Berkinov b. B., Yakubov I. O., Sunnatov m. N. Institutsional iqtisodiyot



Yüklə 2,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə101/128
tarix21.10.2023
ölçüsü2,14 Mb.
#158626
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   128
Institutsional iqtisodiyot (2)

Javob: 30%m 
KEYSLAR 
1.
 
Keys. IBM korporatsiyasidagi samaradorlik masalalari. 
IBM so’zi – international business machines so’zlarining qisqartirilgan 
shaklidir. U 1911 yilda hisoblash texnikasi ishlab chiqaradigan bir qator 
firmalarning birlashishi natijasida tashkil topgan. U kompyuter texnologiyalarini 
yetishtirib berish bo’yicha dunyodagi eng yirik firmalardan biri hisoblanadi.
XX asrning birinchi yarim yilligidagi IBM firmasining tarixi Tomas J. Vatson 
nomi bilan to’liq bog’liqdir. U IBM ni mayda firmadan yirik korporatsiyaga 
aylantirishgacha bo’lgan davrda boshqardi.
IBM tarixidagi keyingi bosqich uning o’g’illari – Artur va xususan, kichik 
Tomas Vatsonlar bilan bog’liq. Ularning rahbarligi ostida IBM tarmoqda hukmron 
vaziyatga ega bo’lgan yirik korporatsiyaga aylandi. 
IBM o’z faoliyatining boshlang’ich davrida boshqa kompaniyalarni sotib 
olishga intilmadi, balki uning o’zi bir qator kompaniyalarning aralashmasi, ya’ni 
konglomerati edi. 30-yillarda “Otomatik skeyl” va “Neyshnl skeyl” larni sotib oldi. 
Tabulyatorli mashinalar sohasida “Tiketograf kompani” va “Pirs ekkaunting 
kompani” larni sotib oldi, shuningdek, “Ellis” va uning “Elektromatik tayprayter” 
deb nomlangan bo’linmasini sotib oldi. Shuni alohida ta’kidlab o’tish joizki, 
“Elektromatik tayprayter” keyinchalik “Ofis prodakts divijn” ning asosiga aylandi.
Biroq, IBM ning bu kabi faolligi Ikkinchi jahon urushi arafasida yakun topdi. 
70-yillarga kelib kompaniya yana faolligini oshira boshladi. Bu vaqtda u o’zining 
asosiy ishiga asoslangan edi. IBM barcha kompaniyalarga yuqori o’sish 
ko’rsatkichlariga ichki omillarning ta’siri ostida erishganligini ochiq-oydin 
namoyish etdi. Boshqa kompaniyalarni sotib olish hisobidan kengayib borayotgan 
ko’plab tashkilotlardan farqli ravishda IBM o’z muvaffaqiyatiga og’ir mehnat yo’li 


123 
bilan erishdi, ya’ni mulkni sotib olish kompaniya stiliga to’g’ri kelmasdi. 
Korporatsiyaning shiori xususiy ishlab chiqarishni rivojlantirish edi.
Mohiyatan olib qaraganda, IBM jahon sanoatida o’ziga xos muhim o’rin 
egallaydi. U dunyoning eng yirik korporatsiyalari qatoridan o’rin olgan bo’lib, 
faqatgina neft kompaniyalari, avtomobil korporatsiyalari va yapon savdo 
firmalaridan keyingi o’rinlarda turadi. Kompaniya tarkibida quyidagilar faoliyat 
ko’rsatadi: 8 ta mamlakatda joylashgan 9 ta ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari, 14 ta 
mamlakatda joylashgan 24 ta zavod, 127 ta mamlakatda joylashgan firma 
vakolatxonalari. 80-yillarda kompaniyada ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik 
ishlariga sarflangan xarajatlar har yili 3,5 mlrd. dollarni tashkil etgan.
1964 yildan 1974 yilgacha bo’lgan davrda IBM ning yillik aylanmasi 3,2 mlrd. 
dollardan 12,7 mlrd dollargacha o’sdi, bunda o’rtacha yillik o’sish sur’atlari 14,8% 
ni tashkil etdi; 1974 yildan 1984 yilgacha bo’lgan davr ichida 12,7 mlrd dollardan 
27,4 mlrd dollargacha ko’tarildi (8%); 1984 yildan 1990 yilgacha bo’lgan davrda 
27,4 mlrd dollardan 69 mlrd dollargacha ko’tarildi (25%). 1990 yilda foyda hajmi 6 
mlrd dollarni tashkil etdi. Biroq, 1991 va 1992 yillarda savdo hajmlari 64,7 va 64,5 
mlrd dollargacha pasaydi. 1991 yilda firma foyda olish o’rniga 1,4 mlrd. dollar 
hajmida zarar ko’rdi.
40-50 yillar davomida IBM yetakchi, biroq AQSH dagi ko’plab kompyuter 
ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning biri hisoblangan kompaniya sifatida namoyon 
bo’ldi. Ayniqsa, ilmiy-texnik ishlanmalar sohasidagi burilish, ya’ni 60-yillar 
boshida 360 markali mashinalar seriyasining yaratilishi IBM ni tarmoqdagi misli 
ko’rilmagan yetakchi kompaniyaga aylantirdi. Bu seriyagacha IBM ko’p yillar 
davomida 11 mingta elektron hisoblash mashinalarini ishlab chiqargan edi. 360 
seriyasini ishlab chiqarish yakunlanganda ularning umumiy miqdori 35 minggacha 
o’sdi.
IBM RSA, “Djeneral elektrik”, “Yunivak” va “Kontrol deyta” kabi firmalar 
bilan raqobat kurashida muvaffaqiyat qozondi. 50-yillarda ushbu firmalar IBM ning 
bir qator loyihalarini zarar bilan yakunlanganidan so’ng bozordagi tashabbusni 
qo’lga kiritishga harakat qilishdi. Biroq, kompaniyadagi tijoriy muvaffaqiyatga ega 


124 
bo’lmagan bir qator modellarning ishlab chiqishda yig’ilgan tajriba va aqliy 
salohiyat kabilar IBM ga 360 seriyasini yaratish imkonini berdi.
Aynan shu ilmiy-texnik muvaffaqiyat IBM ni katta elektron hisoblash 
mashinalarining jahon bozorida hukmron pozitsiyani egallashiga imkon 
yaratdi.1950 yilning 1 yanvarida “IBM world trade” ga asos solindi. Uning tarkibiga 
firmaning ishlab chiqarish va savdo bo’linmalari kirdi. Ushbu bo’linmalar asrning 
boshlarida Germaniyada (1910 y), Frantsiyada (1914 y), Yaponiyada (1925 y), 
Kanada va Braziliyada (1917 y) tashkil etila boshlangan. SHuni alohida ta’kidlash 
joizki, hozirgi kunda G’arbiy Yevropada faoliyat ko’rsatayotgan elektron hisoblash 
mashinalarining 70% Amerika kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan.
 
IBM ning tashkiliy strukturasi mintaqaviylik tamoyili bo’yicha qurilgan. 
O’tgan asrning oxirgi 25 yilligi mobaynida korporatsiyaning 2 ta bir xil qismga aniq 
bo’linishida o’z ifodasini topdi: milliy (AQSH) va xalqaro (qolgan mamlakatlar, 
asosan Yaponiya, Germaniya, Italiya, Frantsiya va Buyuk Britaniya).
IBM ning har bir mamlakatdagi filiallariga yuqori darajadagi mustaqillikni 
berishi muhim ahamiyatga egadir. Odatda, har bir filialning rahbariyati Kengash 
tomonidan boshqariladi. Ushbu Kengash deyarli to’laligicha filial joylashgan 
mamlakatning fuqarolaridan tashkil topadi. Shuningdek, bitta AQSH fuqarosi 
bo’lgan direktorni o’z ichiga oladi. Biroq, filiallarning mustaqilligiga qaramasdan, 
IBM ning madaniyati shunchalik kuchliki, buni butun dunyo bo’ylab joylashgan 
kompaniyaning zavod va idoralarining bir-biriga o’xshashligida ko’rish mumkin.
Xorijda IBM ning ishlab chiqarishini tashkil etishda jug’rofiylik tamoyili asos 
bo’lib xizmat qiladi. “IBM world trade” ning Nyu-Yorkda joylashgan shtab-
kvartirasi o’zining asosiy funktsiyalarini Parijda joylashgan xalqaro boshqarish 
komandasiga bergan. Korporatsiyada mintaqaviy bo’linmalar tashkil etilgan bo’lib, 
ularning biri Yevropa, Yaqin Sharq va Afrika uchun bo’lsa, boshqasi Osiyo, Tinch 
okeani mintaqasi va Janubiy Amerika uchundir. Alohida mamlakatlarda ularga 
bo’ysunadigan sho’’ba korxonalari (masalan, “IBM Doychland”, “IBM Italiya”, 
“IBM Djapen”, “IBM Frans”, “IBM Yunayted Kingdom”) mustaqil yuridik shaxs 


125 
maqomiga ega bo’lishib qonun nuqtai-nazaridan mahalliy firmalar hisoblanishadi. 
Ularning deyarli 100% kapitali AQSH dagi bosh kompaniyaga tegishli.
Rahbarlik tamoyillari nuqtai-nazaridan 60-70-yillarda IBM ni boshqargan aka-
uka kichkina Tom Vatson va Dik Vatsonlar “Djeneral motors”ning 20-yillardagi 
tajribasini takrorlashga qaror qilishdi. Qachonlardir Alfred Sloun o’z firmasi 
avtomobillarini ishlab chiqarishni “Byuik”, “SHevrole”, “Oldsmobil”, “Pontiak”, 
“Kadillak” va boshqa shu kabi mustaqil kompaniyalar o’rtasida taqsimlagan edi. 
Ular bir-birlari bilan bir qator qism va agregatlarni ishlab chiqarishda hamkorlik 
qilishardi, ularda umumiy ilmiy-tadqiqot va konstruktorlik bo’linmalari va umumiy 
xizmat ko’rsatish tizimi mavjud edi. Shuning bilan birga ular bozorda o’zaro 
raqobatlashishar va boshqa raqobatchilar bilan mustaqil ravishda kurash olib 
borishardi.
80-yillarda IBM mahsulot ishlab chiqarish va unga xizmat ko’rsatish 
samaradorligini oshirish maqsadida bir qator tashkiliy innovatsiyalarni amalga 
oshira boshladi. Kontsern tarkibida o’zgarishlarni tez amalga oshirish uchun 
modullilik tamoyilidan foydalanildi. Yirik elektron hisoblash mashinalari, shaxsiy 
kompyuterlar, axborot saqlash vositalari, idora texnikasi, aloqa tizimlari va boshqa 
shu kabilarni ishlab chiqarish zavodlari, jug’rofiylik tamoyili bo’yicha bo’linib 
joylashgan savdo tashkilotlari va ma’muriy muassasalar firmani tashkil etgan asosiy 
bloklar (modullar) sifatida namoyon bo’ldi. Ushbu bloklardan har biri o’zining aniq 
muammosini hal etishga ixtisoslashadi va tegishli sohadagi yuqori malakali 
mutaxassislarni birlashtiradi. Bu kabi modullarning bir qanchasi bo’linmalarga 
birlashadi, bo’linmalar bo’lsa guruhlarga birlashadi. Bo’linma va guruhlarning 
tarkibi korporatsiya tomonidan hal etiladigan vazifalarning xarakteriga bog’liq 
ravishda o’zgaradi.
IBM uchun yangi bo’lgan bozorni (shaxsiy kompyuterlarni ishlab chiqarish) 
egallash uchun korporatsiya “Entri sistemz divijn” deb nomlangan loyihaviy 
(maqsadli) bo’linmani tashkil etdi. Menejerlar va yuqori toifali mutaxassislarning 
unchalik darajada katta bo’lmagan guruhi o’zining moliyaviy mablag’lariga ega 
bo’ldi.


126 

Yüklə 2,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin