58
Mulkning institutsional tizimi
– mulkning barcha tarkibiy darajalarida amal
qiladigan va takror ishlab chiqariladigan institutlarning o’zaro bog’liq birligi.
Mulkning rivojlanishi qonuni –
yuzaga kelgan mulk shakli ertami-kechmi
modifikatsiyalanishini belgilovchi zarurat.
Mulkning shakllanish qonuni
– ne’matni yaratishning
har qanday ijodiy
mehnat jarayoni ertami-kechmi munosabatlarning muayyan
ijtimoiy shakli bilan
yakunlanadigan zarurat.
Mulkning shakllanishi va rivojlanishi qonuni–
ayni vaqtning o’zida
mulkning tabiiy ravishda yuzaga kelgan shakl va turlarining «rasmiylashuvi»ni,
shuningdek ularning ob’ektiv ravishda o’zgarishi va modifikatsiyasini ifodalovchi
ichki aloqalarni aks ettiruvchi qonun.
Mulkning endogen (ichki) tizimi
– uning uchta tarkibiy darajasining o’zaro
bog’liq va rivojlanuvchi birligi.
Mulkning yuridik huquqi spetsifikatsiyasi–
mazkur
huquqning tegishli
yuridik vakolatlarga (egalik,
foydalanish,
tasarruf etish, javobgarlik kabilarga)
bo’linishi.
Mulkchilik –
kishilar o’rtasida ishlab chiqarish
vositalari va mehnat
mahsulini o’zlashtirish yuzasidan paydo bo’lgan
va tarixan aniq bir shaklda
namoyon bo’luvchi iqtisodiy munosabatlar.
Mulkchilik munosabatlari
– mulkka
egalik qilish, undan foydalanish, uni
o’zlashtirish va tasarruf etish jarayonida vujudga keladigan munosabatlar.
Nominal mulkdorlar sinfi
– jamiyatning inson, ashyolarga va tabiiy kapitalga
bo’lgan mulkdorlik yuridik huquqiga ega bo’lgan, ayni vaqtda iqtisodiy hokimiyatga
ega bo’lmagan ijtimoiy guruhlari.
Dostları ilə paylaş: