Berkinov b. B., Yakubov I. O., Sunnatov m. N. Institutsional iqtisodiyot


Oliy mulk – davlat mulkining dastlabki shakli hisoblanadi.  Real mulkdorlar sinfi



Yüklə 2,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/128
tarix21.10.2023
ölçüsü2,14 Mb.
#158626
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   128
Institutsional iqtisodiyot (2)

Oliy mulk
– davlat mulkining dastlabki shakli hisoblanadi. 
Real mulkdorlar sinfi
– rasmiy institutlar ishlab chiqarish hamda shu bilan 
ishlab chiqariladigan mahsulotni taqsimlash va qayta taqsimlashda faol ishtirok etish 
imkoniyatiga ega bo’lgan ijtimoiy guruhlar.
Xususiy muvozanatlik
- bu ikkita o’zaro bog’liq bo’lgan iqtisodiy miqdorlar 
yoki iqtisodiyot tomonlarining miqdoran teng kelishi. 


59 
Xususiy mulkchilik
– individning jamoaviy xo’jalik faoliyatidan ajralib 
chiqishini o’zida namoyon etadi. 
Xususiy tadbirkorlik
– bu fuqarolar (alohida fuqarolar) tomonidan 
o’zlarining tavakkalchiliklari va mulkiy javobgarliklari ostida, shaxsiy daromad 
(foyda) olish maqsadida amaldagi qonunchilik doirasida amalga oshiriladigan 
tashabbuskor xo’jalik faoliyatidir. 
Shaxsiy mulk
– shaxs hamda xo’jalik munosabatlarining boshqa sub’ektlari 
o’rtasida shaxsiy ne’matlarni o’zlashtirish borasida yuzaga keladigan 
munosabatlarning ijtimoiy shakli.
MAVZUGA DOIR AMALIY MASHQLAR VA KEYSLAR:
 

Muammo hammaga ma’lum usullar orqali yechilishi mumkin deb 
o’ylama!
1–misol. Siz – oldindan to’lash sharti bilan tovar partiyasini xarid 
qilmoqchi bo’layotgan korxona menejerisiz. Siz (barcha talabnomalarda tovar 
narxi va sifatining taxminan bir xil nisbati taklif etilayotganligini hisobga olgan 
holda) kimning sotish uchun talabnomasini afzal ko’rgan bo’lardingiz? 
a) davlat korxonasi; 
b) MCHJ; 
v) OAJ; 
g) to’liq shirkat; 
d) qo’shimcha mas’uliyatli jamiyat;
e) ishlab chiqarish kooperativi. 
Javob: g) 
aynan to’liq shirkat doirasida shartnomaviy majburiyatlarni 
ijro etishga rag’batlantiruvchi omillar eng yuqori: garov sifatida 
muassislarning mol-mulki ham, ularning shaxsiy nufuzi ham ishtirok etadi. 

Yüklə 2,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin