132
Javob:
b), g), d)
, va ye
),
ta’rifiga ko’ra, tashkilotlar – bu ularda hukmini
o’tkazish munosabatlari elementi ishtirok etadigan va insonlarning cheklangan
doirasi ichidagi o’zaro hamkorlikni tartibga soluvchi tuzilmalardir. Talabalar
guruhida, o’zaro hamkorliklarning lokal xususiyatiga qaramasdan, hukmini
o’tkazish munosabatlari mavjud emas. Yo’l harakati qoidalari esa, agar ular
bajarilmasa, ancha qattiq normalar va me’yorlarni qo’llaydi.
3–misol.
“Gulzor”
shahrida yangi oliy o’quv yurti paydo bo’ldi. Mintaqaviy
mehnat bozorining OO’Yu tayyorlashni nazarda tutayotgan kadrlarga bo’lgan
yuqori darajadagi ehtiyojini, shuningdek, mintaqaviy hokimiyatlarning va qator
xalqaro tashkilotlarning qo’llab-quvvatlashini hisobga olgan holda, unga qabul va
mutaxassisliklar nomenklaturasi har yili ortib boradi. Siz yangi OO’Yuda
talabalarning asosiy qismi bepul o’qishini hisobga olib, uning rektoriga qanaqa
tashkiliy tuzilmani taklif qilgan bo’lardingiz?
a) keng erkinlikka ega bo’lgan, shu jumladan moliyaviy masalalarda mustaqil
bo’lgan fakultetlarga bo’linish;
b) moliyaviy mustaqillikka ega bo’lmagan fakultetlarga bo’linish;
v) fakultetlarni tashkil etmagan holda: barcha muhim joriy va istiqbolli
masalalarni rektorat hal etadi;
g) turli darajadagi erkinliklarga ega bo’lgan fakultetlarga bo’linish.
Javob: b),
o’qituvchilar va talabalar sonining jadal ortishi bevosita nazoratni
samarasiz qiladi (v) variant). Xolding tuzilmasining tashkil etilishi (a) variant)
fakultetlarning moliyaviy manfaatlari bilan bog’liq nizolarni keltirib chiqarishi
mumkin, tijorat ta’lim muassasasida bunga yo’l qo’ymagan ma’qul. Fakultetlar
o’rtasidagi nizo ularning maqomi har xil qilib belgilanganda ham kelib chiqadi (g)
variant). Shuning uchun multidivizional tuzilma varianti optimal ko’rinmoqda.
Dostları ilə paylaş: