Sanoat nusxasi – bu maxsulotning taaluqli bo’lgan badiiy va badiiy-
konstruktorlik yechimidir. Sanoat nusxalari xajmli (buyurtma shaklda: ya’ni model),
tekis yuza (rasm) va aralash (kombinatsiyalashgan) ko’rinishda bo’lishi mumkin.
Sanoat nusxasi mualifi – mualliflik huquqiga ega bo’ladi va bu huquq tortib
olib bo’lmaydigan shaxsiy huquq hisoblanadi va davlat tomonidan muddatsiz
himoya qilinadi va patent bilan tasdiqlanadi. Patent 10 yilga beriladi va yana 5 yilga
uzaytirilish huquqi kafolatlanadi.
Sanoat nusxasiga patent – sanoat nusxasi muallifiga: uning qonuniy vorisiga
yoki tegishli shartnoma va arizada bu narsa qayd etilgan bo’lsa, u xolda yuridik
shaxsga berilishi mumkin. Dastlabki arizada bu ko’rsatilmagan bo’lsa, u xolda
sanoat nusxasi Davlat Reestriga kiritilguncha bo’lgan muddatda qo’shimcha ariza
bilan amalga oshirilishi mumkin.
Intellektual tovarlar bozori – bu bozorning maxsus turi bo’lib, aqliy mehnat
maxsuli bo’lmish tovarlar va xizmatlarning ayirboshlashini bildiradi. Bu bozorda
sotuvchilar va xaridorlar maxsus tovar hisoblangan ilmiy g’oyalar, texnikaviy
yangiliklar, san’at va adabiyot asarlari, xilma-xil axborotlarni oldi-sotdi etish
yuzasidan munosabatda bo’ladilar.
Aqlli kishilarning ketib qolishi — mamlakatdan "intellektual elita"
vakillarini chet elda ishga joylashish maqsadida chiqib ketishi.
Informatsiya va texnologiyalar jahon bozori (ITJB) — intellektual faoliyat
natijalari ayirboshlash xalqaro sohasi.
Innovatsion faoliyat — nazariy modelni bozor talabiga mos texnologiya-
tovarga aylantirishdan iborat uzoq jarayondir.
Diversifikatsiya – korxonaning faoliyat soxalari va ishlab chiqaradigan
maxsulot turlarining kengayishi.
121
Gudvill – Yangi texnologiyalar, samarali boshqaruv tizimining qo’llanilishi
natijasida qo’shimcha daromad olishga imkon beradigan, korxonada hosil
bo’ladigan nomoddiy aktivlarining bir turi.