidan ajralib chiqadigan dam olish maydoni, dam olish paviloni, qisqa muddatli dam olish maydoni, o’tirish jihozlari, suv man’bai va quduq hamda o’choqlarbo’lishi mumkin.
Yordamchi jihozlarga esa san-gigiyenik xonalar, chiqindi qutilari, avtotransport estakadalari, yo’l marshrut sxemalari va dekorativ haykalchalar shular jumlasidandir.
Arxitekturaviy shakllar – ya’ni yul muxitini hosil etuvchi elementlar guruhi, harakatni tashkil etishdan tug’ridan –tug’ri bog’liq bo’lmaganligi sababli g’atto myoriy g’ujjatlar Bilan g’am m’yorlanmaydi. Shuning uchun g’am loyig’alash jarayonida mazkur omillarni g’isobga olish uchun «belgi”larning mohiyatini to’liq o’rganish lozim bo’ladi. Chunki “belgi”lar o’z navbatida arxitekturaviy-fazoviy shakl bo’lib, asosan uning funksiyasi aniq bir informasiyani uzatishdan iborat hisoblanadi.
Odatda har bir “belgi” eng avvalo yozuv bo’lagidan iborat bo’lib, har bir yozuvning shrifti, foni, rangi va masshtablari haydovchilar nazari uchun eng qulay, ya’ni tez va to’liq o’qib olish imkonini beruvchi shakl tayyorlanmog’i shart. Bunda e’tiborga olinishi lozim bo’lgan omillardan asosiylariga haydovchining yer yuzasidan qanday balandlikda joylanishi va yo’lning kompozision holati kirib, bu omil yengil avtomobillar uchun 1-1,5, yuk avtomobillari uchun 1,5-2,0 m. bo’ladi. Mazkur omilni hisobga olgan holda Yana bir shartli omil bo’lgan – qaralayotgan yo’l kesmasidan m’yoriy tezlikda o’tayotgan avtotransport tezligi ham hisobga olinishi shart.
Kup hollarda mazkur joyning nomi bilan bog’liq bo’lgan “belgi”lar uchraydi. Bunday “belgi”larning arxitekturaviy nomi badiiy-yodgorlik terminidan kelib chiqib, harflarning shrifti, ularning rangi va iyeroglif kurinishlari yo’lning badiiy obraziga ko’rkamlilik bag’ishlaydigan omillardan hisoblanadi. Hatto b’azi belgilarda uchraydigan qo’shimcha ma’lumotlar- davlat gerblari, har xil simvolikalar, milliylikni ifodalovchi haykalchalar va yodgorliklar kabilar ham yo’l muhitini obodonligida va arxitekturaviy manzarasida ijobiy ta’sirga ega bo’lgan ma’lumotlardir.
Loyihalash davrida qabul qilinayotgan arxitekturaviy yechimlardagi kompleks yondashuv qurilayotgan obyektning naqadar mukammal bo’lishini ta’minlaydi.
M: birgina “ko’rsatgich–belgi”lar atrofini zamonaviy stilda kukalamzorlashtirish, mikrorelyeflar yaratish yoki bo’lmasa dam olish maydonchalarini ko’zda tutish yo’l muhitiga o’ta ijobiy tus berishi aniq. Chunki bunday maydonchalarda nafaqat haydovchilar va yo’lovchilar, balki chegaraning ikki tomonida yashovchi aholi ham har xil milliy an’analarga oid bo’lgan uchrashuvlarni tashkil etish imkoniga ega bo’ladi.
Bundan tashqari Ikkinchi Ulug’ Vatan urushi davrida butun front yo’li bo’ylab tez-tez uchrab turadigan, ommoviy qirg’mnning guvohi sifatida yo’l chekkasidagi yulduzli belgilar bilan ifodalangan urush qurbonlari xotirasiga qo’yilgan yodgorliklar ham arxitekturaning milliylik va umumiyligidan darak beradi. Shularni hisobga olgan holda yodgorliklarni yo’l bo’yiga o’rnatishning quyidagi arxitekturaviy kompozision talablarini keltirishimiz mumkin:

  • Yodgorlikni yo’l harakatiga havf solmaydigan masofada joylashtirish,

  • Yodgorlikning yo’lovchilar uchun maksimal kurinishda bo’lishi va iloji bo’lsa avtoto’xtash joyiga ham mo’ljallash,

  • Yodgorlikning komozisiyasi yorqin rangli va landshaft masshtabiga xos bo’lishi lozim.

Odatda yo’l muhiti arxitekturasida standart belgilar bilan birgalikda nostandart belgilar ham mavjud bo’lib, ularga harakat havfsizligini ta’minlash maqsadida, fasliy qilib qish havolarida, tumanlarni hisodga olib o’rnatilgan belgilar kiradi. Bunday belgilar asosan kontrass ranglarda ifodalanib haydovchining nigohini tezda jalb etishga qaratilgan bo’ladi.
Yüklə 16,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin